bet 62/62 Sana 21.01.2022 Hajmi 451,19 Kb. #397640
Bog'liq
1-kitob. FONETIKA ORFOGRAFIYA LEKSIKOLOGIYA
§ Tasviriy ifoda (PARAFRAZA)
Narsa-buyumning
nomini aniq atamay , uni tasvirlab anglatadigan
so‘z birikmasi tasviriy ifoda deyiladi.
Tasviriy ifoda nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Tasviriy ifodalar, asosan, ot so‘z turkumi ga oid so‘zlardan tashkil topadi.
AYRIM PARAFRAZALAR RO‘YXATI
Afg‘onchi – baynalmilal
jangchi
Afsonaviy qush – semurg‘
Archa – o‘rmon
malikasi
Angren – ko‘mir koni
Aqlli mashina – kompyuter
Aloqa vositasi – til
Asr vabosi –
OITS va giyohvandlik
Baraka urug‘i – bug‘doy (chigit)
Bekobod – metallurglar shahri
Boychechak – bahor darakchisi
Bokschi – charm qo‘lqop ustasi
Bahor – fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli
Bahor elchilari – qaldirg‘ochlar
Barcha hunarlarning toji – ilm
Barcha yomonliklar kaliti – aroq
Baxt qushi – Humo
Baxt va shodlik kuychisi – Hamid
Olimjon
Bilim bulog‘i – kitob
Bunker – po‘lat etak
Tuya – sahro kemasi
Tangri so‘zi – Qur’oni karim
Televizor – zangori ekran, oynayi jahon
Vrachlar – salomatlik posbonlari
Xorazm – oltin voha
G‘azal mulkining sultoni –
Alisher Navoiy
Yaylov bahodirlari – cho‘ponlar
Davlat bolalari – yetimlar
Davlat ustunlari – rahbarlar
Dengiz hokimi – kit
Ekinning qoni – suv
Futbol qiroli – Pele
Farg‘ona – yashil vodiy
Farzandim – ko‘zimning nuri, qalbim quyoshi
Fazogirlar – samo lochinlari
Gaz – zangori olov
Haqiqat qo‘rg‘oni – sud organi
Hayot ko‘zgusi – gazeta
Hayotning birinchi bobi – ona
Ipak, pilla – kumush tola
Insonning do‘sti – it
Ishq kuychisi – Mashrab
Kitob – bilim manbayi
Konstitutsiya – hayotimiz qomusi
Ko‘mir, neft – qora oltin
Ko‘kning fonusi – oy
Kunchiqar mamlakat – Yaponiya
Makkajo‘xori – dala malikasi
Maktab – ziyo maskani
Mehnat – peshona teri
Mavjudot sultoni – odam
Mehr bulog‘i – ona suti
Non shahri – Toshkent
Olmaliq – kimyogarlar shahri
Oltin boshoq – bug‘doy
Oq chashma – sut
Oq oltin tog‘lari – paxta uyumlari
Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir
Paxta terish mashinasi – zangori kema
Paxta – oq oltin
Payg‘ambar yoshi – insonning 63 yoshi
Pomir – dunyo tomi
Prezident – xalq oqsoqoli
Qushlar – qanotli do‘stlar
Qalam haqi – gonorar
Qo‘shiqlar mamlakati – Hindiston
Rassomlar – mo‘yqalam
sohiblari
Shaxmat, matematika – aql gimnastikasi
Sher – hayvonlar podshohi
Traktor – dehqonning qanoti, po‘lat ot
Yashil qit’a - Avstraliya
Yerning yopinchig‘i - osmon
Yetti xazinaning biri - parrandachilik
Zangori kema – paxta terish mashinasi
Zangori shu’la – elektr nuri
Zarshunoslar - pillakorlar
Cho‘l balig‘i - kaltakesak
EVFEMIZM. Qo‘pol, beodob, noqulay so‘z va so‘z birikmalarini so‘zlashuv tiliga xos qulay so‘z birikmalari
bilan almashtirish evfemizm deyiladi:
o‘ldi (qo‘pol so‘z) –
vafot etdi (evfemizm),
bo‘g‘oz (qo‘pol so‘z) –
homilador (evfemizm),
xotin (qo‘pol so‘z) –
onasi (evfemizm)
TABU. Man etilgan, aynan aytilmaydigan so‘zlardir:
gul – chechak, qizamiq; biy – qoraqurt, siyqabosh – kal
IDIOMA. O‘z asl ma’nosidan uzoqlashgan so‘z yoki so‘z birikmasidir:
Sen so‘ramasang, men so‘raymi, he latta . Majlisda uni rosa terlatishdi .
Idiomalarni alohida olganda ham o‘z ko‘chma ma’nolarini saqlayveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: