Ijtimoiy ishda inson huquqlarni cheklash
Reja:
Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi.
Huquq va erkinliklar kafolatlarining o`ziga xos xususiyatlari.
Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qoidalar.
Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi
Davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, O`zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirish yo`lini tanladi.
Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo`ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko`rsatuvchi shartlaridan biri inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to`liq belgilanishi hamda ularning ta'minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad — ushbu davlatda yashovchi har bir fuqarolarning huquq va erkinliklarini to`la ta'minlashdan iboratdir. Tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo`lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Bunga yorqin misol totalitar tuzum hukmronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqarolarning ko`plab huquq, erkinliklari juda chiroyli qilib yozib qo`yilgan edi. Biroq ular hayotda amalga oshmay qoldi. Chunki kommunistik mafkura ko`p jihatdan sinflar, davlat to`g`risida qayg`urib «inson»ni esdan chiqargan edi. Uz istiqlol va erkin taraqqiyot yo`lini tanlab olgan O`zbekistonda qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklarini to’la amalga oshirish yulida diqqatga sazovor ishlar qilindi. Inson manfaatlarini ta'minlash davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to`g`risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g`oyasi va maqsadi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to`la tushinish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to`xtalmoq zarurdir. O`zbek tilining izohli lug`atida bayon etilishicha: «Kafolat» so`zi bu — mas'uliyatni, javobgarlikni o`z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta'minlash» ma'nosini bildiradi. Kafolat — bu fuqarolarga qonunda belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir.
Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari deyilganda shaxslarning Konstitusiyada belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarini amalda haqiqiy bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni yaratish tushuniladi. Kafolat, kafolatlash bu - Konstitutsiya, qonunlarda ko`rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga oshirish, huquq va erkinliklarga ega bo`lish demakdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiyada ko`rsatilgan huquq va erkinliklarga egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan to`liq foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzilishdan muhofaza qilish hamdir. Konstitutsiyamizning mohiyati insonga munosib uayot sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a'zolari oldidagi buyuk maqsadlar qo`yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo`llarini o`zida mujassam etadi. Shu o`rinda davlat oila va jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uyg`unlashib borgan sari jamiyat rivojlanib, olg`a siljib boradi.
Konstitutsiyaning asosiy huquqiy hujjat sifatidagi qimmati shundaki, u jamiyat a'zolarining tengligini qayd etadi, unga kafolatlar beradi. Huquqiy kafolatning mohiyati davlat, uning organlari va mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlarini va erkinliklarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish, ularni amalga oshirish uchun doimiy ravishda zarur vositalar bilan ta'minlanishda ifodalangan burchida namoyon bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonlarga ma'lum huquq va erkinliklarini mustaukamlab berish bilan birga ularni to`liq amalga oshirish uchun:
iqtisodiy;
siyosiy va huquqiy kafolatlar bilan ta'minlaydi.
Iqtisodiy sohadagi kafolatlar shundan iboratki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida ko`rsatilgan va jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etuvchi mulk shakllarining xilma-xilligidir. Hamda barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Siyosiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi shundan iboratki, Konstitutsiyaga binoan xalq davlat uokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi; davlat uokimiyati tizimi uokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish prinsipiga asoslanganligi; O`zbekistonda ijtimoiy hayotning siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi; hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |