Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi.
Bugungi kundagi asosiy vazifa mamlakatimizda kichik biznes va
tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirishni Rag’batlantirish uchun
iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish bo’lsa, boshqa tomondan unga moddiy
va moliyaviy resurslar kiritish ko’zda tutiladi. Davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash oqilona dotasiyalar, soliq solish, kreditlash, sug’urtalash va
investisiyalashdagi imtiyozli tartiblar va hokazolar shaklida namoyon bo’lishi
kerak. Bu holda u boqimandalikni rag’batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar
tomonidan doimiy holat yoki raqobatbordoshlik va rentabellikni oshirishning
asosiy manbai sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat ko’magining
23
asosiy tamoyili biznesni-ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va
bozor xo’jaligini normal yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish
bo’lmog’i lozim. Davlat ko’magi tarmoqli, geografik, milliy, tarixiy xususiyatlar
va an’analar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda tadbirkorlikning
raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, omillar
yaratish sifatida namoyon bo’lmog’i kerak.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning eng muhim
vazifasi-kichik korxonalarga teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq
korxonalar o’rtasidagi xo’jalik imkoniyatlari bo’yicha farqni imkon qadar
kamaytirish, O’zbekiston xo’jaliklarining bozor tizimini shakllantirishning bazaviy
jarayonlarida kichik va yirik tadbirkorlikning eng maqbul nisbatini ta’minlashdan
iborat. Bu birinchi galda, raqobotli bozor musobaqasida teng huquqlilikni, faoliyat
turini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda teng imkoniyatlar
yaratish, ularning huquqlari va javobgarligini, imkoniyatlari va tavakkalchiligini
aniq belgilashdir. Bunda ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyosiy va boshqa qulay
sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin.
Raqobatlantirish iqtisodiy dastaklarning biri hisoblanadai. Shuning uchun
kichik biznesda ijodiy aktivligini rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish muhimdir.
Bular ichida moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning mehnatga, qilingan ishning
natijalariga qarab rag’batlantirish usuli asosiy o’rin egallaydi.
Ish haqqi doimo mehnatga undovchi muhim omil hisoblanib kelingan.
Shunday ekan mehnatga haq to’lashning to’g’ri tizimini tanlash muhim. Bu ularni
hayotiyligi va raqobatbardoshligini oshiradi. Mehnatga haq to’lash darajasi
insonlarning hayot ehtiyoji va korxonani moliyaviy holatidan kelib chiqib tartibga
solinishi kerak.
Mehnatga haq to’lash tizimi bir necha omillarga asoslanadi: kasb, malaka
darajasi, ish staji, bajarayotgan ish hajmi, ishning murakkabligi, xodimlar
javobgarligi, ish jarayoni davomiyligi va hokazo.
Xodimlarning foydadagi ishtiroki ularning sotib olingan aksiya qiymatiga
uzviy bog’liq bo’ladi. Foyda o’z korxonasi doirasida aniqlanadi, ammo xodimlar
24
orasida faqat mehnat unimdorligi ortishi va mahsulot sifati yaxshilanishi evaziga
olingan qo’shimcha foyda taqsimlanadi.
Hozirda zamonaviy tadbirkorlikda foydada qatnashishning bir necha
tizimlari keng tarqalgan:
- Skenlona tizimi bu tizim mohiyati shundan iboratki har bir kishi hisobiga
ishlab chiqarilgan mahsulotning ko’payishi evaziga olingan ish haqi fondi iqtisodi,
ishchi vыa korxona orasida taqsimlanadi. Bu iqtisod korxona va ishchi orasida 1:3
nisbatda. Xodimlarga ajratilgan rag’batlantiruvchi summaning 20% zaxira fondiga,
qolgan qismi esa xodimlarga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ortishiga qo’shgan
hissasiga qarab taqsimlanadi.
- Raker tizimi -1 dollar ish haqiga nisbatan sof normativ mahsulot hajmini
bajarishda iqtisod qilgan ish vaqtiga rag’batlantirish tushuniladi.
- Iproshsar tizimida- belgilangan mahsulot hajmini bajarishda iqtisod qilgan
ish vaqtiga qarab rag’batlantirish tushuniladi.
Har qanday rag’batlantirish tizimi o’zining yutuq va kamchiliklariga ega.
Ammo har qanday holatlarda ham mukofot miqdori ma’lum bir iqtisodiy
ko’rsatkichlarga asoslanadi. Chunki, xodimlarni rag’batlantirish tizimi ularni
mehnat unumdorligi ortishini, kadrlar qo’nimsizligi pasayishini, korxonada
kelgusida yuqori iqtisodiy natijalarga erishishi ta’minlashi zarur.
Demak, ish haqi tayinlashda xodimning malaka, tajriba, faoliyat natijalari
hisobga olinar ekan, moddiy rag’batlantirishda bu ko’rsatkichlarni hisobga olish
taqoza etiladi. Tabiiyki, yuqori malaka va tayyorgarlik darajasi, yuqori mehnat
haqini talab qiladi. Yuqori malakali injener malakali ishchidan ham haq olmasligi
zarur. Masalan, Yaponiya kompaniyalari prezidentlari yangi ishga kelgan
xodimdan 8 barobar ortiq ish haqqi oladi. AQShda esa bu farq 1:20 tashkil etadi.
Mehnatdagi qo’shimcha natijalar uchun ustama, mutaxassislik va mansabni
birgalikda bajarish, bajarilgan ish hajmini oshirish, kasb malakasi, mehnatdagi
erishgan yuqori natijalari va korxonadagi mehnat stajiga qarab to’lanadi. Bu yerda
ustama darajasi har bir ishchi uchun alohida ishning oxirgi natijalariga yoki
qo’shgan hissasiga qarab belgilanadi.
25
Moddiy rag’batlantirishning yana bir ko’rinishi mukofat hisoblanadi.
Mukofotlash tizimi unumli mehnatni haqiqatda rag’batlantirish va mehnat
kollektivida normal munosabatni saqlashga qaratilishi zarur. Bu tizim mukofotlash
mezoni ko’rsatkichlari, shartlari, doirasi va mukofot miqdorini o’z ichiga olishi
shart.
Rahbar, mutaxassis va xizmatchilarning rag’batlantirishini optimal
ko’rsatkichlar soni ikki - uchta, ishchilarni esa bir - ikkita bo’lishi maqsadga
muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |