“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Вернадский В.И.
Начало и вечность жизни. М., «Советская Россия», 1989. С. 185.


go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat 
hisoblanmish dizaynning roli katta. 
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum yaxshi 
sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap 
shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara 
bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik, 
mustahkamlik kabi texnologik mezonlar asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu 
nafaqat insonparvarlik, balki texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. Shu bois 
texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi, 
ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning 
mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi. Bu – mehnatning estetik tabiat kasb etishi va 
insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish 
mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki ehtiyoj darajasida tushunishga olib keldi; texnikani 
insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham 
o‘z ichiga oladigan bo‘ldi. 
Dizaynning zaruriyatga aylanishi nafaqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki 
ommaviy ishlab chiqarish va umummadaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday 
sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni 
rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. Ya’ni, xaridor o‘z 
didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga 
emas, balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi 
uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor 
ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga 
javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning 
xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
Shuni unutmaslik lozimki, har qanday konstruksiyachi-injener dizayner bo‘lolmaydi. 
Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab uning motoridan tortib
kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir-biri bilan 
bog‘lab yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z hayotiga» ega 
bo‘ladi. YA’ni, mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya qilinganida) muayyan 
detallarni so‘nggi loyiha asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi-
injener esa, mashinani go‘zallik va ulug‘vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga muayyan 
yaxlitlik tarzida tasavvur qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod 
sifatida namoyon etadi. Shunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni 
yaratadi, ya’ni birinchi mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi 


tufayli zamonaviy xaridor talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-
istamaymizmi, estetik ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega 
bo‘ladi. Zotan, eslaylik, SHiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning 
muayyan qismigagina ta’sir ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas. Unda ham 
san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday uyg‘unlikka 
birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga keladi. 
Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol 
ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan» darajada go‘zallashib, 
noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. YOki o‘zimizdagi 
«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor 
qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan 
keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot 
uyg‘otadi, asosiy chiroqlari (faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga 
o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib 
turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati 
nihoyatda muvaffaqiyatli moslashtirilgan: «Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», 
go‘zal, SHarqda ishlangan, sharqona mashina. 
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib, 
o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir 
qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi 
bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan. Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, 
ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, 
manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. 
Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi 
mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, 
deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos 
ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, 
kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab yoki yuz minglab ashyolarga 
zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy dunyosi singdiriladi. 
Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir xillik avvalgisidan 
boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana shu yangilik rang-
baranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan 
tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida olib qaraydi va 
ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir qo‘lning» 


mehnati. Dizaynda esa, ashyolar «turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning – 
dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli, 
hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. 
SHunga qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er yuzida tobora ko‘payib borayotgan 
inson zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma’naviy talablarini 
qondirishi bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa, dizayn nazariyasi sifatida 
estetikaning o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin 
qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida 
yana boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha 
kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy 
chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik 
faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin 
tabiatni yoki sportni estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika 
sohasi deyish ham qiyin. Chunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar 
namoyon bo‘ladigan voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham 
ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik 
madaniyat singari fanning «katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz. Ana shunday har xilliklar 
ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi62. Ulardan qutulish 
maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi – san’at 
estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik 
nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika 
estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni 
nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha 
nazardan o‘tkazamiz.
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni 
tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. 
Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini 
bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-
oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar. 
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning 
deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) 
o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi 
62
Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421.


paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, 
landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. 
Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, 
hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam 
ravishda buzib kelmoqdamiz. Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda «Ona-
tabiat» deb ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat 
qo‘ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida 
chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, 
mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo 
yakshanba kuni tabiat qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, 
ona-tabiat bizni davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan 
so‘ng yana hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? 
CHunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki 
yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun 
«falonchining tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan 
bexabarligimiz tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. 
Zero, tabiat olami kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – 
sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, 
uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya 
tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika 
yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligi orqali erishish mumkin. CHunki estetika insonga 
tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni 
faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil 
qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin 
faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, 
namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. 
Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, 
«biz uchun ham» deb tushunishimiz lozim. 
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi 
qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati 
mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.63 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u 
ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr 
tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq 
yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash 
63
Кант И.
Сочинения в 6 т. Т

5. М., «Мысль», 1966. С.314.


haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga 
chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik 
qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani 
tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok 
eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng 
boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik qadriyat sifatida 
ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o‘zining g‘oyaviy-badiiyligi, 
abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik 
sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat 
faqat go‘zallik va ulug‘vorlikni ifodalaydi, g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga 
san’atdagidek kuchli ta’sir ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks 
ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom 
bo‘yog‘i bosa olmaydi, ranglarning barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri 
bilan nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. 
Rassom bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan” qisminigina, «tanlangan» 
ranglarnigina ko‘rsatishi mumkin. YOki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi 
Jalilning dutorda ijro etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir-ikki, boringki, o‘n-o‘n besh marta 
eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq uni har kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik 
buyuk san’at asari bo‘lmasin, joningizga tegadi. Jonli to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar 
davomida har kuni eshitsangiz ham, har gal zavq olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham 
nosan’at, ham san’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali 
o‘rganish maqsadga muvofiq. 
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida 
o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni «o‘rganish», «tushunish» barcha san’at 
turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – romangacha, she’rdan – dostongacha 
tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt 
fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga 
kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, 
rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq kuyi «CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, 
Betxovenning «Oydin sonati»sida inson qalbi evrilishlarining, xayolga cho‘mgan quvonchning 
ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, 
haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy 
asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.


Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga tiqib 
qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz. 
U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan, muhimlardan 
muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan. 
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha olisdan 
o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi 
ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi sifatida olib qarasa, texnika 
estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani – texnikaviy muhitni 
muntazam «insoniylashtirib» borish muammolarini o‘rganadi. 
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy 
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb 
atalsa-da, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga 
ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. SHu 
o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: «YAratilgan yaratganiga 
o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini 
istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson 
ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga 
qarab o‘zgarib boradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson 
tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. CHunki tafakkur, vujud va 
axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur 
tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa, 
o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, 
odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. CHunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy 
jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur 
energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib u moddiy jarayonlarni 
o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas»64. Nima bo‘lganda ham, 
tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu 
ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, 
go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat 
hisoblanmish dizaynning roli katta. 
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum yaxshi 
sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap 
shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara 
64

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish