Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi


Mavzu: Boshqaruv va menejment



Download 1,66 Mb.
bet92/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

Mavzu: Boshqaruv va menejment.
E’tibor bering!
Mamlakatda shakllanayotgan boshqaruv va menejmentning tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan. Bu borada “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari”, “Bunyodkorlik yo’lidan”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Adolat, Vatan va xalq manfaati: har narsadan ulug’”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, “O’zbekiston buyuk kelajak sari”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”, “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin”, “O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kabi asarlarni alohida ko’rsatish mumkin.

Birinchidan, bu – iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolining keskin qisqarishi, davlat tuzilmalarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo’yishdir.
Ikkinchidan, bu – respublika darajasidagi vakolatlarning bir qismini mahalliy boshqaruv organlariga o’tkazilishi demakdir.
Uchinchidan, bu – boshqaruv tizimini optimallashtirish, boshqaruvga oid vazifalarning takrorlanishiga barham berish, korxonalar faoliyatini asossiz nazorat qilinishiga chek qo’yish, bozor mexanizmlari hamda shaxsiy tashabbuskorlik va xususiy tadbirkorlik rivojiga halal beruvchi ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish, taqsimlash tizimini tugatish jarayonini yakunlashdir.
To’rtinchidan, bu – davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari sonini optimal darajagacha qisqartirilishi demakdir.
Beshinchidan, bu – axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-bosqich zamonaviylashtirish.
Shu bilan birgalikda, aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va korxonaning o’z aksionerlari bilan iqtisodiy munosabatlarini to’g’ri tashkil etish hamda boshqarish vazifalarini maqsadli belgilash hozirgi menejmentda murakkab vazifa hisoblanadi.
Ish yuritish – hujjatlashtirishni ta’minlaydigan va rasmiy hujjatlar bilan ishlashni uyushtiradigan faoliyat sohasi.
Hujjatlashtirish – axborotni belgilangan qoidalarga binoan turli vositalarga yozish.
Hujjat – aynan o’xshatish (identifikasiyalash) imkonini beradigan belgilar (rekvizitlar) bilan moddiy vositaga qayd etilgan axborot.
Hujjat aylanmasi – tashkilotda hujjatlarni tuzish yoki olish paytidan boshlab to ijro etish yoki jo’natishgacha bo’lgan jarayon.
Axborot boshqaruvning asosidir. Davlat boshqaruvi tizimida barcha tuzilmalar va mansabdor shaxslar o’zaro axborot oqimlari bilan bog’lanib, yaxlit kommunikatsiya tarmog’ini hosil qiladi. Bu tarmoqda davlat boshqaruvining har bir organi kommunikatsiya tarmog’ining bir bog’lamidan iborat bo’lib, ko’pgina manbalardan keladigan axborot oqimlari aynan shu bog’lam orqali o’tadi. Mazkur axborot oqimlari o’zining mazmuni, jadalligi, to’g’ri yoki noto’g’riligi, vaqt tartibotiga ko’ra bir-biridan farq qiladi.Har qanday boshqaruv organi, vazirlik yoki boshqarma yoxud kichik bir idora bo’lmasin, uning faoliyati asosini axborot olish, uni ishlash, tegishli qaror qabul qilish, hamda ijrochilarga yetkazish, shuningdek, ijroni tashkil etish, nazorat qilish va xulosa chiqarish kabilar tashkil etadi. Shunday qilib, moddiy vositada qayd etilgan axborot boshqaruv organlari faoliyatining asosiy o’zagi ayni vaqtda uning asosiy mahsuloti hisoblanadi. Shuningdek, u boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi aloqalarni amalga oshirish usulidir. Boshqaruv va uning barcha bo’g’inlari faoliyatining sifati va samaradorligi axborot oqimlarining tezkorligiga, barqarorligiga va maqbulligiga bog’liqdir. Boshqacha aytganda axborot oqimlari bamisoli qon tomirlari tizimi kabi boshqaruv organizmini oziqlantirib turadi.Hozirgi paytda hokimiyatning barcha sohalari organlari oldida turgan muammolar murakkablashib va ular orasidagi o’zaro bog’liqlik tobora kuchayib bormoqda. Bu esa barcha pog’onalardagi davlat xizmatining samaradorligini oshirishni ko’ndalang qo’ymoqda. Mazkur vazifaning hal etilishi esa axborot maydonining holatiga, boshqaruvni axborot bilan ta’minlashni tashkil etishga bevosita bog’liqdir.Xolisona axborotni yetarli bo’lmasligi noto’g’ri qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi shubhasizdir. Ayniqsa, uzoq muddatga mo’ljallangan qarorlarni qabul qilishda buning ijtimoiy xavfi juda katta bo’ladi. Axborotning kechikib olinishi yoki to’liq bo’lmasligi qarorlarning o’z vaqtida qabul qilinmasligiga yoki ulardagi nuqsonlarga yo’l qo’yilishiga olib kelishi mumkin.Axborotni ortiqcha bo’lishi esa, aksincha boshqaruv apparatining haddan tashqari zo’riqib ishlashiga, ko’proq mehnat sarflanishiga olib keladi, oqibatda esa boshqaruv tuzilmalari o’z-o’zidan murakkablashib, shtatlar ko’payib, to’rachilik illatlarini keltirib chiqaradi. Bunday jarayonda yetarlicha asoslanmagan qarorlarning qabul qilinishi aholining boshqaruv organlariga va umuman hokimiyatga bo’lgan ishonchini kamaytiradi. Butun davlat xizmati tizimi va uning har bir tarkibiy bo’linmasi uchun axborot almashishni ta’minlovchi uzviy aloqa uchun sharoit hozirlash, axborot oqimlarini tartibga solish, axborot tushish davriyligi tartibotini yo’lga qo’yish, axborotning haddan tashqari ortiqcha bo’lishini bartaraf etish – davlat xizmati axborot kommunikatsiya tizimi faoliyatining muhim omillaridan biridir.Bir-biriga o’xshash boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tuziladigan boshqaruv hujjatlari tarkibi va shakllarning namunalarini yaratish, hujjatlarni bir xillashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish yuqoridagi omillarni ro’yobga chiqarishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ana shunday tarzda yo’lga qo’yilgan ish yuritish har qanday tashkilot faoliyatining eng muhim jihatlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv sohasining xodimi hozir hujjatlar bilan ishlashga ish vaqtining 75%ini sarflaydi. Ko’pgina muassasalar yoppasiga kompyuterlashtirilgan bo’lishiga va hujjatlar bilan ishlashning kopyuter axborot tizimlari yordamida qog’ozsiz texnologiyaga o’tilishiga va har qanday qarshiliklarga qaramay, axborotni EHM yordamida ishlashga asoslangan an’anaviy ish yuritish usuli o’zining hayotiyligini isbotlab kelmoqda. Masalan, AQShdagi barcha muassasalarda mashinadagi yozuv bilan bir qatorda yozilgan qog’oz hujjatni saqlab qolish tavsiya etiladi.Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, an’anaviy ish yuritishni takomillashtirish muammosi hali ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Boshqaruvning an’anaviy hujjat ta’minoti bilan hujjatsiz ta’minotini eng maqbul tarzda uyg’unlashtirish asosida barcha ish yuritish jarayonlari, amallarining jadalligi, yuksak texnik ta’minoti maqbulligi va tejamliligi tamoyillari har qanday zamonaviy boshqaruv organi faoliyatining asosidir.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish