ya’ni, Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish
davrida falsafa san’at (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi.
Yangi davr deb
nomlanuvchi XVII–XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi,
natijada, falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin
oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va ratsionallik inqirozi
irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyonetdi, XX asrning birinchi yarmida
ular «noklassik falsafa» tahlilining
asosiy predmetiga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar
mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uyg‘onishiga olib keldi. XX
asrning so‘nggi o‘n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot
texnologiyalarining, shuningdek, ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur’atlarda
rivojlanishi bilan belgilangan muammolarni kun tartibiga qo‘ygan
postnoklassik falsafa
shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma’nolar va
g‘oyalar «aytib bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson o‘ziga yog‘ilayotgan axborotga
ishlov berishga qodir emasligiga e’tiborni qaratar ekan, notizimlilik,Evropa an’anaviy-falsafiy
bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX–XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‘ringa chiqqan va eng
muhim mavzular qatoridan o‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini
va ularning rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi
vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi
va davrimizning olamshumul
muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy echimini topish bu muammolarni
shu jumladan, falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida
e’tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng
muhim muammolar qatoriga
ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari,
qashshoqlikka
chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan,
muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob’ektiv sabablar
to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan
majmui tarzida birinchi
o‘ringa chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: