Idrok
tushunchasining yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi.
Appertseptsiya
- idrok
jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi,
ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
94
David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers 279-280-b.
Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan
muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi,
pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar
hamda aks ettiradilar.
Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida,
matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-
urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib
tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy
turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi.
Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali
qurollardan foydalanishdir. Ikki ko‘rsatkich barmoqlaringizni ko‘zlaringizdan chamasi besh
duyum masafoda tuting va barmoqlaringiz orasi yarim duyum bo‘lsin. Shu holatda
barmoqlaringizga qarang va natijaga e’tibor bering. Endi barmoqlaringizni uzoqroqqa
siljiting. Bizning ko‘z qorachig‘larimiz biroz turlicha tasvirda ko‘radilar. Miya bu ikki
tasvirnisolishtirsa, ularni orasidagi farq ularning tushunarsiz tengsizligini bildiradi.
48-rasm
Misol uchun, barmog‘ingiz bilan
buruningizni
ushlab
barmog‘ingizga
qarasanggiz,
tushunar-siz tasvir paydo bo‘ladi.
3D ijodkorlari bir necha duyum masofada turgan kameradan tengsiz tasvirlarni tasvirga
olishdi. Tasvirni biz maxsus ko‘zoynak orqali ko‘rganimizda chap ko‘zimiz chap kamerada
olingan tasvirlarni ko‘radi, o‘ng ko‘zimiz esa o‘ng kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi. Tasvir
ularni normal holatda ko‘rsatadi. Yoki ikkala kamera bilan samolyotda er xaritasini 3D orqali
rasmga olganda u tasvir ham bir xil holatda bo‘ladi. Qanday qilib biz odamning 10 metr yoki
100 metr uzoqlikda turganligini aniqlay olamiz. Kampusning zinalari qoraga bo‘yalsa uzoqroq
ko‘rinadi, aksincha oq rang bilan bo‘yalsa u ancha yaqinroq bo‘lib ko‘rinadi (13-rasm).
Tasvirni pastga teskariga o‘zgartirsak qora ranglar erga aylanadi. Agar o‘lchamni biz ikkita bir
xil o‘lchamdagi ob’ekt deb solishtirsak, ko‘plab odamlar uzoqda turgan ob’ektni kichkinaroq
deb idrok qilishadi. Tasvir boshqa ob’ektlar orasida bo‘lsa ya’ni biz ko‘rayotgan tasvir boshqa
biron tasvir bilan to‘sib (bloklab) qo‘yilsa u bizga ancha yaqin ko‘rinadi va biz uni shunday
idrok qilamiz. Bu holat ushbu rasmdagi manzarani yaratadi.
95
49-rasm
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga
bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning
sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik)
hodisasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |