44
1,3
1,9
2,7
4
5,3
6,9
9,2
12,1
15,9
0
5
10
15
20
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga
ajratilgan kreditlar, trln.som
2.3-rasm.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan
kreditlar hajmi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida
muallif tomonida tuzilgan. www.cbu.uz
Sanoat ishlab chiqarishda investisiyalardan (kapital qo‘yilmalardan)
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- yangi qurilish;
- korxonani kengaytirish va qayta rekanstruksiyalash;
- ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta
qurollantirish;
- harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Yangi qurilishda yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqarilgan loyihalar
asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir. Faoliyat
yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining
navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha,
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini
45
kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan faoliyat yuritayotgan korxona
hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash – bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy
eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi
nomutanosibliklarni yuqotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman
o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rnida yangi sexlar qurishga
ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy
talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va
uskunalarni yangilash va almashtirish ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil
etilishini yaxshilash yo‘li bilan korxonaning texnik darajasini o‘shirish bo‘yicha
chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini
yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va er tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun yangi
qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga
oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda investisiyalarning eng ko‘p tarqalgan
yo‘nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni
ham ko‘zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va
texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko‘rsatish mumkin. Sanoatda yangi
korxonalarni qurish hamda mavjud ishlab chiqarish korxonalarni kengaytirish va
qayta tiklashga yo‘naltiruvchi kapital qo‘yilmalar asosan quyidagi xarajatlarni o‘z
ichiga oladi:
- qurilish-montaj ishlari xarajatlari;
- mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;
- loyiha-qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.
46
Kapital qo‘yilmalarning yuqoridagi turlari investisiyalarning texnologik
tuzilmasini
tavsiyalaydi.
Hozirgi
paytda
mamlakatimiz
iqtisodiyotini
rivojlantirishda yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalar hajmi ancha oshib, o‘tgan
yilga nisbatan ularning o‘sish suratlari 9,6
foizni
,
shuningdek xorijiy investisiyalar
va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 11,3 foizga o‘sib 3,7 milliard dollardan oshadi.
O‘zlashtirilgan investisiyalar doirasida 2016 yilda qiymati 5,2 milliard dollorlik
164 ta yirik ishlab chiqarish ob’ektlari ishga tushirildi.
Birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratishi zarur. Bu
maqsadning dolzarbligi ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz o‘rta
muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizning rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida
qo‘yilgandir.
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa
raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan mamlakatimizda
demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va barqarorlik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu
haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: