Gippokrat bo`yicha temperament tiplari:
Sariq o’t Qon Balg’am Qora o’t
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xolerik
|
|
Sangvinik
|
|
Flegmatik
|
|
Melanxolik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xolerik temperament (lotincha cholerikus-o`t)-hissiyotning tez va kuchli qo`zg`aluvchanligi, barqaror bo`lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning xissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko`rinib turadi. Xoleriklar qizg`inlik va tajanglikka moyil bo`ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg`ayrat va har doim urunuvchan bo`ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga etkazadigan bo`ladilar. Xolerik temperamentlilar arazchan, serjahl va tajang bo`ladilar. Bir narsadan xafa bo`lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo`ladi. Bunga misol qilib A.Dyumaning «Uch mushketyor» asaridagi Atosni olishimiz mumkin.
Sangvinik temperament (lotincha sanguis-qon)-hissiyotning tez, kuchli qo`zg`aluvchanligi, lekin beqaror bo`lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o`zgarib, bir kayfiyat o`ziga teskari bo`lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog`i mumkin. Sangviniklar juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolg`on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma'ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta'sir (qo`zg`atuvchilar)ni seza olmaydilar, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Hatti-harakati jo`shqin, nutq sur'ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi. Hayolati (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan: tashqi ta'sirlarga hozirjavob va
hokazo. Bu temperament turiga A.Dyumaning «Uch mushketyor» asaridagi D‘Artanyanni misol qilishimiz mumkin.
Melanxolik temperament (grekcha melanhole-qora o`t)- hissiyotning sekin, lekin kuchli qo`zg`aluvchanligi va barqaror bo`lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo`ladilar, lekin
hissiyotlarining tashqi ifodasi zaif bo`ladi. Tortinchoq, g`ayratsiz. Arazchan, xafaxon. Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo`ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay qo`ymaydi. Bunday temperamentlilar mo`min-qobil, yuvosh bo`ladilar, ko`pincha birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darov xafa yoki xursand qilish engil emas. Lekin bir narsadan xafa bo`lsalar bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo`ladi. Qat'iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi. Ular bir ishga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish boshlasalar, bunda chidam va matonat ko`rsatadilar. Bunga A.Dyumaning «Uch mushketyor» asarining Aramis obrazi misol bo`la oladi.
Flegmatik temperament (grekcha phlegma-balg`am)- hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo`zg`alish va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatiklar his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmaydi. Bu xil temperamentli kishilar nihoyat og`ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo`ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat'iyat bilan davom ettiradilar. Flegmatiklar tashabbus ko`rsatishga moyil bo`lmaydilar, lekin ular faoliyati yo`lga qo`yilsa, ancha qunt bilan ish ko`radilar.Bunga A.Dyumaning «Uch mushketyor» asaridagi Portos obrazini misol qilsak bo`ladi.
Har qaysi kishi temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig`dirib» bo`lmaydi, albatta. Tip tushunchasining o`zi faqat bir-birlariga o`xshash bir guruh kishilarnigina o`z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi kishi temperamentida
o`ziga xos individual xususiyatlari bo`ladi, bu
|
xususiyatlarni batamom bir
|
temperament tipiga kiritib bo`lmaydi. Bu xususiyatlar ayni
|
individual
|
xususiyatlardir, ya'ni shu shaxsning o`zigagina
|
xos xususiyatdir.
|
Ko`pchilik
|
kishilarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament
|
alomatlari
|
bilan qo`shilgan bo`lishini ko`ramiz, chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo`lishi, sangvinik temperamentli kishida xolerik va flegmatik temperament alomatlari bo`lishi mumkin va xokazo.
Kishilarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo`lsa, shunga qarab ma'lum bir temperament tipiga kiritish mumkin. Nemis psixiatri E.Krechmer va amerikalik psixolog U.Sheldonlar temperament tashqi ko`rsatkichi badanning jismoniy tuzilishiga, uning ba'zi qismlari o`rtasidagi aloqaga, organizm tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy tuzilmasiga bog`liqdir, degan nazariyalari jahon psixologiyasida ustuvor o`rin egalladi. Ularning fikricha, tana tuzilishi bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir.
E.Krechmer tana tuzilishi bo`yicha odamlarni quyidagi tiplarga ajratgan:
Astenik tana tuzilishi tipi-baland bo`yli, cho`zinchoq yuzli, uzun va ingichka burunli, ingichka tana tuzilishli insonlar bo`lib, ularning elkalari tor, oyoqlari uzun va oriqdir. Astenik tana tuzlishi tipini E.Krechmer shizoid temperamenti bilan ta'riflaydi: yopiq, hissiyotlari o`zgaruvchan, qaysar, ustanovkalar va qarashlarga kam beriluvchan, abstrakt fikrlash xususiyati xos, tashqi muhitga qiyin moslashuvchi kishidir. Ularning harakatlari yoki reaktsiyasi real holatga mos kelmaydi, ya'ni beo`xshov.
Piknik tana tuzilishi tipi sikloid temperamentli kishilar bo`lib, hissiyotga beriluvchan odamlar bilan engil munosabatga kirisha oladi. Ularning reaktsiyalari haqiqiy holatga mos keladi, qulaylikni sevadilar. Ochiq tabiatli, ishlarini engil bitiradigan kishilardir.
Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta'limotida ochib berildi.
I.P.Pavlov itlar ustida ko`p tajribalar o`tkazib, reflekslarni tekshirish natijasida hayvonlar nerv sistemasining:
qo`zg`alish va tormozlanishning kuchiga;
bu jarayonlarning muvozanatiga;
ularning ildamlik (labillik) darajasiga qarab bir-biridan farq qilishni aniqladi.
I.P.Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi xujayralardagi fiziologik moddalarning zaxira miqdori bilan belgilanadi. Nerv sistemasining kuchi qo`zg`alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo`zg`ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko`rinadi. Nerv sistemasidagi muvozanat, I.P.Pavlov ta'limotiga muvofiq, nerv sistemasining qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng holda tutib tura bilish qobiliyatida ko`rinadi. Nerv sistemasining ildamligi miya po`stining biron qismidagi qo`zg`alishning tormozlanishi bilan, yoki, aksincha, tormozlanishning qo`zg`alish bilan naqadar engil almashinishidan iborat. Yuqorida ko`rsatilgan belgilariga qarab, nerv sistemasining quydagi to`rt asosisy tiplarini ajratiladiki, bular I.P.Pavlov fikricha, Gippokratning 4 temperament tipiga to`g`ri keladi:
kuchli muvozanatlashgan va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik temperament asosini tashkil etadi;
kuchli, muvozanatlashgan, inert (sustkash) tip. Og`ir vazmin tip. Flegmatik temperament asosini tashkil etadi;
kuchli, lekin muvozanatlashmagan, ya'ni qo`zg`alish tormozlanishdan ustun chiqadigan, qizg`in, jo`shqin tip. Bu xolerik temperamentning asosini tashkil etadi;
kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi.
I.P.Pavlov nerv faoliyatining bunday tiplari kishilarga ham xos deb hisoblanadi. «Hayvonlar nerv sistemasi tiplarini klassifikatsiyalashning elementar fiziologik asoslariga suyanib turadi,-deydi I.P.Pavlov,-ana shu tiplarni ko`pchilik kishilarga nisbatan ham qabul qilish lozim».
Shunday qilib, temperament, I.P.Pavlov ta'limotiga muvofiq, yuksak nerv faoliyat tiplarining kishi hulqida namoyon bo`lishidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |