Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


-bob: O’zbekistonda mehnat munosabatlari va tartibga solish



Download 1,26 Mb.
bet5/7
Sana06.06.2023
Hajmi1,26 Mb.
#949184
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Salimova Muxabbat S19

2-bob: O’zbekistonda mehnat munosabatlari va tartibga solish.
2.1 O’zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solinishi.
O’zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlari asosiy Mehnat kodeksi yordamida tartibga solinadi.
Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. OʻzR Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1995 yil 21 dek.da qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.
Mehnat kodeksining asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
Mehnat kodeksi 58-modda:,,Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari’’ da davlat ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni, maqul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni, har kimga kasbga va ishga ega bo’lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart- sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog’onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni, yangi kasbg (mutaxasislikka) bepul o’qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo’llanmasi bilan boshqa o’quv yurtlarida stipendiya to’lab malakasini oshirishni, boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompentatsiya to’lashni, haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to’grisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo’yiladi.
2020-yil 7- sentabrda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandiAmaldagi Mehnat kodeksi 23 yil oldin kuchga kirgan edi va vaqtinchalik dastur sifatida ko‘rilayotgan edi. Parlament quyi palatasining yig‘ilishida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, ish bilan ta’minlash, individual mehnat munosabatlari, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqish kabi qoidalar kiritilishi kutilmoqda.
4 sentyabr kuni parlament quyi palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi» qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi, deya xabar berdi Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati. Unga ko‘ra, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandi.
«Amaldagi Mehnat kodeksi zamonaviy voqelikka mos kelmasligi va fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olmasligi, ish beruvchilarni, xususan, qo‘shimcha odamlarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan moslashuvchan ish rejimlaridan keng foydalanish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratmasligi, bugungi kunda mahsulot, tovarlar va xizmatlar uchun mavsumiy talabning oshib borishi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini qabul qilish zaruratini tug‘dirmoqda», — deyiladi qonunchilik palatasi xabarida.
So‘nggi yillarda ish bilan band bo‘lganlar soni 1,5 barobarga (8,8 mlndan 13,5 mln gacha), ish beruvchilar soni 4,5 barobarga (203,2 mingdan 928,9 minggacha) oshdi. Bu esa ish beruvchi va xodimlarning o‘zaro munosabatlari faol rivojlanish talablarini hisobga olgan holda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirib borishni talab etadi.
Qonun loyihasining mualliflarining ta’kidlashicha kodeksning yangi tahririga quyidagi qoidalar kiritiladi:
- ish bilan ta’minlash;
- individual mehnat munosabatlari;
- ishchilarni kasbga tayyorlash;
- qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ma’lum bir toifadagi ishchilar mehnatiga buyurtma berish xususiyatlari;
- ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish;
- mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqish.
Mehnat kodeksining yangi tahriri bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanatini ta’minlash, ularni ijtimoiy hamkorlikka jalb qilish, tomonlarning mehnatning natijadorligiga qiziqishini rag‘batlantirish, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat qonunchiligini tatbiq qilishi ko‘zda tutilmoqda.
«Yangi tahrirdagi Kodeks loyihasi xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi yakka tartibdagi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Unda ish beruvchi sub’ektlar sifatida mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar tashkilotlar, yollash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning alohida tarkibiy bo‘linmalari hamda jismoniy shaxslar belgilanmoqda. Mazkur qoidaning belgilanishi ishchi o‘rinlarining ko‘payishiga, norasmiy sektorda faoliyat olib boruvchi shaxslarning qisqarishiga hamda ularning huquqlari doimiy ravishda himoya qilinishiga olib keladi. Shu bilan birga, hujjatda mehnat shartnomasini tuzish bilan bog‘liq ayrim munosabatlar takomillashtirilmoqda», ― deydi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev.
Amaldagi Mehnat kodeksi 294 moddadan iborat bo‘lib, 1995 yili 12 dekabrda qabul qilingan. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan. Loyihaning ishlab chiqilishi qator sabablar bilan izohlanadi: birinchidan, amaldagi Mehnat kodeksi 1995 yilda ishlab chiqilgan va quyidagi kamchiliklarga ega: mehnat va jamoat munosabatlarini huquqiy tartibga solish doirasining aniq ta’rifi yoʻqligi; xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini taminlamaydigan, ularning tashabbusiga toʻsqinlik qiladigan, bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olmaydigan qoidalar mavjudligi; juda koʻp malumotnomalar, koʻpincha manzilsiz havolalardan asossiz foydalanish; ishchilarning ayrim toifalari (uyda ishlovchilar, jismoniy shaxslarda mehnat faoliyati bilan shugʻullanadigan ishchilar, shuningdek хususiy tadbirkorlarda ishlaydigan ishchilar, kollegial ijro etuvchi organlari azolari, oʻrindoshlar, mavsumiy ishchilar, masofaviy ishchilar) mehnatini tartibga solish xususiyatlariga etarlicha e’tibor bermaslik; fuqarolik, oilaviy va boshqa bir qator huquq sohalarida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan qoidalarning mavjudligi; mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazorati masalalariga, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonun hujjatlari me’yorlarini hisobga olgan holda tegishli e’tiborning yetishmasligi;
Mehnat kodeksining ayrim qoidalarining xalqaro huquq me’yorlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan bazi xalqaro shartnomalarga mos kelmasligi. Ikkinchidan, amaldagi Mehnat kodeksi 2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida, ayniqsa, tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, ish bilan taminlashning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, kasb-hunarga oʻqitish tizimlarini joriy etish, mehnat munosabatlarini tartibga solishning yangi vositalarini aks ettirmaydi, shuningdek mehnat munosabatlari sohasidagi zamonaviy AKTni joriy qilish koʻzda tutmaydi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ikki qismdan, 34 bobdan va 621 moddadan iborat (amaldagi MKda - 294 modda). Umumiy qism barcha mehnat qonunchiligi institutlari uchun muhim boʻlgan asosiy jihatlarni birlashtirgan. MKning alohida qismi mehnat qonunchiligining ayrim institutlariga bagʻishlangan:
- individual mehnat munosabatlari;
- xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ayrim toifadagi ishchilarning mehnatini tartibga solish xususiyatlari;
- ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish;
- mehnat nizolarini koʻrib chiqish.
"Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida"gi va "Aholini ish bilan taminlash toʻgʻrisida"gi qonunlarning qabul qilinganligini hisobga olgan holda, MKga "bandlik" boʻlimi kiritilgan boʻlib, unda amaldagi qonunchilik me’yorlarini takrorlamasdan, asosiy e’tibor ish beruvchining huquq va majburiyatlari, bandlik sohasida asosiy kafolatlarga qaratiladi.
Mehnat Kodeksining alohida boʻlimi individual mehnat munosabatlariga bagʻishlangan: mehnat shartnomasi, ish vaqti, dam olish vaqti, ish haqi va mehnat me’yori, kafolat va kompensasiya toʻlovlari, mehnat intizomi, mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi, mehnatni muhofaza qilish.
Mehnat kodeksining yangi tahririda ijtimoiy va huquqiy himoyani kuchaytirishga muhtoj ishchilarning ayrim toifalari - ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shugʻullanadigan shaxslar, 18 yoshga toʻlmagan ishchilar, nogironlar, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari aks etgan.
Мehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo'lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisoblash zarur. Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko'rib chiqaylik. Ishchi kuchiga talabni oshirish usuli.Ishchi kuchiga bo'lgan talabni oshirishni rag'batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta'minlashga hamda mazkur hudud uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qayta qilish hamda servis xizmati ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan'anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektorda ishdan vaqtincha bo'shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta'mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar — sarmoyalar hajmini ko'paytirishni rag'batlantirish mazkur uslubni qo'llanishning asosiy yo'nalishlaridir. Ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. Ishchi kuchlariga bo'lgan taklifni kamaytirishga, shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishini rag'batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lganlar o'rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta'sir etish mumkin. Respublikamiza «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim dasturlarini kengaytirish va o'qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o'quv yurtlarida kunduzgi ta'lim olinadigan o'qóâ o'rinlarini ko'paytirish va kechki hamda sirtqi o'quvdagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlarga stipendiyalar miqdorini oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to'lanadigan nafaqalar va beriladigan ta'til muddatini ko'paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi. Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va o’xshash bo’lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o’rganishda muntazamlikni, bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni qayta qurish va shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida aholini ish bilan bandligi sohasidagi institusional tuzilmalar faoliyatlarini jadallashtirish va normativ-huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi. 1-rasm. Qishloq mehnat bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligi va uning ijtimoyi-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri [1.b.42] Innovatsion rivojlanish sharoitida davlat ish bilan bandlik siyosati viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo‘yicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yo‘naltirilishi zarur. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholini ish bilan bandligi va ishsizligi bir-biriga tez almashinishi mumkin. Viloyatda aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni bartaraf etishda qishloq mehnat bozorining ahamiyati kattadir. Chunki viloyatda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifi aynan mehnat bozorida o‘zaro to‘qnashadi. Shu bois, bu ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani samarali rivojlantirish viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri hisoblanadi O’zbekiston Respublikasida doimiy aholi soni (yil boshiga)

Yillar

Jami aholi
ming kishi

Ayollar

Erkaklar

Shahar aholisi

Qishloq aholisi

Ayollar

Erkaklar

Ayollar

Erkaklar

2011

29123,4

14555,0

14568,4

7487,3

7410,1

7067,7

7158,3

2012

29555,4

14762,9

14792,5

7603,0

7540,2

7159,9

7252,3

2013

29993,5

14974,8

15018,7

7712,2

7657,9

7262,6

7360,8

2014

30492,8

15215,3

15277,5

7798,2

7757,0

7417,1

7520,5


Bugungi kunda mehnat bozoridagi muammolar quyidagi sabablarga ko’ra kelib chiqmoqda: Malakali kadrlarning taqchilligi. So’nggi 3–4 yilda mehnat bo’limlarida malakali ishchi kuchi oshganligi va oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlanganlik darajasini o’sishi kuzatilmoqda. Lekin, viloyat mehnat bozorida oliy ma’lumotli va malakali kadrlarning taklifi 7–8 %ni, ayrim hollarda 6–7 %ni tashkil qilmoqda. Bizga ma’lumki, mehnat bozorining samarali shaklanishi uchun malakali kadrlar jami ishchi kuchining 20–30 %ini tashkil qilishi zarur. Tarkibiy ishsizlik Iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik va mulkchilik munosabatlarining o’zgarishi tarkibiy ishsizlik miqdorining oshishiga olib kemoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo’lgan malakali kadrlar tarkibi va kasbga tayyorlash va yo’naltirish bo’yicha o’quv yurtlari o’rtasidagi nomuvofiqlik. Ta’lim tizimi va markazlarida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat ko’rsatkichlari bo’lib, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi bo’lishi zarur. 4. Ishsizlik davomiyligining yuqoriligi,bu ko’rsatkich ishsizlik muddatini o’rtacha 6–7 oygacha cho’zmoqda. Buning natijasida, ishlab chiqarishda band bo’lmagan mehnat resurslari salmog’ining oshib borishi bir necha o’n minglab kishilar kun ish vaqtining yo’qolishiga olib kelmoqda. 5. Kadrlar qo’nimsizligining yuqoriligi. Korxonalarda kadrlar qo’nimsizligining yuqori darajada ekanligini asosiy sabablari quyidagilardan iborat: ish haqini korxona faoliyatini yakuniy natijalari bilan bog’lanmaganligi; transport vositalaridagi chipta haqining oshishi; kadrlarning qisqarishi; ish joylarida mehnat sharoitlarining yomonlashuvi; ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqalar. 6. Ish izlovchi fuqarolar uchun bo’sh ish joylariga tanlovlar o’tkazish haqida axborotlar olishning qiyinligi, ish beruvchilarning bo’sh ish joylari haqida axborotlarni sir tutishi. Ko’pchilik ish beruvchilar O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» Qonunning talablariga qaramasdan ish bilan bandlik xizmati organlariga bo’sh ish joylari haqida to’liq axborotni bermaydilar. Ular boshqa imkoniyatlardan foydalanish maqsadida qarindoshlari, o’zining korxonasidagi yaqin tanishlari orqali bo’sh ish o’rinlariga nomzodlarni tanlaydilar. 7. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish doirasidagi muammolar. Bularga: tadbirkorlikning boshlang’ich bosqichida faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag’larining yetishmasligi; xom ashyo-materiallar yetkazish bo’yicha hamda tayyor mahsulot realizasiyasi bo’yicha muammolarning mavjudligi; zarur bilim va maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining chegaralanganligi va boshqalar. Ma’lumki, viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati joylardagi ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Davlat ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo’yicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning o’tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini tarmoqlar va ish bilan bandlik ko’rinishi bo’yicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yo’naltirilishi zarur. Davlat ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka ko’maklashish ikki yo’nalishda, passiv va faol ish bilan bandlik siyosati ko’rinishlarida amalga oshiriladi. Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan bandlik xizmati orqali ishsizlarga nafaqalar to’lash, ishsizlarni kasblarga qayta o’qitish va jamoat ishlarini tashkil etish kabi faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Ish bilan bandlik siyosatining bu varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-nazaridan bir muncha tejamlidir. Biroq, ish bilan bandlikning passiv siyosati iqtisodiyotning yuksalishi davrida mehnat bozorining yuqori egiluvchanligi va ishchi kuchining kasbiy harakatchanligi, iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil ish izlash uchun bir muncha keng shart-sharoitlari mavjud bo’lgandagina o’zini oqlashi mumkin. Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda, o’quv jarayonida zamonaviy o’quv texnologiyalari va usullarini ta’lim dasturiga kiritish va foydalanish, kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi. Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida yangi yo’nalish bo’lib, ish beruvchilarning talablariga muvofiq maqsadli o’qitish va konkret ish o’rinlari bo’yicha alohida kasblarga o’qitish hisoblanadi. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat bozori oqilona shakllanishini asosiy va hal qiluvchi sharti-mehnat resurslari bilan ish joylari o’rtasidagi o’zaro mutanosiblikni ta’minlashdir. Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish