1.3. Mehnat bozorining tarkibiy tashkil etuvchilari. Ishsizlik va uning turlari
Mehnat bozori - bu, qimmatli qog’ozlar, xom-ashyo va resurslar bozori kabi bozorlar bilan bir qatorda mavjud bo’luvchi bozor tuzilmasining tarkibiy qismidir. Umumiy holatda, mehnat bozori deyilganda, bir tomondan - ish beruvchi, ikkinchi tomondan - yollanma xodimlar hamkorlikda bo’luvchi, bozor iqtisodiyotining alohida tizimi tushuniladi. Bu o’zaro hamkorlik (munosabat) natijasida ishchi kuchiga talab va taklif hajmi, nisbati va tuzilmasi shakllanadi.
Mehnat bozorining tarkibiy tashkil etuvchilari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
• Mehnatga talab;
• Mehnat taklifi;
• Ishchi kuchi narxi;
• Ishchi kuchi qiymati;
• Raqobat;
Hozirgi kunda O’zbekistonda tug’ilish va tabiiy o’sishning yuqori koefesientlari saqlanib qolmoqda, an’anaviy ko’p bolali oiladan o’rtacha sonli bolali oilaga o’tishning o’ziga xos demografik jarayoni kechmoqda. Agar 1897 yilda respublika hududida 3,9 million kishi istiqomat qilgan bo’lsa, o’tgan 100 yildan ko’p davr ichida aholi soni 9,3 marta o’sdi. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda 35 milliondan ziyod aholi istiqomat qilmoda.
Aholi sonining o’sishi aholi yashash zichligi o’sib borishi bilan birgalikda kuzatilmoqda. Jumladan, 1940 yilda 1 kv km. ga 14.6 kishi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2022 yilga kelib bu ko’rsatkich 80.2 kishini tashkil etdi, yoki 5,5 marta o’sdi. Aholining ba’zi hududlarda haddan tashqari zich joylashuvi aholini oziq ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi va ish joylari bilan ta’minlashda bir qator murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammolar ekologik vaziyatning yomonlashuvi, kasalliklarning o’sishi bilan yanada chigallashmoqda. Mamlakatimizning aholisi zich joylashgan mintaqalariga mehnat resurslarining 81% i to’g’ri keladi. Aholisi zich joylashgan mintaqalar ishlab chiqarish tarmoqlarining keng rivojlanganligi bilan tavsiflansa, aholi zichligi past bo’lgan mintaqalar uchun ishlab chiqarishning tor ixtisoslashuvi va ekologik muhitning keskin yomonlashuvi xosdir.
Tug’ilish darajasi. 2021 yilning yanvar-iyunida tug’ilganlar soni – 396,8 mingtani tashkil qildi va 2022 yilning shu davriga (432,8 ming kishi) nisbatan 36,0 ming kishiga ko’paydi.
O’lim darajasi. 2022 yilning yanvar-iyunida o’lganlar soni – 118,0 mingtani tashkil qildi va 2021 yilning shu davriga (115,0 ming kishi) nisbatan 3,0 ming kishiga ko’paydi.
Migratsiya. Dastlabki ma‘lumotlarga ko’ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo’yicha ko’chib kelganlar soni 73,1 ming kishini, shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 487,8 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig’i minus 414,7 ming kishini (2021 yilning shu davrida - minus 405,1 ming kishi) tashkil etdi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tish bilan aholining bandlik darajasini bir muncha oshirish imkoniyatlari yaratildi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shu narsadan dalolat bermoqdaki, mehnat munosabatlarida aholining o`zi istagan sohada bandligi yuqori qadrlanadi. Chunki aynan shunday bo`lgandagina inson yuqori samaradorlik va sifat bilan mehnat qiladi. Bozor iqtisodiyoti aholi bandligi muammosini to`la-to`kis hal eta olmaydi, ishsizlik muammosi hamisha saqlanib qoladi. Bu bozor iqtisodiyotining qonunidir.
Mehnatga layoqatli aholini asosan 2 xil toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifaga mehnat bozori orqali yollanib ishlovchilar kirsa, ikkinchi toifaga o`zini-o`zi ish bilan band qila oladigan odamlar - uy xo`jaligida ish bilan band bo`lganlar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi ishbilarmonlar, fermerlar, biznesmenlar, qimmatli qog`ozlar, omonatlardan foyda oluvchilar va boshqalarni kiritish mumkin.
Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlikni quyidagi turlari mavjud:
1) friktsion;
2) tarkibiy;
3) tsiklik;
4) institutsional;
5) texnologik;
6) regional;
7) yashirin;
8) turg’un ishsizlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |