«ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi


Ta’sirchanlik va oshkoralik –



Download 0,58 Mb.
bet37/75
Sana20.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#393793
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
МФУМ умк янги

Ta’sirchanlik va oshkoralik – uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo, talabalarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi. Agar talabalarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalar sifati hamda darajasida ijobiy siljishlar bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi past hisoblanadi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Shuning uchun uslubiy ishlarninig ta’sirchanligi ko‘p jihatdan rejalashtirilishiga, rejalarning aniqligiga, amalga oshirilgan ishlarning hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek, O’quv muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur, bunda har bir xodim mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rsatish, rahbatlantirish, tanqid qilishni me’yorida amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Odatda uslubiy ishlar ma’lum aniq rejaga binoan bajariladi. Bu holat ayrim ishlarni bir necha marta takrorlanishini bartaraf etib, pedagoglar orasida ishlarni maqbul taqsimlanishini ham ta’minlaydi.

O’quv muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etib o‘tkazish uchun odatda haftaning aniq bir kuni ajratiladi. Misol uchun, O’quv muassasalarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar uchun haftaning chorshanba kuni ajratilsa, har chorshanba kuni jamoaviy uslubiy ishlarning aniq bir ko‘rinishi muntazam ravishda o‘tkazilishiga imkon beradi: masalan, har oyning birinchi chorshanba kunlari ilmiy-pedagogik kengash, ikkinchi chorshanba kunlari uslubiy kengashlarning yig‘ilishlari, uchinchisida pedagog va muhandis-pedagoglarning malakasini oshirish kabilar rejalashtirilishi mumkin. Uslubiy ishlar rejalashtirilgan kunga kasb-hunar kollejida boshqa hech qanday tadbir rejalashtirilmaydi. O’quv muassasalarida o‘quv yilining istalgan birinchi yoki ikkinchi yarim yilligi uchun mo‘ljallab tuzilgan uslubiy ishlarining umumiy rejasida: ilmiy–pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar-treninglar, ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari kabilar o‘z ifodasini topadi. Quyida O’quv muassasalarida tashkil etilib o‘tkaziladigan yakka va jamoaviy uslubiy ishlarning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Yakka tartibdagi uslubiy ishlar: O’quv muassasalari rahbarlari pedagog va muhandis-pedagog kadrlarning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ular bilan muntazam ravishda individual uslubiy ishlar olib borishlari talab etiladi. Bunday ishlar ko‘zlangan darajada samara berishi uchun rahbar har bir xodimning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Rahbar pedagog va muhandis-pedagoglarning imkoniyatlari bilishi uchun quyidagilar asos sifatida olinishi mumkin: lavozimiy vazifalar va talabalarga nisbatan munosabati, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, malaka oshirishning turli shakllarida ta’lim olishi, ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarining mohiyatini tushunishi, o‘z shaxsiy tajribasini turli nuqtai nazardan tahlil eta bilishi, uslubiy ishlanmalar ishlab chiqishga qiziqishi, muntazam ravishda o‘z ustida mustaqil ishlashi, tayanch ma’lumoti kabilar. Amaliyotda pedagoglar va muhandis–pedagoglarning uslubiy ishlariga individual ravishda rahbarlik qilishlarida asosiy metod sifatida maslahatdan keng qo‘lamda foydalaniladi. Maslahatlar quyidagi masalalar yuzasidan bo‘lishi mumkin:

-talabalarning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish omillari ;

-mashq qurilmalaridan samarali foydalanish yo‘llari;

-predmetlararo aloqadorlikni o‘rnatish va amalga oshirish metodikasi;

-talabalar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldini olish;

-ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti davrida talabalarni tarbiyalash;

-o‘quv materialidan muhim, tizim hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini tanlab olish;

-turli ta’lim texnologiyalardan oqilona foydalanish imkoniyatlari;



-noan’anaviy (nostandart, zamonaviy) darslarni o‘tkazish metodikasi kabilar shu o‘rinda maslahat, faqat mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki yangiliklar kiritish, ijodkorlik va mustaqqillikni rivojlantirishni ham ko‘zda tutishi zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish