darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon
qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini
o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»
.
Zotan
ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador
shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. Chunonchi, bugungi
yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar,
qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan
foydalanadilar, elektron cholg‘u
asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni
ko‘plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan
go‘zallik ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq.
Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar
peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at
namunalari, binolar ichining
yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining
estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi
bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish
tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy
hamkorlikda ish olib boradi.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga
oshiriladigan maqsadli
faoliyat. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy
hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham
jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga
aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi.
SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak
samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan
o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib
qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin –
san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini
sevgan odamlar uni ijod
darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik
mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham
muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson
qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki
ijodidagi
Энгельгарт В.А.
Познание явлений жизни. М., 1984. С.276.
mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli,
«ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini
ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat
texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon
go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining
estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU.
Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat
sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy
jihatiga aloqador»
. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik
quvvatining mehnat
jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni
his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy
ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat
jarayonini
jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun
inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha,
gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim;
bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima
uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniy-moddiy mehnat
jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz.
Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq.
Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi
spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida
tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng
tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga
tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga
ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu
«o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat
sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam
emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni,
ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: