61
Ekonometrik modelda
Y
– asosiy endogen ko‘rsatkich, modelda
Y
o‘zgarish qonuniyatlarini
n
x
x
x
,...,
,
2
1
yordamida o‘rganish mumkin.
n
x
x
x
,...,
,
2
1
– ta’sir etuvchi, ekzogen ko‘rsatkichlar.
Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko‘rinishda tuzilishi mumkin:
Chiziqsiz modellar parabola,
giperbola, darajali funksiya, ko‘rsatkichli
funksiya, trigonometrik funksiya va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ayrim belgilar boshqa belgilarga ta’sir qilib, ularning o‘zgarishiga sababchi
bo‘ladi, ya’ni ular erkin o‘zgaruvchan, boshqalari esa ularga qaramdir. Shu
jixatdan belgilar ikki xilga bo‘linadi. Boshqa belgilarning o‘zgarishiga sababchi
bo‘ladigan belgi omil belgi deyiladi. Boshqa belgilarning ta’siri ostida
o‘zgaradigan belgi esa natijaviy belgi deb ataladi.
Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning
tavsifiga qarab, bog‘lanishlar ikki turga
bo‘linadi: funksional bog‘lanish va korrelyatsion.
Funksional bog‘lanish – bunda omil belgilarining har bir qiymatiga natijaviy
belgining bitta yoki bir necha aniq qiymati mos kelishi tushuniladi.
Omillarning xar bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaviy
belgining aniq qiymatlari emas, balki xar xil qiymatlari
mos keladigan boglanish
korrelyatsion boglanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion boglanishning
xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to‘liq soni noma’lum
bo‘ladi. Belgilarning soniga qarab, korrelyatsion bog‘liklik ikki ko‘rinishda
bo‘ladi:
- Oddiy korrelyatsiya (juft). Bunda ikki belgi orasidagi bog‘liklik o‘rganilib,
bu belgilardan biri- natijaviy, ikkinchisi esa – omil belgidir.
- Ko‘p omilli korrelyatsiya. Bunda uch, to‘rt juft
va undan ortiq belgilar
o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilib, bu belgilardan biri hamma vaqt – natijaviy,
qolganlari esa – omil belgilardir.
Regression taxlil yordamida iktisodiy xodisalarning kelajak davrlar uchun istikbol
mikdorlarini baxolash va ularning extimol chegaralarini aniklash mumkin.
Regression va korrelyatsion taxlilda boglanishning regressiya tenglamasi
aniklanadi va u ma’lum extimol (ishonch darajasi) bilan baxolanadi, sungra
iktisodiy-statistik taxlil kilinadi.
Regression va korrelyatsion taxlil kuyidagi 4 boskichdan iborat bo‘ladi:
1)
masala qo‘yilishi va dastlabki taxlil;
2)
ma’lumotlarni to‘plash va ularni o‘rganib chiqish;
3)
bog‘lanish shakli va regressiya tenglamasini aniqlash;
4)
regressiya tenglamasini baholash va taxlil qilish.
Yo‘nalishlarning o‘zgarishiga qarab, (Boglanishlar
analitik ifodalarining
ko‘rinishlariga qarab to‘gri chiziqli (yoki umuman chiziqli) va egri chiziqli (yoki
chiziqsiz) boglanishlarga bo‘linadi:
To‘gri chiziqli boglanishni ifodalaydigan regressiya (Natijaviy belgining
o‘rtacha darajasi (
у
х
) bilan omil belgi (X) o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishni)
62
ifodalaydigan regressiyaning chiziqli tenglamasi tenglamasini quyidagicha yozish
mumkin:
x
Y
=
a
0
+ a
1
x x-omil belgi qiymati
x
Y
- natijaviy belgi qiymati
Bu yerda:a
0
–ozod xad;a
1
–regressiya (tenglamasining koeffitsiyenti). a
0
va a
1
larni tenglama parametrlari xam deyishadi. Bu parameterlarni aniqlash uchun,
kichik kvadratlar
usulidan foydalanish, quyidagi tenglamalar tizimini yechish
zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: