«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


 Tovar birjalarining boshqaruv organlari va ularni vazifalari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

4.1. Tovar birjalarining boshqaruv organlari va ularni vazifalari 
Tovar birjalariing tashkilotchilik xususiyati har qanday davlat bozor
iqtisodiyoti rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida tovar 


57 
birjalariin boshqarish O‘zbekiston Respublikasining ―Birja va birja faoliyati
to‘g‘risida‖gi qonuni asoida tartibga solinadi, tovar birjalarini boshqarish ham anan 
shu qonun talablari asosida amalga oshiriladi.
Tovar birjasi ham xuddi boshqa xo‘jalik yurituvchi tashkilotlar kabi faoliyat 
yuritishi uchun o‘z ta‘sis hujjatlari, ta‘sis shartnomasi, nozomi kabi me‘yoriy 
hujjatlar zarur bo‘ladi. 
Tovar birjalarini boshkarish uning nizomida, ya‘ni ta‘sis hujjatlarida o‘z 
aksini topadi. Tovar birjalarini boshqarish uning a‘zolari tomonidan shuningdek, 
uning yollangan personali tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘pchilik birjalarning 
ta‘sis hujjatlarida birja boshqaruvining oliy organi Direktorlar (Boshkaruvchilar) 
Kengashi hisoblanadi. Kengash birja a‘zolar tomonidan saylanadi. Birja 
faoliyatining siyosati, birjada savdolar olib borish qoida va me‘yorlari Direktor 
Kengashi tomonidan belgilanadi va birja qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu qo‘mitalar Direktorlar Kengashi tomonidan tayinlanadi yoki birja a‘zolari 
tomonidan saylanadi. Qo‘mita Direktorlar Kengashiga tavsiya bilan chikadi va 
unga yordam ko‘rsatadi, shuningdek birjaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘lik 
bo‘lgan aniq vazifalarni bajaradi. Birjaning kundalik faorliyatini boshqarish 
maqsadida yollangan birja apparati shakllantiriladi. Yollangan personal savdo va 
ovoz berish bo‘yicha xukuklarga ega bulmaydi. Birja apparatidagi personal soni va 
ularning majburiyatlari Direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi. Personal DK 
va qo‘mita tomonidan berilgan topshiriq va qarorlarni bajaradi, personallarning 
tashkiliy tuzilishi esa ko‘pincha qo‘mitalar funktsiyalariga mos keladi. 
Ko‘plab birjalar xususiy shaxslarning assotsiatsiyasi shaklida mavjud bo‘ladi. 
Birja a‘zoslarining soni cheklangan bo‘ladi va u utrli omillar ta‘sirida o‘zgarib 
turadi. Birja a‘zosi bo‘lgan korporatsiyalar ko‘pincha tuzilgan bitimlar bo‘yicha 
foizlar to‘lashda, o‘z tovarlarini sotishda bir qator yangiliklarga ega bo‘lishi 
mumkin. 
Bundan tashqari, ba‘zi birjalarda korporatsiyalarga, kompaniyalarga va 
kooperativlarga birjalardagi a‘zolari bilan birga kantselyariya va texnik ishlarni 
bajarish uchun birja a‘zo bo‘lmagan xizmatchilarni ushlab turishga ruxsat beriladi, 


58 
birok shartnoma tuzish faqat birja a‘zosi bo‘lgan kompaniya vakilining xuquqi 
bo‘lib qolaveradi. 
Birja ustavida uning ustav kapitali ko‘rsatiladi, bu kapital a‘zolarning paylari 
(vznoslari, ya‘ni faoliyat boshlashlari uchun zarur bo‘ladigan aylanma va asosiy 
fondlar uchun ta‘sischilarning kiritmalari) hisobiga shakllantiriladi. 
Birjaga a‘zolik ma‘lum bir xuquqlarni beradi va shuningdek ma‘lum bir 
majburiyatlarning bajarilishini ham ko‘zda tutadi. 
Birja to‘liq a‘zosining asosiy xuquqi - bu mustaqil ravishda birja doirasida 
bitimlar tuzishdir. Birjaga a‘zo bo‘lmaganlar esa operatsiyalarni faqat birja a‘zolari 
orqali amalga oshiradilar. Birjada bitimlar tuzish xuquqi avtomat tarzda emas, balki 
ma‘lum bir tayyorgarlikdan o‘tilgandan so‘ng davlat imtihonlari topshirgandan 
keyingina o‘rnatilgan ma‘lum tartibda, birjada opreatsiyalar o‘tkazish huquqini 
beruvchi litsenziya guvohnomasi berish orqali amalga oshiriladi. Shundan so‘ng u 
birja savdogar (Treyder) guvohnomasini oladi. So‘ngra treyder guvohnomasiga ega 
birjadan joy olish uchun hujjatlarni rasmiylashtrish mumkin. Treyder o‘z faoliyatini, 
kengaytirishi va uning samaradorligini oshirish maqsadida o‘z hisobidan yordamchi 
yollanab ishlatishi mumkin. Guvohnomali treyder yoki broker malakasi uchun juda 
katta talab qo‘yiladi chunki, ularning xatosi birja faoliyatiga sezilarli zarar keltirishi 
mumkin, ular katta xajmdagi operatsiyalarda ishtirok etadilar. 
Birjani boshqarish uning a'zolari tomonidan ham, yollanma xodimlar tomonidan 
ham amalga oshiriladi. Birjaning oliy rahbarlik organi direktoriar (boshqaruvchilar) 
Kengashi hisoblanadi. Kengash birja a'zolari tomonidan saylanadi. Uning tarkibiga 
birja a'zolari ham, bir nechta direktorlar ham kiradi. Birja faoliyati me'yorlari, 
siyosati va qoidalari direktoriar Kengashi tomonidan belgilanadi va direktoriar 
Kengashi tomonidan tayinlanadigan yoki birja a'zolari tomonidan saylanadigan, 
birja a'zolaridan tarkib topgan qo'mita tomonidan hayotga tatbiq etiladi. Qo'mita 
a'zolari direktoriar Kengashining oldida javob beradi. Qo'mita a'zolari mos keluvchi 
haq to'lanmasdan ishlaydi. Ular tavsiyalar chiqaradi va direktoriar Kengashiga 
yordam beradi, shuningdek, tartibga solish qoidalariga muvofiq ularga yuklatilgan 
birja faoliyati bo'yicha muayyan majburiyatlarni bajaradi. Birjaning yollanma 
xodimlari savdo bo'yicha hech qanday huquqqa yoki ovoz berish huquqiga ega 


59 
emas. Xodimlar soni va ularning majburiyatlari direktoriar Kengashi tomonidan 
belgilanadi. Personal direktoriar Kengashi va qo'mitalarning topshiriq va qarorlarini 
bajaradi, personalning tashkiliy tuzilmasi esa, ko'pincha, turli qo'mitalarning 
funksiyalariga mos keladi. 
Birjalarning ko'pchiligi xususiy shaxslarning korporatsiya ko'rinishida tashkil 
qilingan va foyda olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan uyushmalarini 
ifodalaydi. Birja a'zolari soni cheklangan bo'lib, ba'zida o'zgarib turishi mumkin. 
Birja a'zolari faqat alohida shaxslar hisoblanadi. Shu bilan birga, korporatsiya, 
kompaniya va shirkatlar ularni, masalan, tuzilgan bitimlar bo'yicha komissiya 
foiziga taalluqli masalalarda ayrim a'zolar taqdim etadigan imtiyozlarni olish 
huquqiga ega. Bundantashqari, ayrim birjalarda korporatsiya, kompaniya va 
shirkatlarga ularning manfaatlarini ifodalovchi a'zolar orqali xizmatchilarga - birja 
zalida kanselariya ishlari va boshqa texnik ishlarni bajarish uchun birja a'zosi 
bo'lmagan shaxslarga ega bo'lishga ruxsat ctiladi. Biroq bitimlar tuzish faqat kimga 
a'zolik rasmiylashtirilgan bo'lsa, o'sha firmaning imtiyozida qoladi. 
Birja korporatsiyasi nizomida uning a'zolar payi (badali) hisobiga 
shakllanadigan kapitali ko'rsatiladi. Birja sertifikatiga (payiga) egalik qilish birja 
halqasida bitimlar tuzish huquqini beradi. 
Birjaga a'zolik ma'lum bir huquqlar beradi va qator majburiyatlarni bajarish 
bilan bog'liq bo'ladi. 
Birjaning to'liq a'zosi oladigan asosiy huquq - birja halqasida mustaqil bitimlar 
tuzishga ruxsatdir. Aytib o'tilganidek, birjaga a'zo emaslar birja operatsiyalarini 
faqat birja a'zolari orqali amalga oshirishlari mumkin, birja halqasida birja bitimi 
tuzish huquqi avtomatik ravishda emas, a'zo belgilagan tayyorgarlikdan o'tgan va 
bilimdonlik bo'yicha minimal talablarga javob bergandan so'ng beriladi. Shundan 
keyin u halqaga kirish imkonini beradigan savdogar (makler) belgisini oladi. Unga 
nisbatan yo'l qo'yadigan xatolari natijasida qo'shimcha zarar ko'rishi mumkinligi 
tufayli, shuningdek, makler belgisiga ega bo'lganlar qoidaga ko'ra, halqaga kirish 
imkoniga ega bo'lmaganlarga nisbatan ko'proq hajmda operatsiyalar o'tkazishi 
sababli ularga qattiq moliyaviy talablar qo'yiladi. 


60 
Birja a'zosining ikkinchi muhim ustunligi birja operatsiyalari o'tkazish 
xarajatlarining nisbatan pastligidir. Odatda, a'zo bo'lmaganlar har bir bitim bo'yicha 
2 sentdan 75 sentgacha birja yig'imi to'laydilar. Shu bilan bir paytda birja a'zolari, 
qoidaga ko'ra, bunday yig'imlardan ozod etiladi. 
Birjaga a'zolik birja shartnomalarini sotib olish va sotishda birjaga a'zo 
bo'lmaganlardan olinadigan komission mukofotlar ko'rinishida ma'lum bir daromad 
olish imkonini ham beradi. 
Nihoyat, birjaga a'zolikning muhim afzalligi birja boshqaruvida ishtirok etish 
yoki boshqarish, birjaning faoliyat qoidalarini ishlab chiqish yoki o'zgartirish, 
namunaviy shartnomalar shartlarini belgilash, bozor axborotiarini birjaga a'zo 
emaslardan oldinroq olish imkoniyati hisoblanadi. 
O'zbekiston Respublikasining «Tovar birjalali va birja savdosi to'g'risida»gi 
Qonuniga muvofiq birjani ta'sis qilishda quyidagilar ishtirok etishi mumkin emas: 
-
davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy va mahalliy organlari; 
- banklar va belgilangan tartibda bank operatsiyalarini amalga oshirish 
litsenziyasini olgan kredit muassasalari; 
- sug'urta va investitsion kompaniya va fondlari; 
- jamoat, diniy va xayriya tashkilotlari va jamg'armalari; 
- qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshira olmaydigan 
jismoniy shaxslar. 
Ta'sischilar soni qanchalik ko'p va ularning moddiy-moliyaviy ahvoli qanchalik 
kuchli bo'lsa, ular birjaga shunchalik katta yordam ko'rsata oladi deb hisoblanadi, 
vaholanki, ta'sischilar sonining ko'pligi birjani boshqarishni qiyinlashtiradi. 
Birja a'zosi deb, uning nizom kapitalini shakllantirishda ishtirok etadigan, a'zolik 
badallari yoki birja mulkiga boshqa maqsadli badallar kiritadigan va ta'sis 
hujjatlarida ko'zda tutilgan tartibda uning a'zosiga aylangan shaxslarga aytiladi. 
Birja a'zosi belgilangan quyidagi huquqlarga ega: 
-
birja savdosida ishtirok etish; 
-
birjaning me'yoriy hujjatariga muvofiq uni boshqarishda qatnashish; 
-
foydani taqsimlashda ishtirok etish va ta'sis hujjatlarida ko'zda tutilgan 
hollarda dividend olish; 


61 
-
birja savdosida qatnashish huquqini ijaraga berish (belgilangan tartibda va 
faqat bitta yuridik shaxsga). 
Birja a'zolari soni cheklangan boiib, nizom fondi hajmiga va bitta aksiyaning 
nominal qiymatiga bog'liq bo'ladi. Aktsiya birja a'zosi huquqlaridan foydalanish 
imkonini beradi. U birjadagi «joy» bahosini ifodalaydi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish