Ijtimoiy madaniy faoliyat



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/60
Sana27.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#414028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

 
 


14 
 
 
 
Mavzu: Rim adabiyoti. Respublika davri Rim adabiyoti 
Reja: 
1.
Mil.av.gi III – II asrlarda Rim jamiyati. 
2.
Dastlabka Rim shoirlari.Plavt va Terentsiya komediografyasi 
3.
Notiqlik san`ati va tarixiy proza taraqqiyoti. 
4.
Lukretsiyning “Buyumlar xislati” falsafiy dostoni. 
5.
Neoteriklar va Katull lirikasi. 
Rim adabiyoti antik adabiyot tarixidagi yangi bosqich hisoblanadi. Rim asosiy belgilariga 
ko`ra qadimgi Yunoniston qanday taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan bo`lsa, ana shunday yo`lni bosib 
o`tdi. Bu yo`l ibtidoiy urug‟chilik tuzumidan quldorlik, shahar – davlatiga, undan so`ng esa 
keyinchalik ichki qarama-qarshiliklar tufayli emirilib, o`z o`rnini yangi ijtimoiy-iqtisodiy, formatsiya 
– feodalizmga bo`shatib bergan ulkan imperiya tuzilmasigacha bo`lgan yo`ldir. Yunoniston va Rim 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi bunday bir xillik ular mafkurasidagi umumiylikni ham belgilab 
berdi. Yunon madaniyati Rim madaniyatiga din, falsafa, san`at va adabiyot sohasida juda katta ta`sir 
ko`rsatdi. SHunga muvofiq Rimda adabiyot nisbatan keyinroq – milod.av.gi III asrda, uning 
o`rtalarida rivojlana boshladi. Xolbuki, bu paytda Yunoniston uchun tanazzul chuqurlashayotgan bir 
payt edi. Bu tadrijiylik rimliklar uchun o`tmish Yunon adabiyotida yutuqlaridan keng foydalanish 
imkoniyatini berdi, biroq bu narsa Rim adabiyotining o`ziga xosligiga va badiiy qimmatiga putur 
etkazmadi. CHunki, Yunon adabiyoti an`analari Rimning milliy zaminiga, g‟oyaviy talablariga, 
tarixiy sharoitlariga moslashtirib qabul qilindi. Tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, ayni chog‟da bir 
qator adabiy janrlar va badiiy usullar rimliklarda Yunon manbalariga bog‟liq bo`lmagan holda yuzaga 
kelgan.
Rim adabiyoti Evropa xalqlarining keyingi adabiy rivojida juda katta rol o`ynaydi. Bu 
adabiyot uchun XVII asrga qadar antik madaniyatdan bahramand etuvchi asosiy manbaa bo`lib 
qoladi. Bunga sabab, birinchidan, - G‟arbiy Evropa madaniyati bevosita Rim madaniyatining vorisi, 
ikkinchidan, lotin tili katolik cherkovining rasmiy tili bo`lib, u jiddiy o`rgatilar va har bir ma`lumotli 
odam uchun tanish edi. Vaholanki, ayni paytda Yunon tili unutilib qo`yilgan bo`lib, bu jarayon 
Renessans, ya`ni XVI asrgacha davom etadi. Mana shu davrga kelibgina antik Yunon madaniyati 
insoniyat oldida qayta yuz ko`rsatadi va Yunon tilini o`rganish mayli qayta tiklanadi. SHunday qilib, 
Renessans klassitsizm adabiyotiga Yunoniston adabiyoti ta`siri Rim adabiyoti ta`siridan kuchliroq 
bo`lgan. 
Rim adabiyotini tushunishda shak-shubhasiz uning mifologiyasi muhim o`rin tutadi. Bu 
o`rinda ham qadimgi Yunon mifologiyasidan, o`z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda idrok etilib, 
foydalanildi. Vaqtlar o`tdiyu asosiy Yunon xudolari Rim tuprog‟ida quyidagi nomlar bilan qaror topib 
qoladilar: Yupiter (Zevs), Yunona (Hera), Neptun (Poseydon), Pluton (Aid), TSetsera (Demetra), 
Minerva (Afina), Venera (Afrodita), Kupidon yoki Amur (Erot), Vulkan (Hefest), Mars (Ares), 
Apollon yoki Feb (Apollon), Diana (Artemida), Merkuriy (Hermes), Vakx yoki Liber (Dionis), Favn 
(Pan, Satir) va hokazolar. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Rim shoirlari uchun Yunon mifologiyasida birinchi planga 
xuddi Yunon adabiyotining ibtidoiy va mumtoz davridagidek uning dunyoqarash funktsiyasi emas,
balki yozuvchining g‟oyaviy maqsadidan kelib chiqib, mifologik obraz va rivoyatlarni badiiy – 
estetik talqin qilish chiqadi. 
Rim adabiyoti quyidagicha davrlashtiriladi: 1. Yozma adabiyotgacha bo`lgan (fol‟klor) davr. 
Bu davr quldorlik tuzumining yuzaga kelishi – milod.av.gi VIII asr o`rtalaridan III asr o`rtalarigacha 
bo`lgan davrni qamrab oladi. 2. Respublika davri adabiyoti. a) Ilk Rim adabiyoti (Rimning Italiya 
janubiga va O`rta er dengizi havzasiga bosqinchilik yurishi, quldorlik respublikasining yuksalishi) – 
mil.av.gi III asr o`rtalaridan II asr o`rtalarigacha. b) fuqarolar urushi va respublika halokati bosqichi – 
mil.av.gi II asr o`rtalaridan I asrning 40 – yillarigacha. 3. Avgust imperiyasi va printsipiat davri 
adabiyoti – mil.av.gi I asrning 40 - yillaridan milodiy 14 yilgacha. 4. Imperiya davri adabiyoti. a) 
Kumush asr –– I asr va II asr boshlari adabiyoti. b) So`nggi Rim adabiyoti – II asr o`rtalaridan V 
asrgacha. 
Mil.av.gi III – II asrlar Rim tarixi Rim tomonidan dastlab Italiyaning, so`ngra avval O`rta er 


15 
dengizi havzasining g‟arbiy, keyin Sharqiy katta qismi, shu jumladan, Yunonistonning istilo etilishi 
bilan bog‟liqdir. Uzluksiz yurishlar natijasida Rim madaniyatining nisbatan yuksak taraqqiy etgan 
Yunon madaniyati bilan to`qnash kelishi yuz beradi. Natijada Rim va Yunoniston madaniyati 
elementlarining bir-biriga munosabati masalasida ikki yo`nalish tarkib topadi: 1. ellinlashtirishni 
yoqlovchilar. 2. ellinlashtirishga qarshilar. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish