Materiallarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Ma’ruza materiallari muallif tomonidan olib borilgan ishning mohiyati, mazmuni va natijalari to‘g‘risida aniq tasavvur berishi kerak. Maqolada berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga muallifning o‘zi mas’uldir.
Bitta odam ikki martadan ortiq muallif yoki hammuallif bo‘lishi mumkin emas.
Matn Word 97-2003 matn tahrirlovchisida Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, bir yarim (1,5) satr oralig‘ida, sahifaning kengligiga to‘g‘ri kelishi kerak. Formulalar Microsoft equation 3.0 muharririda yozilishi kerak. Jadvallar, diagrammalar, rasmlar nomlanishi va raqamlanishi kerak. Sahifa parametrlari: barcha chekkalari - 2 mm. Materiallar hajmi 3 dan 5 betgacha.
Maqolani rasmiylashtirish namunasi
UDK.......
TA’LIM – TARBIYA JARAYONIDA NUTQ VA MULOQOT MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MASALALARI
(1 interval)
Raxmatov Shavkat Ne’matovich
shavkat-raxmatov@mail.ru
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti,
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi
(1 interval)
Maqola matni
(1 interval)
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. – T.: “Universitet”, 2016.- 96 b.
2. David G.Myers. Psychology. – Michigan USA: “Worth Publishers”, 2011. – p. 280
|
Izohlar va manbalarga havolalar matn oxiridagi adabiyotlar tartibiga mos holda matn ichida [1], [2] ko‘rinishida yoziladi. Matn stilistik va texnik jihatdan tahrir qilinishi kerak.
Ishtirok etish shartlari:
Konferensiyada ishtirok etishni istaganlar materiallarni 2022-yil 15-aprelgacha tegishli bo‘limning telegram raqamiga yuborishlari kerak:
- maqola matni rasmiylashtirish talablariga javob berishi shart.
- qatnashchilar konferensiyada qatnashish to‘g‘risida ariza taqdim etadilar.
Yuqoridagi shartlardan biriga javob bermagan materiallar nashrga qabul qilinmaydi.
Maqolaning har bir sahifasi o‘n ming (10000) so‘m. To‘lov elektron shaklda amalga oshiriladi va quyidagi karta raqamiga (8600332922942473) o‘tkazib tolov qog‘ozi (skrinshot) tegishli telegram raqamiga yuborilishi zarur. To‘plangan mablag‘lar konferensiyani tashkil etish va tegishli tartibda ISBN olish uchun sarflanadi.
Konferensiya so‘ngida ISBN belgilangan holda elektron to‘plam chiqariladi, shuningdek, konferensiyaga qatnashganlik to‘g‘risidagi sertifikat ham elektron shaklda taqdim etiladi. Konferensiya materiallari universitet web-saytida e’lon qilinadi. (https://tsuull.uz)
Belgilangan muddatdan keyin tashkiliy qo‘mitaga kelib tushgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi, ma’ruzalar materiallari nashr etilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita konferensiya uchun ma’ruzalarni tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Qabul qilingan materiallar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularning xulosasiga ko‘ra taqdim etilgan materiallar nashr uchun konferensiya to‘plamiga kiritiladi. Ekspertizadan o‘tmagan materiallar mualliflarga qaytarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |