Ijtimoiy madaniy faoliyat


Ritsar’ – kurtuaz adabiyoti



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/60
Sana27.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#414028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Bog'liq
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

Ritsar’ – kurtuaz adabiyoti.
XII-XIII asrlarga kelib Frantsiya va boshqa G‟arbiy Evropa 
davlatlarida feodallashish jarayonini asosan tugallanadi. Davlat tepasidagi qirol boshqa feodallar 
uchun sin‟or (syuzern) hisoblanar edi. Katta er egalari bo`lgan graf, gertsog, episkoplar va o`z 
grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar. 
Kichikroq baronlar yirik graf va gertsoglarni sin‟or deb atashgan. Baronlarga esa kichikroq feodal 
va ritsarlar bo`ysunganlar. 
Ritsar o`z xo`jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi. 
Dabdabali ritsarlik qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda paydo bo`lgan ritsar‟ adabiyoti muhim 
rol‟ o`ynaydi. Biroq ritsarlik ideallari real turmush faktlariga zid edi. X asr boshlarida Provans 
viloyati alohida davlat edi. Janubiy Frantsiyadagi ushbu viloyat iqtisodiy va ma`naviy sohada rivoj 
topadi. Bu erda frantsuz adabiy tilga asos solinadi. 
Dastlab Provansda feodal sin‟orlari dunyoviy ritsar‟ madaniyatining ifodasi bo`lgan Kurtuaz 
poeziyasi dunyoga keldi. Provans shoirlarini trubadurlar deb atashgan. Trubadur frantsuzchadan 
«topmoq», «ijod etmoq» degan ma`noni anglatadi. Bu adabiyot saoroyga xos nafislik, odob-tavoze, 
xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollarni ulug‟lash – trubadurlar ijodida asosiy 
o`rin egallaydi. Provans shoirlari muhabbat oshiqni yaxshi fazilati etib tarbiyalaydi., qalbini 
poktantiradi deb tushuntiradi. Ularning fikricha, oshiq odam hech qachon yomon niyatlar, yomon 
ishlarni qilmaydi, aksincha hamma vaqt oliyhimmat bo`lishga intiladi. Shoir Arnaut de Maruel 
provans shoirlariga xos fikrni bayon qilib: 

Muhabbatsiz odam hurmatga sazovor bo`la oliaydi
” deb yozadi. Ishqqa bunday munosabatda 
bo`lish hamma provans shoirlariga xos fazilatdir.
Provans trubadurlarining ishq fazilatlari haqidagi fikrlari Sharq faylasuflarining qarashlariga 
hamohangdir. endilikda provans trudadurlari ishqiy lirikasining mazmuni, shakli uslubi asosida Sharq 
she`riyati yotganligi haqidagi fikrlar hech kimda shubha qoldirmadi. 
Sharq va G‟arb aloqalari markazi bo`lmish Provansda shakllangan saroy she`riyatning asosiy 
mavzui mahbuba go`zalligini maqtash, oshiqning azob-uqbatlarini izhor qilishdan iborat. Ritsar 
ishqiy she`riyati keyinchalik boshqa Evropa mamlakatlari, ayniqsa Italiyada YOqimli yangi uslub va 
Olmoniyada minnezanglar she`riyati sifatida keng tarqaladi. Mahbuba qiyofasining go`zalligi ritsar 
shoirlari uchun (Sharqda ham shunday) birinchi shart edi. Ritsar muhabattida jismoniy yaqinlikka 
intilish mutloq uchramaydi. Trubadurlar she`rning shakliga, 
qofiyalanishiga ortiqcha e`tibor berar edilar. Ikki uslub: yorqin uslub (munozara, bahs) tumanli 
uslub (kinoyali so`zlar, murakkab, mavhum iboralar.) Oddiy xalq tushuna olmaydi.
Trubadurlar o`rta asr poeziyasini yangi bosqichga olib chiqdilar. Biroq ularda sun`iylik va 
shaklbozlikka (formalizm) berilish kuchli bo`lgan. Muhabbat mavzusi ritsarlik lirikasida murakkab 
sevgi qoidalarini yuzaga keltirib chiqaradi (30 ga yaqin qo`shiqchi trubadur ayollar ham bo`lgan). 
Trubadurlar lirikasining eng gullagan davri - XII asr oxirlariga to`g‟ri keladi. SHu davrda ijod 
etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir (taxminan 1140-1195). 


24 
U dastlabki she`rlarini o`z sin‟orining xotiniga, so`ngra Angliya qirolichasi elenoraga 
bag‟ishlagan (uning xizmatida bo`lgan). Uning she`rlari nafis va ohangdor. Ventadorn she`riyati 
sevgi ruhi bilan sug‟orilgan. U she`rlaridan birida “
Qalbingda sevgi bo`lmasa bu dunyoda 
yashashni hojati yo`q
” – deydi. Xonimga: “
Men sizni mulkingizman
” – deb xitob qiladi. Uning 
qo`shiqlarini boshqa qo`shiqlardan farqi haqida “ Chin qalbdan chiqqan poeziyagina mening uchun 
qimmatlidir. Lekin bu faqat haqiqiy sevgi xukmronlik qilgan qalbdagina bo`lishi mumkin. Mening 
butun borlig‟imda sevgi hukumron” – deydi. 
Bertran de Born esa aksincha asosan siyosiy mavzuda ijod qilgan. (taxminan 1140-1215 yillar). U 
o`zining sirventalari bilan mashxur bo`lib, ularda tajavuzkorlik, jang lavhalari, ritsarlar urushlarini 
tasvirlagan. U qishda bahorni qumsaydi, chunki bahor sevgi fasligina emas, balki harbiy erishlar fasli 
hamdir. 
Uning poeziyasida kurtuazcha nafis tuyg‟ular zo`ravonlikka asoslangan eski, dag‟al ritsar‟ 
ideallari bilan qo`shilib ketadi. SHuning uchun u oddiy xalqni “surbet”, “yalqov” deb atab, ularni 
iskanjada saqlashni targ‟ib etadi. 
U keyinchalik o`z otasiga qarshi bosh ko`targan shahzoda Genrixni qo`llab quvatlaydi. (Go`yoki 
de Born ota-bolani urushtirib qo`ygan degan gaplar tarqalgan. Shuning uchun bo`lsa kerak, Gyote de 
Bornni “Faust” asarida do`zaxda tasvirlaydi). 
Shahzoda Genrix bezgak kasali bilan og‟rib vafot etadi. Born unga bag‟ishlangan mashxur 
marsiyalarini yozadi. U bir qancha sevgi qo`shiqlari ham ijod qilgan. 
XIII asr – provans lirikasining so`nish davridir. CHunki bu davrda yangi shahar adabiyoti paydo 
bo`ldi. SHu bilan birga, 1209 yilda shimolliklar Simon de Monfor boshchiligida janubga xujum 
qildilar (20 yillik urush) va g‟alaba qozongan. Trubadurlarning ko`pchiligi qo`shni Italiya, Piriney 
yarim oroli, hatto Germaniyaga o`tib ketadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish