GARMONIYA (yun. harmonia — bog'lanish, mutanosiblik)
- 1) ko‘p ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri. Bunda
asar mazmuni kuy rivoji orqaligina emas, balki unga hamohang
bo‘lgan turli akkordlarning almashinuvi yordamida ifodalanadi.
GASTROL (nem. gast - mehmon, rolle - rol) - artist (yoki
artistlar jamoasi)ning doimiy ish joyidan tashqari (boshqa tuman,
shahar, mamlakat) da tomosha ko‘rsatishi, konsert berishi.
GRAFIKA (yun. graphike, grapho - yozaman, chizamari)
— tasviriy san’at turi. Rasm va rasm san’atiga asoslangan, lekin o'/
tasvir va ifoda vositalariga ega bo‘lgan bosma badiiy asarlar.
GO'ZALLIK - estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi
narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat,
quvonch, zavq, erkinlik tuyg‘ulari hosil qilishga qodir bo‘lgan
xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi.
Do'stlaringiz bilan baham: |