Konformli. Konformizm — fikran o'zgarmas sharoitga ko'nikish. Ammo muhit o'zgarishi bilan u kurashuvchan kon- servantga aylanadi va bir necha vaqtga o'zining ajoyib xususi- yatlarini yo'qotadi. Doimiy muhitda bu odam juda xushmuomala va muloyim, uni atrofdagilar yaxshi ko'rishadi. Beqaror turga nisbatan har bir qadamini o'ylab ko'radi, tavakkalchilikni, o'zgarishlar, qayta tashkil etishlarni yoqtirmaydi. U hammasi kechagiday bo'lishini xohlaydi.
Gipertimli. «Giper» — yuqori, «time» — o'zidan degan ma'noni anglatadi. Agar chetdan bunday odamlarga qaraydigan bo'lsak, ular tog'ni ag'darib yuboradiganga o'xshaydilar. Ularni bitmas-tuganmas energiya, g'ayrat ajratib turadi. Uning shiori «hamma narsa qo'limdan keladi». Uni xomush holatda ko'rmaysiz — u doim hazillashadi va quvnoq. Deyarli kichkina xafagarchiliklarga, yomon qarashlarga, qistirma gaplarga e'tibor bermaydi. Agar uni ko'ziga qarab nohaq gaplar aytilsa u 20—30 daqiqa juda g'azablanadi, bir soatdan keyin esa dilsiyohlik qil- gan inson bilan apoq-chapoq bo'lib qoladi. U kek saqlamaydi. Bunday odam mustaqil xarakterga ega. U hech kimni yordami- ga muhtoj emas. O'zi baholaydi va o'zini baholari to'g'riligiga ishonadi. Isteroiddan farqli ravishda (isteroid bajargan ishidan ommaviy maqtov kutadi) gipertim har doim o'z ishidan mam- nun, hech kimni baholashini kutmaydi. U qat'iyatli odam, uni fikridan qaytarish qiyin. Asosiy kamchiligi — qiziqishlarini tez- tez o'zgarishidir.
Sikloidli. U gipertim turiga o'xshaydi. Ammo bu xarak- terni gipertim asosi ruhiy faoliyat doiraliligi uzilib qolishidir. Tushkinlik davrini «qora hafta» deb nomlashadi.
Labilli. Gipertimli bilan o'xshash. Ammo bu yerda tush- kunlik doiraviy emas, balki kalendar xarakterga ega. Bunday inqirozlar trans xoltlar deb nomlanadi, ular kutilmagan vaqtda, yaxshi motivlanmaganda vujudga keladi. Labil xarakterdagi odamlar jamoani do'st va dushmanlarga ajratadi (O'rtasi mavjud emas). Aytishlariga qaraganda, agar siz labilning do'sti bo'lsan- giz omadlisiz, chunki u do'stidan hech narsani qizg'anmaydi. Dushmanlar bilan esa u sovuq, qo'pol, tirnoq ostidan kir qidi- ruvchi bo'ladi. Bunaqalardan tezroq qutilishga intiladi. Uning shiori «do'stlar» va «dushmanlar».
Sensitiv. Hissiyotli xarakter turi. Ta'sirchanlik ularda juda rivojlangan. Shuning uchun bunday odam «xrustalli» model tuzadi va bunday model mantig'i katta ruhiy qiyinchilik va tang- likni keltirib chiqaradi. U o'zini boshqalarga o'xshamayman deb hisoblaydi. O'zi va boshqalarga juda yuqori talablar qo'yadi va shuning uchun «oq qarg'a»dek ko'rinadi. Juda ko'ngli nozik va ruhiyati yaxshi himoyalanmagan. Do'st tanlashda juda ehti- yotkor. Intensiv aloqani yoqtirmaydi.
Ruhiy — astenitek. U sayoz ruhiyatdan (flegmatik va melanxolik) shakllanadi. Hamma reaksiyalar unga kam ta'sir qiladi. Uning jahlini chiqarish juda qiyin, u vazmin.U mayda va sinchikov ishlarda qobiliyatli. Uning shiori «Mendan boshqa hech kim». Kamchiligi — jur'atsiz, javobgarlikdan qo'rqadi, haddan tashqari o'ziga baho beradi.
Epileptoid. «Hissiyotsiz». Epilepsiya kasalligiga hech qanday aloqasi yo'q. Bunday odamning harakati qattiq. Zo'r ijodiy qobiliyatga ega. Doim o'zini intellektini rivojlantirib boradi. U ko'pincha ijodiy tashkilotlarni boshqaradi. Yaxshi o'qiydi. Uning zimmasiga ko'p yangiliklarni kashf qilish yuklatiladi. Uning shiori «Menga hamma narsa mumkin».
Boshqaruv faoliyatining samarasi hokimlik kuchidan ko'ra ko'proq menejer shaxsiy avtoritetiga bog'liq.
Avtoritet — bu rahbarni ishchilari yuqoridagi rahbariyat va ishdagi hamkasblaridan qo'lga kiritgan ishonchdir. Bu shaxsni tan olish, jamoa menejerini subyektiv xususiyatlarni obyektiv ta- lablar bilan mos kelishini baholashdir. Avtoritetni munosabat tizimi, qiymati va ishlar natijasi deb qarash kerak.
Avtoritet tizimi xususiyatlari
Rahbar avtoriteti uning egallab turgan lavozimiga xos asosiy funksiyalarni bajarishi bilan bog'liqdir. U shaxsiy misol sifatida va yuqori ma'naviy xususiyatlar bilan oziqlanmog'i kerak. Bunda avtoritetni (darajasini) ikki manbaa bo'yicha ajratish mumkin:
Rasmiy, egallab turgan lavozimni aniqlash (lavozim dara- jasi).
Real avtoritet — haqiqiy ta'sir, real hurmat va ishonchga asoslangan (subyektiv daraja).
Menejer avtoritetini mustahkamlab uni suiiste'mol qilmasli- gi, ishchilarni tashabbusini bog'lamasligi kerak. Avtoritetni shakllantiruvchi usullar ijtimoiy me'yor va etika normalariga javob berishi kerak. Avtoritetni shakllanishida sun'iy me'yorlar omadga olib kelmaydi, natijada yolg'on yoki xayoliy avtoritet hosil bo'ladi. A.C. Makarenko psevdo avtoritetni quyidagi tur- larini sanab o'tgan:
— masofa avtoriteti — rahbar uning avtoriteti, ishchilardan «uzoqda» va ular bilan rasmiy aloqada bo'lsa o'sadi;
ezgulik avtoriteti — bunday rahbarning shiori «har doim yaxshi bo'lish». Ba'zida mehribon rahbar ishchiga yordam bera- man deb, «qovun tushirib» qo'yishi mumkin;
pedantizm avtoriteti — bunda menejer mayda-chuyda ish- larni yo'l-yo'riq ko'rsatib turish va ishchilar bajarishi kerak bo'lgan vazifalarni barcha bosqichlarini qattiq aniqlab beradi, bu bilan u ishchilarni ijodi va tashabbusini bo'g'ib qo'yadi;
chvanstva avtoriteti — manman rahbar, o'zining avvalgi va endigi xayoliy xizmatlari bilan faxrlanadi. Rahbarning fikricha uning bu «xizmatlari» uni yuqori avtoritet bilan ta'minlaydi;
bo'ysundirmoq avtoriteti — menejer tahdid bilan ishchilarga qo'rquv solish usullariga yon bosishidir. Bu uning avtori- tetini mustahkamlaydi deb, xato o'ylaydi. Oxir-oqibat bu odamlar tashabbusi, ishonchidan voz kechishiga olib keladi, hamda hadiksirash va insofsizlikni keltirib chiqaradi.
Nazorat savollari:
1.Etika tushunchasi haqida nimalarni bilasiza?
2.Yetakchilik qilish uslubi va funksiyalari nimalardan iborat?
3. Xarakterlar tizimining umumiy tavsifini aytib bering?
4.Etika va etiket haqida kimlar asarlar yozgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |