Kitobxonlar konferensiyasi – Ta’lim jarayonidao‘qituvchilari, muhandis-pedagoglarning faol ishtirokida o‘tkaziladi. Konferensiyaga muhokama etiladigan materiallarni tayyorlagan mualliflar bilan birga ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar taklif etiladi.
Kitobxonlar konferensiyasida ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ularning dolzarbligi, amaliy masalalarni yechishdagi ahamiyati, yangiligi, ularni pedagogik jarayonga joriy etishdan kutilayotgan samaralar nuqtai nazaridan tahlil etilgan holda baholanadi.
Ochiq dars – uslubiy ishlarning keng tarqalgan shakli. Bunda o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglarning ochiq darslarda ishtirok etishi va o‘zaro darslarga kirishi muhim ahamiyatga ega.
Odatda, ochiq darslar va o‘zaro darslarga kirish o‘qituvchilarga kasbiy pedagogik mahoratini yuqori ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga yosh o‘qituvchilarga o‘rnak ko‘rsatishdan iboratdir. Unda yosh o‘qituvchilarning ishtirok etishlaridan ko‘zlangan maqsad – tajriba almashish, darsni tashkil etishning yangi shakllari, amalga oshirishning samarali metod va vositalarini tanlay bilishga o‘rgatishdan iborat. Ta’lim jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tufayli ochiq darsni muhokama qilish jarayonida talabalarning faolligi, mustaqil fikr yuritish, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi, o‘quv materialining hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi, predmetlararo aloqaning ta’minlanganligini, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirilganligi, talabalarning ijodiy izlanishga yo‘naltirilganligi, ta’lim-tarbiya va rivojlanishning mushtarakligini ta’minlanganligiga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtruvchi markaz – Ta’lim jarayonida uslubiy ishlar tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishga, olingan natijalarni ekspertizadan o‘tkazishga, tajriba-sinov ishi natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishga imkon beradi.
Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markazning boshqaruv vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-O’quv muassasalarida tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqsh;
-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- pedagogik jamoaning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘qituvchilarning ta’lim samaradorligini oshirishga bo‘lgan moyilligi, qiziqishlari, maqsadlariga ko‘ra ijodiy guruhlar tuzish;
o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari holatini nazorat qilish; tadqiqot natijalarini tahlil etish va baholash uchun ekspertlar guruhini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |