Ijtimoiy-iqtisodiyot



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana01.07.2021
Hajmi0,72 Mb.
#106042
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
mahsulot eksporti salohiyatini oshirishda tadbirkorlikning roli

0

10

20

30

40

50

60

70

80

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

O'zbekiston

Respublikasi

Samarqand

viloyati

 

3.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning O’zbekiston 

Respublikasi va Samarqand viloyati bo’yicha YaIMdagi ulushi dinamikasi. 

Manba: Statistik ma’lumotlar asosida. 

 

Tashqi bozorda 2010  yilda 2016  yildagiga  nisbatan  tashqi  savdo  aylanmasi 



2,4  marta  oshdi,  ayni  vaqtda  tovar  va  xizmatlar  eksporti  2,6  marta  ko’paydi. 

Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada o’sdi. Bu esa 

ishonchli  to’lov  balansi  va  iqtisodiyotimiz  barqarorligining  muhim  ko’rsatkichi 

bo’lib xizmat qilmoqda. 

Viloyatning qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs ta’mi- 

notida,  mahsulot  sotishda  va  transport  xizmati  ko’rsatishda  yordam  beradigan. 

mahsulotni  saqlash.  qayta  ishlash  va  sotishni  amalga  oshiradigan,  aholiga 

communal,  maishiy,  tuzatish  –  qurilish    xizmatlari  ko’rsatadigan,  fermer,  dehqon 

xo’jaliklari  a’zolari.  shaxsiy  yordamchi  xo’jaliklar  egalarini  o’qitadigan,  axborot 

ta’minoti va yuridik maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi bozor institutlari faoliyatini 

yanada jadallashtirish lozim. 



49 

 

Xududlarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab va uni ishlab chiqarish 



yuqori  bugungi  kunda  biz  bu  sohani  rivojlantirmasdan  turib  iqtisodiyotimizning 

kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki 

bozorimizni  raqobatdosh  va  sifatli  mahsulotlar  bilan  tuldirishda,  aholini  ish  bilan 

ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib 

borishiga  erishishda  eng  asosiy  omillardan  biri  hisoblanib,  jamiyatimizning 

ijtimoiy – siyosiy  tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta 

sinfning  shakllanishi  va  mustahkamlanishini  ta’minlaydi.  Shuningdek,  bu  soha 

xozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, 

yurtimizni  taraqqiyot  yo’lidan  faol  harakatlantiradigan  kuchga  aylanib  bormoqda. 

Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil 

yurtimizda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilindi. 

Tadbirkorlik  va  kichik  biznes  sohasining  iqtisodiyotdagi  ahamiyati  uning 

iqtisodiyotda  raqobat  muhitini  ta’minlash,  yirik  korxonalar  uchun  mahsulot  va 

xizmatlar  yetkazib  berish,  yangi  ish  o’rinlarini  yaratish  va  ikkilamchi  bandlikni 

ta’minlash,  bozor  tizimining  moslashuvchanligini  oshirish,  ilmiy  –  texnikaviy 

taraqqiyotni  jadallashtirish,  resurslarni  ishlab  chiqarishga  safarbar  etish,  soliq 

tushumlari  xajmining  o’sishini  ta’minlash,  aholi  daromadlari  darajasini 

barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. 

O’zbekistan Respublikasining birinchi Prezidenta Islom Karimovning 2010 

yil  14  dekabrdagi  «Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yili  Davlat  dasturini 

ishlab  chikish  va  amalga  oshirishning  tashkiliy  choralari  haqida»gi  F-3539-sonli 

Farmoyishida:  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlari  faoliyati  uchun 

yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining 

huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilishni  kuchaytirishga  yo’naltirilgan  normativ-

huquqiy  bazani  yanada  takomillashtirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlarining  moliya-xo’jalik  faoliyataga  davlat  va  nazorat  tuzilmalarining 

aralashuvini  keskin  kamaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-

texnik  shart-sharoitlarini  ta’minlash,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 



50 

 

subyektlariga  soliq  va  boshqa  to’lovlar  borasida  yengilliklar  yaratish,  hisobot 



topshirish  tizimini  takomillashtirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlarini  kreditlash  mexanizmini  yanada  takomillashtirish,  kichik  biznesni 

rivojlantirishga  xorijiy  investisiyalarni  keng  jalb  etish,  ularning  tashqi  iqtisodiy 

faoliyat  sohasidagi  ishtirokini  kengaytirish,  ilg’or  ilm-fan  yutuqlariga  asoslangan 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishga  keng  yo’l  ochib  berish, 

kichik biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz va qulay sharoitlar tizimini 

yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo’nalishlar belgilab berilgan. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  11  martdagi  PQ  -  1501 

sonli  "Kichik biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  kreditlash  hajmlarini 

oshirish  bo'yicha  qo'shimcha  chora  tadbirlar  to'g'risida"gi  Qaroriga  binoan 

tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlar yaratildi: 

-  tijorat  banklarining  imtiyozli  kredit  berish  maxsus  jamg'armasi  resurslari 

hisobidan kredit berishdan oladigan daromadlari bo'shaydigan mablag'larni mazkur 

jamg'armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo'naltirish sharti bilan yuridik 

shaxslardan olinadigan foyda solig'idan 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod qilindi; 

-  ustuvor  ravishda  olis  va  borish  qiyin  bo'lgan  tumanlarda,  shuningdek 

mehnat  resurslari  ortiqcha  bo'lgan  tuman  va  shaharlarda  joylashgan  kichik  biznes 

va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatish 

loyihalariga ajratiladi; 

-  tijorat  banklariga  kichik  tadbirkorlik  subyektlariga  kredit  berishda 

kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta'minotini rasmiylashtirish 

bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi; 

-  jamg'arma  hisobidan  kreditlar  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  ming 

baravaridan ortiq bo'lmagan summada ajratilishi belgilandi. 

So’nggi  yillarda  tadbirkorlik  faoliyatiga  davlat  aralashuvining  keskin 

kamayishi,  hisobot  topshirishning  qisqartirilishi  va  soddalashtirilishi,  soliqqa 

tortishda  imtiyozlar  kiritilishi.  kreditlashda  keng  qulayliklar  yaratilganligi 

Samarqand  viloyati  iqtisodiy  muhitida  kichik  biznes  subyektlari  salmog’i 

mustahkamlangan.  Xususan,  viloyatda  (2010  –  2015  yillar)  kichik  biznes 



51 

 

rivojlanishida  asosiy  tarmoq  (sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  qurilish,  savdo.  pullik 



xizmat)lar  bo’yicha  nisbiy  barqaror  dinamika  kuzatilgani  xolda,  shahar  va 

tumanlar  miqyosidagi  dinamik  beqarorlik  aloxida  yondashuvni  taqozo  etadi. 

Chunki,  asosiy  tarmoqlarda  kichik  biznes  rivojlanishining  tahlili  tumanlararo 

tafovud keskin darajada saqlanayotganligidan dalolat bermoqda.  

Biz tahlil  qilish  maqsadida  Samarqand viloyatida kichik biznes  korxonalari 

tomonidan  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  va  xizmatlarning  YAHM  dagi  ulushini 

3.1-jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqdik. 


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish