Ishlab chiqarish bu – jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar(turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iboratdir. Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, ishlab chiqarish taraqqiyotning barcha bosqichlari uchun zarurdir. Ishlab chiqarish taraqqiy etgani sari undan turli usullar yordamida foydalanish mumkin. Inson o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning turli usullarini qo’llaydi va o’zi uchun eng maqbul variantni tanlaydi. Ishlab chiqarishning usullarini biralshtirgan holatda o’zi uchun ishlab chiqarishning yangi imkoniyatini yaratadi.
Yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyatlari hozirgi kunda yanada yaxshilanmoqda. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hozirgi kundagi asosiy maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hozirda nafaqat iqtisodiyotimizni, balki iste’mol tovarlari bozorlari o’rtasidagi raqobatni rivojlantirmoqda. Har bir tadbirkor o’zining mahsulotini bozorgir qilish, yuqori natijalarga erishish maqsadida mahsulot ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Shu orqali iste’molchilarning talabini qondira oladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalangan tadbirkorlar, biznesmenlarning barchasi o’zlarining ish faoliyatlarini to’g’ri tashkillab olgan va zamonaviy ilg’or texnika-texnologiyalardan unumli foydalanmoqda. Buning natijasida ularning ishlab chiqargan mahsulotlarining sifati jahon standartlari darajasiga yetdi va yangi zamonaviy texnika yordamida mahsulot ishlab chiqarishdagi xarajatlari kamaydi.
Ishlab chiqarishning imkoniyatlarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish samaradorligiga erishamiz. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashimizda ishlab chiqarish xo’jaligi faoliyatining yakuniy natijasi va ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun ketgan resurslar bilan taqqoslashimiz kerak.
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.
Shunga qaramasdan ba’zi ilg’or tadbirkorlar o’zlarining texnika-texnologiyalarini zamonaviylashtirib, IT texnologiyalari yordamida boshqarmoqda. Ishlab chiqargan mahsulotlarini esa online bozorlarda sotishmoqda. Koronavirus global pandemiyasi sababli iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ulkan o’garishlar sodir bo’ldi. Bunga misol qilib, ishlab chiqarishni raqamli texnologiya yordamida boshqarishni olishimiz mumkin. IT texnologiyalar yordamida masofadan turib ishlab chiqarishni boshqarish mumkin.
Shu sababli har bir ishlab chiqarish ob’ektlari o’zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshirmog’i kerak.