Marketing - korxonani istemolchi bilan bozor orqali bog’lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari to’plamidir. Marketing tarkibiga: bozorni o’rganish, istemolchilar buyurtmalariga ko’ra tovarlar turini rejalashtirish, tovarlarni bozorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan istemolchiga etkazish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu bu tovarga bo’Ulgad talabni lakmus qog’ozi singari aks etgiradi.
Bozor taklif bo’lgan tovarni yo qabul etadi, yoki inkor qiladi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingai ishlab chiqarish tsiklining so’ngida emas, boshida bo’lishini taqozo etadi, chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlarning mavjud va istiqboddagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvda bozorga ishlab chiqarishining oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab chiqarish ko’lamini belgilovchi, butun boshqaruv jarayoniga tasir etuvchi kuchga aylanadi.
Boshqaruvning har bir maxsus vazifasi majmua bo’lib, boshqaruvning umumiy vazifalarini o’z tarkibiga oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jixozlashni boshqarish vazifasi tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, rag’batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv vazifalarining tarkibi va mazmunini aniqlashga etarli etibor bermaslik boshqaruvning tasiri bo’shashib ktishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv va uning vazifalari samaradorligi kishilar mehnat intizomi, tashabbuskorlik va omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan uzviy bog’liqdir.
San'at faoliyatida zamonaviy moliyaviy menejmentning o‘rni
Moliyani boshqarish ko‘pchilik tomonidan boshqaruvning eng murakkab aspektlaridan biri sifatida baholanadi. Bu faoliyatni muassasa iqtisodchi va hisobchilari amalga oshiradi. Yillik byudjetni tuzish jarayoni ma'lum moliyaviy tamoyillarga asoslanishni talab qiladi. Byudjet va ichki moliyaviy nazorat bo‘yicha bajariladigan ish tartibini xujjatlashtirish qonunda belgilangan me'yorlarga muvofiq bo‘lishi hamda omilkor va sodda tuzilishi kerak. Yillik byudjet boshqaruvning vositasi va pul ifodasidagi rejalashtirish xujjati xisoblanadi. Yillik byudjet kutilayotgan daromad va sarflanayotgan xarajatlarning baravarlanishini ifoda etadi. Unda turli manbalardan keladigan pul mablag‘lari va talab qilinayotgan pul mablag‘lari xajmi ko‘rsatiladi. Yillik byudjet resurslarning taqsimlanishini ko‘rsatib, muassasa kelgusida qanday faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirmoqchi ekanligi xaqidagi bayonnomasidir.
Moliyaviy resurslarni boshqarish yoki moliyaviy menejmentni tashkil qilish quyidagi bir qator tamoyillarga asoslanadi:
boshquruvning umumiy tizimi bilan aloqadorlik;
moliyaviy qarorlarni qabul qilishning komplekslik xususiyati;
moliyaviy boshqaruvning yuqori darajadagi xarakatga jo‘shqinligi (dinamizmi);
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga variantli xususiyatdagi yondashuvi;
rivojlanishning strategik maqsadlarga yo‘naltirilganligi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda risk omilini inobatga olishi.
Moliyaviy menejment san'at muassasasida personalni boshqarish, marketing, moddiy resurslarni sotib olish sohasidagi logistika bilan chambarchas bog‘liqdir.
Har qanday boshqaruv qaror bevosita moliyaviy resurslarining shakllanishi va qo‘llanishi, hamda pul mablag‘larining harakatiga ta'sir etadi.
Tashqi muhitning yuqori darajadagi dinamizmi moliyani boshqarish jarayonida byudjetlashtirish, daromad va kapitalni shakllantirish va qo‘llash, kontrolling kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni talab qilib kelmoqda.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga variantli xususiyatdagi yondashuvi bir loyihadan voz kechib boshqa daromadliligi, kapital qo‘yilmalarning muddatliligi va xavfsizligi bo‘yicha yanada yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyihalarni qabul qilishni nazarda tutadi.
Rivojlanishning strategik maqsadlarga yo‘naltirilganlik tamoyili nafaqat joriy va operativ, balki kelgusi davrga resursli potensialni belgilab beruvchi istiqbolli moliyaviy rejalashtirishni aniqlab beradi.
Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan noma'lumlik va risk omili hisobga olinadi. Risk iqtisodiy kategoriya sifatida yuz berishi mumkin bo‘lgan foyda, daromad va kapitalni yo‘qotish xafini, hamda qo‘yilgan kapitalga yanada yuqoriroq foyda olish imkoniyatini ifodalaydi. Risk menejmenti bu risk va ushbu boshqaruv jarayonida vujudga kelgan pul munosabatlarini boshqarish tizimidir.
Muassasada moliyaviy boshqaruvi tashkil qilinishi ning umumiy shaklini quyidagicha belgilash mumkin
1.Tashkiliy struktura
tashkiliy strukturaning holati
shtat jadvali
Moliyaviy struktura
moliyaviy struktura holati
hisobning tashkil qilinishi (buxgalteriya xisobi, soliq xisobi, boshqaruv xisobi)
moliyaviy kontrolling
Logistika
ma'muriy logistika
marketing logistikasi
4. Byudjetlashtirish
Yirik san'at muassasalirida moliyani boshqarish moliya ishlari bo‘yicha rahbarning muovini, oliy ta'lim muassasalarida moliya ishlari prorektori, kichik va o‘rta biznes sub'ektlarida esa bosh buxgalter yoki iqtisodchi tomonidan amalga oshiriladi. Ularning barisi moliya ishlari bo‘yicha menejerlarni tashkil qiladi.
Muassasada moliyaviy boshqaruvi tashkil qilinishining umumiy shakli
Ushbu menejernning faoliyati boshqaruvning yuqori bo‘g‘inidagi funksional tizimining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Moliyaviy boshqaruvning darajasi moliyaviy menejerning professional fazilatlariga bog‘liq. Quyida moliyaviy menejer hal etadigan vazifalarning minimal ro‘yxati keltirilgan:
moliyaviy taxlil, rejalashtirish va prognozlashtirishni tashkil qilish;
moliyaviy resurslardan foydalanishni baholash;
qo‘shimcha moliyaviy manbalarni tanlash;
nazorat qilish
Moliyaviy xo‘jalik faoliyatni boshqarishda moliyaviy menejer quyidagi usullarni qo‘llaydi:
rejalashtirish;
kreditlash;
sug‘urta qilish;
naqd pulsiz hisob kitob va amortizatsion ajratmalar tizimi;
moliyaviy rag‘batlantirish va sanksiya;
garovga qo‘yish bo‘yicha operatsiyalar;
lizing, faktoring va h.k.
Yuqorida qayd etilgan usullar moliyani boshqarishning maxsus uslublarining qo‘llanishini taqozo qiladi:
foyda (daromad)
kredit
protsent
diskont
aktivlar
majburiyatlar va h.k.
Moliyaviy menejmentning samaradoligi menejerning zamon talabiga mos professional bilim , malaka va tajribasiga ham bog‘liqdir.
Nazorat savollari:
1. Boshqaruv mehnatini ilmiy ijodiy tashkil etilishi jarayonlarini aytib bering?
2. San'at faoliyatida zamonaviy moliyaviy menejmentning o‘rni qanday?
3. Moliyaviy menejmentni samaradorligini oshirish usullari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |