Birinchidan, qaror samarali bo'lmog'i kerak, ya'ni tashkilot oldiga qo'ygan maqsadni butunlay bajarishini ta'minlash kerak.
Ikkinchidan, qaror tejamli bo'lmog'i darkor, ya'ni oldiga qo'ygan maqsadga kam xarajat bilan erishmog'i lozim.
Uchinchidan, tezkor qaror. Bunda faqat qaror qabul qilish- dagi tezkorlik haqida emas, balki maqsadga erishishishi ham ko'zda tutilgan. Chunki muammo yechilayotganida, hodisa ri- vojlanib boradi. Yaxshi fikr ham o'zi eskirib kelajakda o'z maz- munini yo'qotishi mumkin.
INCLUDEPICTURE "G:\\madaniyat\\media\\image31.png" \* MERGEFORMATINET
Boshqaruv qarorlariga qo'yiladigan talablar
To'rtinchidan, qarorni asoslanganligi. Qarorni amalga oshi- ruvchilar uni asoslanganligiga ishongan bo'lmog'i lozim. Bu bi- lan faktik asosni va uni bajaruvchilar qanday qabul qilishini aralashtirmasligi kerak.
Beshinchidan, qaror real amalga oshirilgan bo'lishi, ya'ni noreal, abstrakt qaror qabul qilish mumkin emas. Qabul qilingan qaror samarali va uni bajaruvchi jamoa kuchi va mablag'lariga mos bo'lmog'i lozim.
Oltinchidan. Boshqaruv qarori huquqiy bo'lishi kerak. Faqat rahbar qabul qilgan qoidalar bo'yicha qabul qilinishi kerak.
Yettinchidan. Qarorlar ziddiyatlarsiz bo'lishi kerak. Boshqa qarorlar bilan mos kelishi, hamda aniq, yaxshi ta'riflangan qisqa va lo'nda bo'lishi kerak.
Qaror samarali bo'lishida asosiy rol qabul qilingan qarorlarni bajaruvchijarga yetkazish hisoblanadi. Bunda har bir ishni baja- ruvchilar tanlanadi, natijada har bir xodim konkret maxsus vazifa oladi. Bu holda xodimga o'zi xizmat majburiyatlarida va boshqa obyektiv va subyektiv omil hisobga olinadi. Vazifani xodimlarga yetkazib berish qaror qabul qilishning asosiy samara manbayi hisoblanadi. Shu bilan birga qaror bajarilmasligini 4 asosiy sabablari mavjud:
menejer qarorni aniq tavsiflab bera olmaganligi;
qaror yaxshi tavsiflangan, lekin bajaruvchi yaxshi anglab yetmaganligi;
qaror yaxshi tavsiflangan, bajaruvchi uni yaxshi anglagan, ammo uni amalga oshirish uchun yetarli mablag' va sharoit bo'lmagan;
qaror to'g'ri tavsiflangan, bajaruvchi uni yaxshi anglagan, uni amalga oshirishga hamma sharoitlar bo'lgan, ammo menejer taklif etgan qaror bilan bajaruvchining taklifi mos kelmagan- ligi. Mazkur muammoga bajaruvchining samaraliroq o'z fikri bo'lishi mumkin.
Bajaruvchi faoliyatidagi model menejerning boshlang'ich fikri bilan mos ravishda bajarilishi uchun unga bir necha ta- lablarni keltirish kerak.
INCLUDEPICTURE "G:\\madaniyat\\media\\image32.png" \* MERGEFORMATINET
Boshqaruv qarorini bajarilishi texnologiyasiga bo'lgan talab
Qarorni to'lalik modeli bir tomondan rahbarni o'ylab qo'ygan fikri va uni yechish, ikkinchi tomondan mazmuni, strukturasi va bajarilishi faoliyatidagi sharoitlarning mos kelishi ifodalanadi. Bajaruvchi oldindan ishni barcha nozik taraflarini fikran tasavvur eta olsa, bunda bu to'la modelni ideal varianti hisoblanadi.
Aniqlik modeli zarurligi shundaki, agar umumiy holda masala abstrakt qo'yilsa unda u umuman bajarilmaydi yoki ras- man bajariladi. Boshqaruv sistemasidagi tezkor qaror shakllani- shida aniqlik metodi qonun tarzi kiritilmagan.
Boshlang'ich g'oyani aks ettirish kengligi tezkor modelni xarakterlaydi.
Stressga turg'unlik va mustahkamlik modeli ixtiyoriy qiyin holatda ham uning ongida hosil bo'lgan ish rejasini realiza- tsiyasini bajarilish qobiliyati tushuniladi.
Modelning egiluvchanligi — yuqorida hammasiga zud- diyatlik qiluvchi mezonlar.
Qarorni muvofiqlik modeli. Bajaruvchi qarorni bir o'zi bajarishi bilan bog'liq. Shuning uchun uning harakati vazifalar, vaqt, joy va boshqalar bo'yicha boshqa bajaruvchilar bilan mos kelishi kerak.
Qarorning motivatsiya modeli. Bizga ayonki qarorni tushunish va ideal modelni anglash, xodimlar kuchini safar- barligini butunlay ta'minlamaydi, shuning uchun uning faoliyatini motivlashtirish kerak. Ichki talab hamda vazifani bajarilishi- da xodimlarda faollikni uyg'otuvchi motivlarga ta'sir — tashkilot rahbariyati qabul qilgan qarorni bajarilishi jamoa ishi safar- barligining asosiy mazmunidir.
QAROR BAJARILISHINING NAZORATI VA TASHKILLASHTIRISH
Qaror bajarishni tashkillashtirish — bu rahbarning boshqaruv siklini tamomlovchi maxsus faoliyatidir. Agar rahbar qarorni tayyorlov va qabul qilish bosqichida narsa va hodisa in'kosida ideal ishni ko'rsa, u holda qaror bajarilishini tashkillashtirish jarayonida u real holat bilan duch keladi va u ko'pincha ideal holatdan farq qiladi.
Zanjirli kommunikatsiya tizimi
Qaror to'la bajarilishini ta'minlovchi mexanizmlardan bin, firma kommunikatsiya o'rnatish va tuzishi hisoblanadi. Optimal boshqaruv ishchilari va bajaruvchilar kommunikatsiya tizimini tuzish asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday kommunikatsion aloqa tuzish turlicha bo'lishi mumkin, uzatuvchi tomon (kommuta- tor — rahbar) va ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi) qat'iyan farq- lanadi. Shuning bilan tashkilotda tez uchrab turadigan quyidagi kommunikatsiyalarni ko'rishimiz mumkin: zanjirli, ko'p aloqali, yulduzli, iyerarxik.
Zanjirli kommunikatsiya tizimida qaror bir bo'limdan ikkin- chisiga o'tishda barcha bajaruvchi va uni muhokama qiluvchi- larga ayon bo'ladi. Bunday kommunikatsiyada barcha aloqalar bir xil, rahbariyatni buyruq uslubi bo'lmaydi. Bunday struktura- da agar ikki ishtirokchi o'rtasida aloqa buzilsa, u holda butun struktura tarqalib ketadi.
Kommunikatsiyaning ko'p aloqali strukturasida hamma ishtirokchilar o'zaro aloqadorlardir. Bunda axborot yetkazish tezligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi. Buyruqli munosabat yaqqol sezilib turadi. Boshqaruv tajribasida ko'pincha birlamchi jamoa darajasida namoyon bo'ladi.
INCLUDEPICTURE "G:\\madaniyat\\media\\image34.png" \* MERGEFORMATINET
Kommunikatsiyaning yulduzli strukturasi.
Kommunikatsiyaning yulduzli strukturasida «kommutator — rahbar» ya'ni vazifa uzatishi aniq ifodalangan. Hamma aloqalar shu yerda tutashishadi (B). Axborot mustahkam va to'liq uzatilmaydi.
INCLUDEPICTURE "G:\\madaniyat\\media\\image35.png" \* MERGEFORMATINET
Kommunikatsiyaning iyerarxik strukturasi.
Kommunikatsiyaning iyerarxik strukturasida buyruqli munosabat yaqqol aks ettiriladi. Joriy bosqich bir vaqtning o'zida bajaruvchi va buyruqli bo'ladi.
Tashkiliy boshqaruv qarorlar farmon yoki yo'riqnoma tarzi- da tuziladi va bunda ular qonun kuchiga ega bo'ladilar. Ammo tashkilotda ko'pincha qarorlar og'zaki, vazifa, istak tarzida ham uchrab turadi.
Menejerning asosiy vazifasi qarorni bajarilishini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazoratni ta'minlashdir.
Nazorat o'rnatish asosan qaror realizatsiyasini berilgan reja bo'yicha vujudga kelgan cheklashlarni aniqlash, hamda ularni likvidlash bo'yicha kerakli chora-tadbirlarni qo'llashdan tashkil topadi. Nazorat jarayonida tashkilotni dastlabki maqsadlariga aniqliklar kiritish va o'zgarishi mumkin. Bunda asosan qabul qilingan qarorlarni bajarilishi bo'yicha olingan qo'shimcha axborotlarga qaraladi. Ya'ni nazoratni asosiy vazifasi, reja bo'yicha berilgan boshqaruv qarorlarini realizatsiyasida vujudga keladigan cheklovlarni o'z vaqtida aniqlash va bashorat qilishdan iborat. Nazorat yordamida faqatgina vazifa bo'yicha cheklanish- lar aniqlanibgina qolmay, balki ularning sabablari ham ko'rsatiladi.
Nazorat savollari:
Boshqaruv qarori deganda siz nimani tushunasiz?
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish va qaror qabul qilish jarayonining asosiy bosqichlarini sanab bering?
Boshqaruv qarorlarini tasniflang va ularning turlarini aytib bering?
Tavakkal va aniq sharoitda qabul qilingan qarorlar nima bilan farqlanadilar?
Boshqaruv qarorini qabul qilish jarayonini ta'riflab bering?
Qaror qabul qilish usullarini umumiy tasnifini keltiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |