Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi



Download 127 Kb.
bet4/8
Sana26.06.2022
Hajmi127 Kb.
#706035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'llanma Nazariya (11)BOLA-1

2 yashar bolalarning rivojlanishi
Sog’lom bola 2 yoshga qadam qo’ygandan keyin jismoniy va nerv-psixik rivojlanishda ancha-muncha o’zgarishlar ro’y beradi. Bola har oyda 200-250 gram semiradi, bo’yi 1 sm o’sadi.
Bu davrda ichki organlar funksiyasi, suyak va muskul sistemasi, markaziy nerv sistemasi faoliyati takomillashadi, nerv hujayralarining mehnat qobilyati oshadi. Aktiv uyg’oqlik muddati ortadi, bu muddat 1 yashardan 1 ½ yashargacha bo’lgan bolalarda 3-4 soatga, 1 ½ yashardan 2 yashargacha bo’lgan bolalarda 4-5 ½ soatga yetadi. Umumiy uyqu 14 dan 12 ½ soatgacha kamayadi.
Bola 2 yashar bo’lganida endi ancha dadil yuradigan bo’ladi. Bolalar o’t-o’lanlar ustida yura boshlaydilar, uzoq joyga bormaydilar, teparoq joylarga chiqadilar. Bola bir yarim yashar bo’lgandan keyin yugurishga o’rganadi. Bolalar uncha baland bo’lmagan divanga chiqadilar, bitta-bitta oyoq quyib shved narvoniga ko’tariladilar, ya’ni bolada tepaga chiqish malakasi rivojlanadi. Bu yoshda kattalar bolalarga ayniqsa ko’z-quloq bo’lib turishlari kerak, chunki ular sho’x bo’lganlaridan salga shikastlanib qolishlari mumkin.
Bolalar yaxshi o’rgatilsa, bo’laklarga ajraladigan o’yinchoqlarni yaxshi o’ynaydilar. Zamburug’chalarni skameykaning teshiklariga taqadilar, xalqani piramidadan oladilar va kiydiradilar, matreshkani ochadilar va yopadilar, maxsus bankachalarga kichik narsalarni soladilar. Bolalar uncha katta bo’lmagan o’yinchoq qurilish materiallaridan foydalanadilar: dastlab kubikni ustma-ust qo’yadilar, 1 ½ yashar bo’lganlarida esa kattalar ko’rsatgan osonroq narsani ko’radilar.
Qanday qilib bolani kasalliklardan asrash kerak
Ko’pchilik ota-onalar bola albatta ba’zi kasalliklar bilan og’rib o’tishi kerak, deb o’ylaydilar. Ularga go’yo bola qanchalik erta kasal bo’lsa, dard shunchalik yengil o’tadigandek tuyuladi. Bu fikr haqiqatdan ancha yiroq, chunki har qanday kasallik bola organizmini quvvatdan ketkazadi, uning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va bolani tarbiyalashni qiyinlashtiradi.
Ba’zi kasalliklarning oldini olsa bo’ladi. Buning hech qiyinchiligi yo’q. Kasallikning oldini oladigan barcha chora-tadbirlar oson va bu ish har bir oilaning qo’lidan keladi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish, rejimni puxta bajarish, to’la sifatli ovqatlanish, oqillik bilan chiniqish, muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilib turish, sport bilan shug’ullanish, o’z vaqtida ehtiyotdan emlatish va bolani iloji boricha infeksion kasallik bilan og’rigan bemorga yo’latmaslik- mana, sizga, bolaning salomatligini va to’g’ri rivojlanishini ta’minlaydigan retsept.
To’g’ri ovqatanish, qachon uxlash, kunduzgi nimalar qilish, qanday jismoniy mashqlar, mehnat bilan shug’ullanish va dam olish haqida ushbu kitobning oldingi boblarida so’z yuritilgan edi.
Bolalarni chiniqtirish. Ma’lumki, yangi tug’ilgan bola tug’ma moslashuvchi reaksiyalar bilan atrof muhit omillariga ta’sir ko’rsatadi. Rivojlanishning ona qornidagi davri bola organizmiichki muhiti turg’unligi bilan xarakterlidir, buni esa asosan ona organizmi boshqaradi. Bola tug’ilganidan keyin boshqaruvchi funksiya butunlay mustaqil ravishda amalga oshadi. Biroq bola rivojlanishining ilk davrlaridagi chidamliligi darajasi chegaralangan bo’ladi, shu boisdan noqulay sharoitlar garchi u sog’lom bo’lib tug’ilgan bo’lsa-da, uning rivojlanishida yomon rol o’ynashi, nimjon, kasalmand qilib quyishi mumkin. Aksincha, bola biror sababga ko’ra tug’ilganidanoq nimjon bo’lsa, yaxshi sharoitlarda normal rivojlanishi mumkin. Ana shu sharoitni hisobga olib, chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridan boshlab aktiv, muhimi ongli ravishda mexanizmlarni sovuq, namlik, atmosfera bosimi o’zgarishlari kabi omillarga nisbatan kengaytirish va takomillashtirish mumkin.
Ilmiy tekshirishlar va vrachlarning kuzatuvlari shuni ko’rsatadiki, tabiiy omillar- harorat, havo, suv, quyosh nurlaridan organizmning himoya kuchlarini oshirish uchun foydalanish mumkin. Organizmning atrof muhit bilan o’zaro aloqasi barcha organlarda va to’qimalarda mavjud bo’ladigan nerv oxirlari-retseptorlarning keng tarmog’i vositasida reflector ravishda amalga oshadi. Xususan retseptorlar badan yuzasida ko’p bo’ladi. Tabiatning tabiiy omillaridan havo harorati o’zgarib turadigan sharoitda foydalanish chiniqish, deb ataladi. Chiniqish mohiyati, eng avvalo, issiqlikni boshqarish mexanizmini trenirovka, ya’ni mashq qildirishdan iborat. Turli hildagi tempratura ta’sirotlarining muntazam ravishda ta’sir qilishi bosh miya po’stlog’idagi teri retseptorlari bilan aloqasini mustahkamlaydi, bu bilan funksional imkoniyatlar diapazonni oshirib, boshqaruv mexanizmlarini takomillashtiradi, bunda organizmning to’g’ri rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ichki muhit turg’unligi saqlanadi.
Chiniqish shamollash kasalliklarining oldini oluvchi ishonchli vositadir. Yilning har qanday faslida ham chiniqish mumkin biroq yaxshisi, chiniqishni yoz davrida boshlab, butun yil davomida muntazam ravishda davom ettirish mumkin.
Organizmni bir necha kunda chiniqtirib bo’lmaydi. Chiniqish uchun uzoq vaqt davomida juda ham sabr-toqat va qat’iyat bilan mehnat qilish kerak. Chiniqish sistemasining asosiy prinsipi muntazamlilik, asta-sekinlik hisoblanadi, bundan tashqari, har bir bolani sog’lig’iga qarab chiniqtirish lozim. Chiniqtirishda nimjon bolalarga juda ehtiyot bo’lish va ularga qarab turish kerak. Shu sababli, muntazam ravishda chiniqishga kirishishdan oldin bolaning o’ziga xos xususiyatlariga va imkoniyatlariga to’g’ri baho berish kerak. Bu esa faqat vrachning qo’lidan keladi.
Chiniqishga kirishilar ekan, faqat bolani parvarish qilishga emas, balki u yashaydigan xonaga nisbatan qo’yiladigan gigiyenik talablarni ham esda tutish va ularga puxta rioya qilish kerak.
Kuzda va qishda xonani ko’p marta, kamida 10-15 minutdan shamollatish, bolani sayr qildirib yurganda esa eshik va derazalarni butunlay ochib qo’yish kerak. Uxlashga yotishdan oldin fortochkani 5-7 minut ochib qo’yish lozim. Bolalar xonasini namlab supurib-sidirish kerak.
Ob-havo qanday bo’lishidan qat’iy nazar bolani iloji boricha ochiq havoda ko’proq bo’lishiga harakat qilish kerak.
Yozda tug’ilgan bolani agar havo harorati 12-15 ⁰C dan past bo’lmasa, uyga kelgandan keyin dastlabki kunlardan boshlaboq uni sayrga olib chiqaversa bo’ladi. Agar bola yilning sovuq faslida tug’ilgan bo’lsa, ko’chaga chiqishdan oldin uyda fortochkani ochib qo’yib ko’tarib yuriladi, bu vaqtda bola ko’chada sayr qildirgandagi kabi kiyintiriladi. Dastlabki kunlarda sayr qilish muddati 10 minutdan oshmaydi, keyin bu muddat asta-sekin uzaytirilib, 30-40 minutga yetkaziladi. Oradan 2-3 hafta o’tgach, havo harorati minus 5 ⁰C dan past bo’lmaganda bolani bolani ko’chaga olib chiqsa bo’ladi. Bola 2-3 oylik paytida havo harorati minus 10 ⁰C dank am bo’lmaganda kuniga 2-3 mahal 20-30 minutdan ko’chaga olib chiqish mumkin. Kun ancha isib qolgan paytlarda bolani ochiq havoda 20 minutdan 1.5 soatgacha olib yurish mumkin.
Bola 6-8 oylik bo’lganda ancha sovuq bo’lganda ham uni sayr qildirsa bo’ladi, 1 yoshga o’lganda esa hatto 15 ⁰C sovuqda ham sayr qildirish mumkin, bunda bolani havo sharoitlariga qarab 1 soatdan 3 soatgacha olib yursa bo’ladi. Sayr qilinadigan joy iloji boricha shamol tegmaydigan bo’lishi kerak, chunki havo harakati issiqlik ajralishini kuchaytiradi va sovqotishga sabab bo’ladi, kuchli shamol esa nafasni qiyinlashtiradi.
Bola sal tumov bo’lsayu, lekin tempraturasi normada bo’lsa, uni ochiq havoda bemalol sayr qildiraversangiz bo’ladi. Bunday bolani sayrga olib chiqishdan oldin burnini erkin nafas olishi uchun paxta pilik bilan tozalash lozim.
Yilning issiq vaqtida bola ko’p vaqtini xonadan tashqari joyda, hovlida o’tkazishi kerak. Ochiq havoda uxlash juda ham foydali. Ochiq havoda bolalar darrov uxlab qoladilar, chuqur nafas olib, miriqib sokin uxlaydilar, bu esa gaz va moddalar almashinuvining yaxshilanishiga sabab bo’ladi, ular tetik va quvnoq bo’lib uyg’onadilar.
Bolalarni mavsumga qarab kiyintirish lozim. Bolalar tinib-tinchimas bo’ladi, shuning uchun ularni juda o’rab-chirmamaslik kerak, chiniqtirishda hususan kiyimga qo’yiladigan gigiyena talablariga rioya qilish zarur. Kiyim yengil, namni yaxshi o’tkazadigan tabiiy gazlamalardan tikilgan bo’lishi kerak, mavsumga qarab bolaga 2-3 qavat kiyim kiydirish lozim. Bola qalin kiyintirilsa, harakat qilishga qiynaladi, bir pasda isib ketadi va charchab qoladi. Isib ketish sovqotishga qaraganda salomatlik uchun zararlidir, chunki maxsus tekshirishlar bilan bola organizmining sovuqqa issiqdan ko’ra yaxshi moslashishi va sovuqni yaxshiroq ko’tarishi isbotlangan. Shuni hisobga olib, ota-onalar bola kiyimi mos kelmasa issiqlikni boshqarish takomillashmaganda ham sovqotib qolishga, ham isib ketishga olib borishini unutmasliklari kerak. Sovqotish ham, isib ketish ham bola uchun zararli bo’lib, uni kasalliklarga moyil qilib qo’yadi.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish