O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
IQTISODIYOT VA SERVIS KAFEDRASI
MIKROIQTISODIYOT FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Bajardi: ____________________
Qabul qildi: ____________________
Farg‘ona - ______
MUNDARIJA:
Kirish……………………….………………..……….………………….……….4
I BOB. Aksiyadorlik hamda yuridik shaxs tushunchasi va belgilari………..6
Tashkiliy birlik yani aksiyadorlik jamiyati…………………………………..8
1.2. Xususiy korxonalar – yuridik shaxs sifatida ……………..…………………17
II BOB. Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati aksiyadorlik timsolida………………………………………………….…………...................21 2.1. Yuridik shaxslarning turlari va aksiyadorlik………………………….……..25
2.2. Fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar…………………………………………………………….33
Xulosa va takliflar….…………………...………………………………….……..36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………….………………………………........38
Kirish Kurs ishi mavzusi dolzarbligi. Aksiyadorlik jamiyatlarining huquqiy maqomi Fukarolik kodeksining, 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z majburiyatlari Yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari Yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar va uning faoliyati bilan bogliq ziyonlarni o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to‘laydilar. Aksiyalar haqining hammasini to‘lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari Yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari Yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning gayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik Yuklatilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar. taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari xo‘jalik Yurituvchi sub’ektlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. G‘arb mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlari yirik ishlab chiqarishni tashkil etishda etakchi o‘rinni egallaydi. Professor E.Suxanovni guvohlik berishicha aksiyadorlik jamiyatlari hozirgi zamonda Rossiyada tadbirkorlik faoliyatning asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Biroq Rossiya qonunchiligida aksiyadorlik jamiyatlari huquqiy maqomi ziddiyatli holatda o‘z ifodasini topadi. Agar Rossiya fuqarolik kodeksida aksiyadorlik jamiyatlarining german modeli mujassamlashtirilgan bo‘lsa, Rossiyaning aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunida aralash (amerika-german) modeli o‘z ifodasini topgan.