0
10
20
30
40
50
60
70
80
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
O'zbekiston
Respublikasi
Samarqand
viloyati
3.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning O’zbekiston
Respublikasi va Samarqand viloyati bo’yicha YaIMdagi ulushi dinamikasi.
Manba: Statistik ma’lumotlar asosida.
Tashqi bozorda 2010 yilda 2016 yildagiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi
2,4 marta oshdi, ayni vaqtda tovar va xizmatlar eksporti 2,6 marta ko’paydi.
Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada o’sdi. Bu esa
ishonchli to’lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko’rsatkichi
bo’lib xizmat qilmoqda.
Viloyatning qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs ta’mi-
notida, mahsulot sotishda va transport xizmati ko’rsatishda yordam beradigan.
mahsulotni saqlash. qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, aholiga
communal, maishiy, tuzatish – qurilish xizmatlari ko’rsatadigan, fermer, dehqon
xo’jaliklari a’zolari. shaxsiy yordamchi xo’jaliklar egalarini o’qitadigan, axborot
ta’minoti va yuridik maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi bozor institutlari faoliyatini
yanada jadallashtirish lozim.
49
Xududlarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab va uni ishlab chiqarish
yuqori bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning
kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki
bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan tuldirishda, aholini ish bilan
ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib
borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanib, jamiyatimizning
ijtimoiy – siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta
sinfning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha
xozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga,
yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil
yurtimizda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilindi.
Tadbirkorlik va kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning
iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va
xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni
ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy – texnikaviy
taraqqiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq
tushumlari xajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini
barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
O’zbekistan Respublikasining birinchi Prezidenta Islom Karimovning 2010
yil 14 dekabrdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturini
ishlab chikish va amalga oshirishning tashkiliy choralari haqida»gi F-3539-sonli
Farmoyishida: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun
yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining
huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativ-
huquqiy bazani yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyataga davlat va nazorat tuzilmalarining
aralashuvini keskin kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-
texnik shart-sharoitlarini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
50
subyektlariga soliq va boshqa to’lovlar borasida yengilliklar yaratish, hisobot
topshirish tizimini takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarini kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish, kichik biznesni
rivojlantirishga xorijiy investisiyalarni keng jalb etish, ularning tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berish,
kichik biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz va qulay sharoitlar tizimini
yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo’nalishlar belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi PQ - 1501
sonli "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kreditlash hajmlarini
oshirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi Qaroriga binoan
tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlar yaratildi:
- tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg'armasi resurslari
hisobidan kredit berishdan oladigan daromadlari bo'shaydigan mablag'larni mazkur
jamg'armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo'naltirish sharti bilan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig'idan 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod qilindi;
- ustuvor ravishda olis va borish qiyin bo'lgan tumanlarda, shuningdek
mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish
loyihalariga ajratiladi;
- tijorat banklariga kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda
kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta'minotini rasmiylashtirish
bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi;
- jamg'arma hisobidan kreditlar eng kam oylik ish haqining ikki ming
baravaridan ortiq bo'lmagan summada ajratilishi belgilandi.
So’nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatiga davlat aralashuvining keskin
kamayishi, hisobot topshirishning qisqartirilishi va soddalashtirilishi, soliqqa
tortishda imtiyozlar kiritilishi. kreditlashda keng qulayliklar yaratilganligi
Samarqand viloyati iqtisodiy muhitida kichik biznes subyektlari salmog’i
mustahkamlangan. Xususan, viloyatda (2010 – 2015 yillar) kichik biznes
51
rivojlanishida asosiy tarmoq (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo. pullik
xizmat)lar bo’yicha nisbiy barqaror dinamika kuzatilgani xolda, shahar va
tumanlar miqyosidagi dinamik beqarorlik aloxida yondashuvni taqozo etadi.
Chunki, asosiy tarmoqlarda kichik biznes rivojlanishining tahlili tumanlararo
tafovud keskin darajada saqlanayotganligidan dalolat bermoqda.
Biz tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatida kichik biznes korxonalari
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning YAHM dagi ulushini
3.1-jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |