Ijtimoiy-iqtisodiyot


-jadval  Fermer xo’jaligining xususiyatlari



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana23.06.2021
Hajmi0,89 Mb.
#99466
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Kurs ishi Ergashova Maftuna

1.1-jadval 

Fermer xo’jaligining xususiyatlari 

 

1. 



Ijtimoiy-psixologik jihatdan 

 

 



Jamiyatning  boshlang’ich  bo’g’ini  -  oila  va  unga  xos  bo’lgan  axloqiy  -

tarbiyani 

qadriyatlarga 

hamda 


shaxsiy 

manfaatdorlik, 

xususiy 

tashabbuskorlik va tadbirkorlik erkinligiga tayanuchi aholiningg ijtimoiy 

qatlami 

2. Tashqiliy-huquqiy jihatdan  Yuridik  shaxs  maqamiga  (o’z  balansi,  hisob  raqami,  muxri  vq  boshq.) 

ega bo’lishi shart 

3. Mehnat munosabatlari 

jihatdan 

Xo’jalikda  a’zolar  mehnati  bilan  birgalikda  yollanma  mehnatdan 

foydalanish mumkin 

4. Ishlab chiqarish yo’nalishi 

jihatidan 

Ishlab chiqarish qisman ichki ite’molga va asosan bozorga yo’naltirilgan 

tovar xo’jaligi 

5. Mulkiy munosabatlar 

jihatdan 

■ 

ishlab chiqarish vositalriga xususiy mulkchilik



■ 

yer mandoni uzoq muddatli ijaraga (eng kamida 10 yildan uzog’i bilan 

50  yilgacha)  beriladi,  ijara  muddatida  ijara  huquqnini  meros  qilib 

qoldirish mumkin 

6. Xo’jalik yuritish uchun 

ajratiladigan yer maydoni 

hajmi jihatidan 

 Xo’jalik  yuritish  uchun  ajratiladigan  yer  mandoni  hajmining  quyi 

chegarasi: 

g’alla va paxta yetishtirishga ixtisoslashganda kamida 10 gektar: 



bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavot – polizchilikda kamida 1 gektar; 

- chorvachilikda kamida shartli 30 bosh chova moli bo’lgan taqdirda har 

bir  shartli  bosh  mol  uchun  viloyatlar  va  hududlardaga  qarab  0,3  —0,45 

gektardan (lalmi yerlarda 2 gektar) 



16 

 

 



Fermer  xo’jaligini  yuritishdan  ko’zda,  tutilgan  maqsad,  fermer  manfaati 

tomonidan  turib  yondashsak,  ichki  iste’mol  va  tovar  mahsuloti  ishlab  chiqarish, 

shuningdek  boshqa  ko’p  qirrali  faoliyati  orqali  o’zi  va  oilasining  moddiy 

farovonligini ta’minlashdan iboratdir. 

Fermer  xo’jaligining  asosiy  vazifasi  qishloq  aholisini  foydali  mehnat  va 

tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona 

foydalanishga  erishish  hamda  shu  asosida  eng  kam  sarf-xarajat  birligi  evaziga 

mahsulot yetishtirshnish har tomonlama ko’paytirishdan iborat. 

Fermer  xo’jaligi  mustaqil  xo’jalik  yuritish  subyekti  sifatida  o’ziga  xos 

bo’lgan  ma’lum  bir  tamoyillarga  tayanib  faoliyat  yuritadi.  Avvalambor  fermer 

xo’jaligi  ixtiyoriylik  asosida  to’ziladi,  ya’ni,  fermer  xo’jaligi  a’zolari  o’z 

xoxishlari, manfaatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib xo’jalikni tashkil etadilar. 

Ular  ishlab  chiqarish  yo’nalishlarini  belgilash  va  o’zlashtirish,  boshqa  xo’jaliklar 

va davlat organlari bilan munosabatlarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradilar. 

Qisqacha  qilib  aytganda  fermerlar  to’liq  tanlov  va  tadbirkorlik  erkinligiga 

tayanadilar. 

Fermer  xo’jaligida  mulk  egaligi  huquqi  aloxida  xususiyatga  ega.  Fermer 

xo’jaligidagi mol-mulk shu xo’jalik a’zolarining xususiy mulki bo’lganligi tufayli, 

ular  bu  mulkning  yaxshi  saqlanishi  va  ko’payib  borishidan  manfaatdordirlar.  Bu 

esa  fermerlarda  mulkdan  oqilona  foydalanish  ko’nikmasini  xosil  qiladi.  Yer 

maydonining  50  yilgacha  muddat  bilan  ijaraga,  ijara  muddatida  ijara  huquqini 

meros  qilib  qoldirish  bilan  berilishi  esa  yer  resurslaridan  unumli  foydalanish, 

tuproq  tarkibi va xosildorligini muttasil oshirib borishga rag’bat yaratadi. 

Fermer  xo’jaligini  asosini  jamiyatning  boshlang’ich  bug’ini  -  oila  tashkil 

etadi.  Oilaviy  xo’jalikda  o’zgacha ijtimoiy  va  ma’naviy  muhit  mavjud bo’lib, bu 

yerda har bir shaxsning manfaati butun oila manfaati bilan qo’shilib ketadi. Bunda 

mehnat jamoasi vakillarining bir-biriga bo’lgan ishonchi yuqoriligi sababli, har bir 

kishi umumiy oila farovonligi yo’lida vijdonan va sifatli mahnat qiladi, mehnat va 




17 

 

uning  natijalarini  qadrlashga  o’rganadi,  o’zaro  yordam  va  shaxsiy  javobgarlik 



xislatlariga moslashadi. 

Fermer  xo’jaligi  o’ziga  xos  ma’naviy  va  axloqiy  kadriyatlar  davomchisi 

hamdir.  Fermerning  oilaviy  turmushida  o’zi  yashayotgan  yerdagi  mahalliy 

aholining urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari bevosita o’z ifodasini topadi. Xo’jalik 

yuritishning  bu  shakli  o’ziga  xos  mehnat  va  tarbiya  maktabi  ham  bo’lib,  bunda 

minglab  yillardan  beri  ajdodlarimiz  tomonidan  to’plangan  mehnat  tajribalari  va 

ko’nikmalari, yerga va tabiatga muxabbat hissi hamda eng yaxshi milliy an’analar 

mustahkamlanib avloddan-avlodga o’tkazib boriladi. 

Fermer  xo’jaligi  respublikamiz  qishloq  xo’jaligida  endigina  shakllanib 

kelayotgan  tadbirkorlik  shakllaridan  biri  sifatida  qishloq  xo’jaligida  ishlab 

chiqarish  samaradorlgini  oshirishga  imkon  beruvchi  kuchli  rag’batlardan  biridir. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu xususiy tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish 

orqali ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish mo’ljallangan. 

Har 


qanday 

iqtisodiy 

sistemada 

ishlab 


chiqarish 

samaradorligi 

yuksaltirishning  eng  muhim  shartlaridan  biri  turli  mulk  shakllariga  asoslangan 

tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  iqtisodiy  erkinligi  va  ular  o’rtasida  vujudga 

keladigan  sog’lom  raqobatdir.  Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  tajribasi  shuni 

ko’rsa  bo’ladiki,  sog’lom  raqobat  kurashi  vujudga  kelishi  uchun  jamiyatda  mulk 

shakllarining xilma-xilligini ta’minlash zarur. 

Fermer  xo’jaliklari  agrar sohada  yangi  uklad sifatida  shakllanib  borishi bir 

tomondan  haqiqiy  mulk  egalignning  vujudga  kelishiga  imkon  yaratsa,  ikkinchi 

tomondan  mulkchilikning  boshqa  turlariga  asoslangan  korxonalar  bilan  ma’lum 

darajada raqobat kurashi muxitini yaratishga yo’l ochadi. 

Bizga  ma’lumki  har  qanday  xo’jalik  yuritish  shakli  muayyan  bir  ijtimoiy-

iqtisodiy  tizimda  vujudga  kelish  va  rivojlanish  jarayonida  tashqiliy  iqtisodiy, 

huquqiy, ijtimoiy va psixologik xarakterdagi bir qator omillar ta’sirida shakllanib, 

o’ziga yo’l ochib boradi. 



18 

 

Fermer  xo’jaligining  vujudga  kelishi  va  shakllanishida  uning  tashqiliy-



iqtisodiy  asoslari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Amaldagi  qonunchilikka  ko’ra 

femer xo’jaligi tashqiliy-huquqiy jihatda n: 

xo’jalik a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan



o’ziga  uzoq  muddatli  ijaraga  berilgan  yer  uchastkalaridan  foydalangan 

holda tovar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi; 

o’z  nomi  o’yib  yozilgan  hamda  gerb  tasviri  tushirilgan  muxrga  hamda 



shtampga ega, yuridik shaxs maqamidagi; 

bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob varaqalar ochadigan; 



tegishli davlat organlarida ro’yxatdan o’tgan; 

boshqa  korxonalar,  tashkilotlar.  birlashmalar  hamda  muassasalar  bilan 



o’zaro  teng  huquqli  munosabatlarga  kirishuvchi,  mustaqil  xo’jalik  yuritish 

subyekti hisoblanadi. 

O’zbekistan  Respublikasi  Prezidentniing  2003  yil  24  martdagi  «Qishloq 

xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi 

farmonida  fermer  xo’jaliklarini  shakllantirishning  kuyidagi  prinsipial  qoidalari 

belgilab berilgan: 

fermer xo’jaliklari qoida tariqasida, tugatiladigan zarar bilan ishlayotgan, 



past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida. barpo etiladi; 

fermer xo’jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida, 



keyinchalik  ular  turli  shakldagi  kooperasiyalarga  birlashish  huquqi  bilan  barpo 

qilinadi; 

yer  maydonlari  fermerlarga  tanlov  asosida  ellik  yilgacha  uzoq  muddatli 



asosda,  ijara  muddati  davomida  meros  qilib  qoldirish  huquqi  bilan  ijaraga 

foydalanish uchun beriladi; 

fermer  xo’jaliklariga  beriladigan  yer  maydonlari  shirkat  xo’jaliklarning 



balansidan chiqariladi; 

yetishtiriladigan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  yetkazib  berish  hamda 



moddiy-texnika  resurslari  va  xizmatlarni  olish  uchun  shartnomalarni  faqat  fermer 


19 

 

xo’jaliklarining  o’zlari  tayyorlov,  qayta  ishlash  hamda  xizmat  ko’rsatish 



korxonalari va tashkilotlari bilan to’g’ridan-to’g’ri tuzadilar. 

 

Qishloq  xo’jaligida  fermer  xo’jaliklarining  boshqa  xo’jalik  yuritish 



shakllari  bilan  teng  sharoitlarda  sog’lom  va  raqobat  asosida  rivojlanishi  uchun 

mustahkam  huquqiy-  me’yoriy  baza  yaratilgan.  Xususan,  O’zbekiston 

Respublikasining  Bosh  Qomusi,  «Fuqarolik  Kodeksi»,  «Fermer  xo’jaligi 

to’g’risida»gi,  «Tadbirkorlik.  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida»gi 

qonunlar, 

respublika 

Prezidentning 

bir 


qator 

farmonlari 

va 

Vazirlar 



Mahkamasining  qarorlari,  fermer  xo’jaliklari  faoliyatining  mulkiy  daxlsizligi  va 

tadbirkorlik erkinligini ta’minlashga hamda qo’llab-quvvatlash vazifalarini amalga 

oshirishga xizmat qiladi. 

 

O’zbekistan  Respublikasining  qonun  xujjatlari  va  xukumat  qarorlarida 



fermer xo’jaliklariga berilgan kafolatlar, ularning huquqlarini himoya qilish hamda 

rag’batlantirish choralari belgilab beriladi. Fermer xo’jaligi faoliyatida o’ziga xos 

xususiyatlarga egadir. 

 

Fermer  xo’jaligi  tadbirkorlik  faoliyatining  subyekti  sifatida  qonun  bilan 



mustahkamlab qo’yilgan bir qator huquqlarga ega: 

ishlab  chiqarish  faoliyatini  o’ziga  berilgan  yer  uchastkasida  ustavda 



nazarda tutilgan doirada mustaqil tashkil etish

yetishtirilayotgan  va  realizatsiya  qilinayotgan  mahsulotga  mustaqil 



ravishda narx belgilash; 

o’zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga 



o’z xoxishi bo’yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish

tadbirkorlikdan  qonun  xujjatlarida  belgilangan  tartibda  soliq  solinadigan, 



cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish; 

ijaraga  beruvchining  ruxsati  bilan  yoki  qonunda  yoxud  ijara 



shartnomasida  nazarda  tutilgan  hollarda  yer  uchastkasini  ijaraga  berish  huquqini 

kredit olish uchun garovga qo’yish: 

o’rta va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan 



foydalanish; 


20 

 



xodimlarni  ishga  yollash  va  ular  bilan  to’zilgai  mehnat  shartnomalarini 

bekor qilish. 

Shu bilan birga fermer xo’jaligi o’z zimmasiga muayyan bir majburiyatlarni ham 

oladi: 


ijaraga  olingan  yer  uchastkasini  bir  yil  ichida  o’zlashtirish,  undan  qat’iy  

belgilangan maqsadda foydalanish va unga zarar yetkazmaslik; 

yer  uchastkasini  asrash,  uning  unumdorligini  saqlash  va  oshirish 



yuzasidan  sarf-harajatlar qilish; 

agrotexnika  talablariga,  belgilangan  rejim,  saqlash  vazifasi  va 



servitutlarga rioya etish

fermer  xo’jaligining  majburiyatlari  va  qarzlari  bo’yicha  to’la  javobgar 



bo’lish; 

fermer  xo’jaligining  barcha  a’zolari  hamda  mehnat  shartnomasi  asosida 



ishlayotgan shaxslar uchun qonun hujjatlariga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi 

Byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  va  Aholini  ish  bilan  ta’minlashga 

ko’maklashuvchi davlat jamg’armasiga majburiy badallar to’lash; 

fermer  xo’jaligining  a’zolari  hamda  mehnat  shartnomasi  asosida 



ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish; 

xo’jalik a’zolari uchun xavfiz mehnat sharoitini ta’minlash. 



Fermer  xo’jaligini  yuritish  istagini  bildirgan  fuqarolar  birinchi  navbatda 

«Fermer  xo’jaligi  to’g’risida»gi  qonunning  10-bandida  belgilab  berilgan  tartibda 

uzoq  muddatga  ijaraga  yer  uchastkasi  ajratishni  so’ratb  qishloq  xo’jaligi 

kooperativ  (shirkat  xo’jaligi)  boshqaruvi  nomiga  ariza  beradilar.  Benda  arizani 

berish  va  ko’rib  chiqish  qishloq  xo’jaligi  ekinlarini  yig’ib  olish    tugagan  vaqtga 

to’g’ri kelishi maqsadga muvofiqdir.   

Ariza  shirkat  xo’jaligi  boshqaruvi  tomonidan  o’n  kun  muddatda  ko’rib 

chiqilib,  xo’jalikning  umumiy  majlisiga  taqdim  etiladi.  Umumiy  majlis  tegishli 

qaror qabul qiladi. 

Fuqaroning  arizasi  va  umumiy  majlis  qarori  fermer  xo’jaligining  biznes-

rejasi  bilan  birga  tuman  hokimiga  yuboriladi.  Ushbu  xujjatlar  tuman  hokimi 



21 

 

tomonidan  besh  kun  muddatda  yer  uchastikalarini  berish  masalalarini  kurib 



chiquvchi  tuman  komissiyasiga  xulosa  berish  uchun  topshiriladi.  Komissiya  o’n 

besh kun muddatda xujjatlar bilan tanishib chiqadi va bo’lajak fermer bilan suxbat 

o’tkazadi  hamda  ijaraga  yer  berish  muvofiqligi  yoki  muvofik  emasligi  haqida 

xulosasini tayyorlaydi. Xulosani yuqoridagi xujjatlar bilan birga turman hokimiga 

taqdim etadi. 

Tuman  hokimi  o’n  besh  kun  muddatda  taqdim  qilingan  xujjatlarni  ko’rib 

chikib,  fermer  xo’jaligi  yuritish  uchun  fuqaroga  yer  uchastkasi  berish  to’g’risida 

qaror qabul qiladi. Tuman hokimi qarori qabul qilingandan so’ng o’n kun muddat 

ichida  hokimiyatning  yer  to’zish  va  yerdan  foydalanish  xizmati  bilan  fermer 

xo’jaligi boshlig’i o’rtasida yer ijarasi shartnomasi tayyorlanib, imzolanishi lozim. 

Shartnoma imzolangandan so’ng o’n kun muddatda tuman bosh yer tuzuvchisi va 

shirkat xo’jaligi vakili fermer uchun ajratilgan yerni ko’rsatadi va uch nusxadagi 

dalolatnoma  bilan  tasdiqlaydi.  Fermer  xo’jaligi  tuman  hokimligida  davlat 

ro’yxatidan o’tadi. Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustidagi 

qaroriga  muvofiq  ushbu  toifadagi  xo’jaliklar  tuman  hokimligiga  quyidagi 

xujjatlarni taqdim etishi lozim: 

1.  Ariza. 

2.  Qishloq  xo’kaligi  kooperativi  (shirkat  xo’jaligi)  umumiy  yig’ilishining 

yoki boshqa qishloq xo’jaligi korxonasi oliy boshqaruv organi yoki ish beruvchisi 

(ma’muriyati) ning fermer xo’jaligini tashkil etish to’g’risidagi qarori. 

3.  Notarial tasdiqlangan Ustavning ikkita asl nusxasi. 

4.  Dovlat  boji  yoki  ro’yxatdan  o’tish  to’lovi  to’langanligi  to’g’risida  bank 

to’lov xujjati (eng kam ish haqining besh barobari miqdorida). 

5.  Vakolatli  shahar  (tuman)  hokimiyati  organlari  tomonidan  berilgan 

xo’jalik nomini tasdiqlovchi xujjat. 

6.  Hokimiyat  qarori  bilan  tashkil  etilgan  tanlov  komissiyasining  yer 

uchastkasi berish haqidagi qarori, tovar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil 

etishning biznes-rejasi nusxalari. 

7.  Muhr va shtampning  nusxadagi eskizi. 



22 

 

Fermer xo’jaligini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun zarur xujjatlar bo’lajak 



fermerning  o’zi  yoki  shartnoma  asosida  tuman  hokimligining  (fermer  xo’jaligini 

davlat  ro’yxatiga  olish  to’g’risidagi  qarori  yoki  ro’yxatdan  o’tkazishni  rad  etish 

to’g’risidagi qarori ariza beruvchi ariza bergan kundan boshlab 7 (yetti) ish kunida, 

tuman hokimligining fermer xo’jaligini davlat ro’yxatiga olish  to’g’risidagi qarori 

bilan  bir  paytda  qabul  qilinadi.  Shundan  so’ng  tuman  hokimligi  yangi  tashkil 

etilgan fermerga «Davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida»gi guvohnoma va 

tuman hokimiyati muhri bilan tasdiqlangan «ro’yxatga olingan» belgisiga esa ta’sis 

xujjatlarini hamda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani topshiradi. 




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish