Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi



Download 127 Kb.
bet8/8
Sana26.06.2022
Hajmi127 Kb.
#706035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'llanma Nazariya (11)BOLA-1

Optimizm va bola salomatligi
Sihat-salomatlik, quvnoqlik. Bu ikki tushuncha hamisha bir-biriga monand turadi. Agar odam tetik, kayfiyati yaxshi, xushchaqchaq bo’lmasa, ruhi ko’tarilib yurmasa, salomatligini juda yaxshi deb bo’lmaydi. Chindan ham shunday. Jismoniy va psixik sog’liqning aloqadorligi bolalarda yaqqol bilinadi. Sog’lom bolaga bir qarang. Uning ko’zlari yonib, hamma narsaga qiziqib qaraydi, kulib turadi, o’yinlar o’ynagisi, yugurib-yelgisi, sho’xlik qilgisi keladi. Bola jismoniy sog’lom bo’lganda, organizmning barcha fiziologik funksiyalari normal kechganda sog’lom bo’ladi. Biroq aloqadorlik aksincha bo’lishi ham mumkin: Salomatlikni shubhasiz tetiklik bunyod etadi.
Keying yillarda o’tkazilgan tekshirishlardan shu narsa isbotlandiki, salbiy hissiyotlar gipertoniya kasalligi, stenokardiya (ko’krak qisishi), yurak tomirlarida falokat ro’y berishida juda katta rol o’ynaydi. Vrachlik tajribasi shuni ko’rsatadiki, lavashang, har narsani o’ziga oladigan, doimo ruhi tushib yuradigan odamlarda har qanday kasallik og’irroq kechadi, kasallikni davolash ham ancha qiyin bo’ladi. Mana shuning uchun ham ota-ona bolalarga g’amxo’rlik qilish bilan birga uni xushchaqchaq, xayrihoh, shirinsuxan qilib tarbiyalashi kerak, shunda u sihat-salomat va kelajakda baxtli-saodatli bo’ladi.
Ko’pchilik ota-onalar bola sal tumov bo’lsa yoki yo’talsa, darrov tashvishga tushadilar, lekin uning beqarorligiga, yomon odatlariga, injiqliklariga, diomo kayfiyati yomon bo’lishiga, boshqacha aytganda, nerv sistemasi holatiga beparvo bo’ladilar. Bolalarning asabiy bo’lib qolish sabablari turlicha. Ba’zan asabiylik bola tug’ilmasidan oldin ona homiladorligi davrida boshdan kechirgan yomon ta’sirotlar natijasida paydo bo’ladi.
Bolaning nerv sistemasi juda nozik, salga ozor yetadi. Og’ir yuqumli kasalliklar, raxit, tez-tez angina bilan og’rib turish, tanglay, burun, bodomcha bezlarining yallig’lanishi va kattalashishi (tonzillit, adenoidlar), tish kasalliklari, gelmintozlar (gijjalar yuqishi)- bularning barchasi asabni ham buzadi. Hatto yosh bolani ham hayotda uchraydigan ko’ngilsizliklar va og’ir ruhiy iztiroblardan saqlab bo’lmaydi. Bolalar oiladagi mojarolarda qattiq eziladilar. Asabiylashish qisqa vaqt ichida o’tib ketadimi yoki uzoqqa cho’ziladimi, ro’yirost yuzaga chiqadimi, yo bo’lmasa, uncha bilinmaydimi, nihoyat eng muhimi asabiy boladan katta yoshli odam yetishadimi- bu hayot sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Shu narsani ishonch bilan aytish mumkinki, ko’pchilik hollarda nevropatik alomatlar faqat tarbiyada yo’l qo’yilgan xatolar, atrofidagi odamlar xulqining noto’g’ri bo’lishi tufayli jiddiy kasallikka aylanadi.
Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish