SPEKTAKL (lot. spectaculum - tomosha) — teatr san’ati asari.
Postanovkachi-rejissyor boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar,
rassom, kompozitor, baletmeyster va h.k.) tomonidan yaratiladi. S.
asosida pyesa (opera va balet kompozitor partiturasi, libretto, ssenariy)
mazmuni bilan belgilanuvchi g‘oyaviy niyat yotadi. Tanlangan
pyesaning talqin rejalari, dekoratsiya va liboslarning eskizlari,
roilar taqsimoti teatr badiiy kengashida muhokama qilinadi. Rejissyor
pyesa va obrazlarning talqin vositalarini muayyan g‘oya
va badiiy shaklga bo'ysundiradi, S.ning ko‘rinishlari, yechimi va
ramziy ishoralarini rassom bilan hamkorlikda hal qiladi. Aktyorlar
bilan ishlash, mizan-sahnalami belgilash, sahnaviy obrazlar va
ular o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish S. yaratish jarayonining
hal qiluvchi shartlaridan biridir. S. sintetik asar bolgani
uchun undagi bezak, jihoz, libos, pardoz, musiqa va raqs vositalari,
chiroqlar va turli effektlar uni yanada boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |