1.1-jadval
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar
kesimidagi soni va ulushi
Manaba:Samarqand viloyat statistik axborotnomasi. Samarqand.2018 yil
soni
ulushi,%
Samarqand viloyati
280
100,0
Samarqand sh
142
50,7
Kattaqo‘rg‘on sh
8
2,9
tumanlar:
Oqdaryo
7
2,5
Bulung‘ur
7
2,5
Jomboy
24
8,6
Ishtixon
3
1,1
Kattaqo‘rg‘on
2
0,7
Qo‘shrabot
1
0,4
Narpay
4
1,4
Payariq
2
0,7
Pastdarg‘om
12
4,3
Paxtachi
3
1,1
Samarqand
14
5,0
Nurobod
5
1,8
Urgut
36
12,9
Tayloq
10
3,6
13
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Samarqand
shahri (142 ta yoki 50,7 foizi), Kattaqo‘rg‘on shahrida (8 ta 3,0 foizi), Urgut
tumanida (36 ta 13,0 foizi), Jomboy (24 ta 8,6 foizi), Samarqand (14 ta 5,0 foizi),
Pastdarg‘om (12 ta 4,3 foizi), Tayloq (10 ta 3,6 foizi), Oqdaryo tumani (7 ta 2,5
foizi), Bulung‘ur tumani (7 ta 2,5 foizi), hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy
kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Qo‘shrabot tumani (1 ta 0,4 foizi),
Kattaqo‘rg‘on (2 ta 0,7 foizi), Payariq (2 ta 0,7 foizi), Ishtixon 3 ta (0,7 foiz),
Paxtachi (3 ta 1,1 foizi), Narpay (4 ta 1,4 foizi), Nurobod tumani (5 ta 1,8 foizi)
hissalariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan
ishlashni, investitsyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni
yanada rivojlantirishni talab etadi.
Kam xarajat xisobiga yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes
kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat
ko’rsatish sohasida va uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini
o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekani kichik biznesni rivojlantirishning
ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal
rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat
ko’rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport saloxiyatini
oshirish masalalari bilan chambarchas boglikdir.
Shu bilan bir qatorda, kichik korxonalardan foydalanish miqyoslarining
kengayishi ko’p mikdordagi kapital ko’yilmalarining amalga oshirilishini talab
etmaydi, ularni tashkil etish xarajatlari tez qoplanadi. Mahsulot birligi qiymatiga
to’g’ri keladigan ustama xarajatlar (boshqaruv xarajatlari) yirik korxonalarga
qaraganda ancha past. Bularning barchasi xalq xo’jaligi miqyosida sezilarli
tejamkorlikka olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatan
tejamli bo’lishi, tabiiyki, daromadning ham yuqori bo’lishiga olibkeladi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlari nuqtai nazaridan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa
shakllaridagi faol ishtiroki valyuta tushumlarini ko’paytirishning, turli tashqi
iqtisodiy vazifalarni hal etishning muhim manbaiga aylanishi mumkin.
14
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, kichik biznes mazkur
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirishda katta rol o’ynaydi.
Tadbirkorlik tarkibiga kiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar turli
mamlakatlar qonunchiligi tomonidan turlicha belgilanadi. Xususan, bizning
qonunchiligimizda kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagicha belgilangan:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha
yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va boshqa
noishlab chiqarish tarmoklaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni
ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish
tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh
kishi bo’lgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
- yengil va oziq – ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik,
yog’ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan
xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa
sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik
soni ko’pi bilan ellik kishi;
- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari
(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa
noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni
ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan kichik korxonalar.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish orqali chetga tovarlar va xizmat turini kengaytirish. Buning uchun
esa korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilash quyidagi chora-tadbirlar
hisobidan amalga oshirilmoqda:
- mazkur tarmoqlardagi ishlab chiqarish xajmining sezilarli darajada
o’sishini ta’minlash;
15
- korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish;
- zamonaviy, ilg’or va yuksak texnologik uskunalar bilan jixozlangan
korxonalar tashkil etish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini muntazam yangilab borish.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosan tarmoq vazirlik va
idoralari, ulardagi yetakchi korxona va birlashmalar hamda mamlakatimizdagi
iqtisodiy islohotlarning o’tkazilishi va samaradorligini ta’minlashga mutasaddi
davlat, nodavlat va boshqa tashkilotlarning birgalikdagi say-harakatlari taqozo
etiladi. Shu bilan birga, fikrimizcha, ushbu jarayonlarni amalga oshirishda kichik
biznes korxonalari imkoniyatlaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki Respublikamizning iqdtisodiy tarraqiyoti
iqtisodiy mustaqilligi, xalqning faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat
resurslarin bilan bandlik darajasi kichik biznes na xususiy tadbirkorlikning rivoji
bilan bog’likdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish
darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqdarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat
ham kichik, tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi.
Tadbirkorlikda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar
sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek qishiloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha
natijasi 93,6 foizga yetadi. Savdo aylanmasining to’liq muvofiklashuvi natijasida
bu sohada ko’rsatkich ulushi pasayishi sodir bo’ladi.
Hududlarning yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor
mahsulot ishlab chiqarishga iqtisoslashgan sohalarida o’rni va ulushi yetarli
darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy
natijalarga erishiladi.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan
foydalanish evaziga ta’minlash mumkin.
16
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida nodavlat sektorining
ulushi ortib bormoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tadbirkorlikni rivojlantirishga, keng yo‘l
ochilgan bo‘lib, ularga ko‘pgina imtiyozlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |