TARQATMA MATERIALLAR:
1-ilova
189
2-ilova
190
3-ilova
3.3. ISLOM TA’LIMOTI
REJA:
1.
Kalom ilmi.
2.
Moturidiylik va ash’ariylik.
3.
Moturidiylik kalom maktabi vakillari.
4.
Islomda imon masalasi.
Tayanch tushunchalar:
Aqida, kalom, moturidiylik, ash’ariylik, imon, Alloh,
farishta, payg‘ambar, taqdir, qiyomat, jannat, do‘zax.
191
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda islom kalom (aqida) ilmi, mavzusi,
mohiyati, imon va uning shartlari, ba’zi tushunchalar, kalom ilmi maktabi vakillari
haqida ma’lumot berish.
1. Kalom ilmi.
«Kalom» so‘zi arab tilida gap, suhbat, til, so‘zlaShuv, nutq va
bayon ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmon kishining e’tiqodi,
aqidasi va dunyoqarashini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi. Boshqacha
aytganda, balog‘atga etgan kishining e’tiqodi, imon keltirishi, islom dinining
talablari shaklida tasdiqlashi shar’iy e’tiqodiy hukmlarga aytiladi. Islom ta’limoti
bo‘yicha barcha payg‘ambarlarning Allohga imon keltirishga da’vatlari eng asosiy
vazifalari deb qaralgan. Shunday bo‘lsa-da, ularning tutgan shariat yo‘llari turlicha
bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.
Islom ta’limotini Muhammad (alayhis-salom)dan bevosita sahobiylar
o‘rganib, o‘zlaridan keyingi tobeiylarga etkazishgan. O‘z navbatida ular ham
o‘zlaridan keyingilarga etkazgan. Shu tariqa islom ta’limoti sof holda hozirgi
kungacha etib kelgan. Biroq tarix mobaynida odamlar mavjud diniy matnlarni
turlicha talqin qilishlari natijasida turli oqimlar va toifalar paydo bo‘lganini
ko‘ramiz. Ayni din masalasida yuzaga kelgan noto‘g‘ri tasavvur va tushunchalar
xato ekanini ko‘rsatib beradigan olimlar ham paydo bo‘lib, ular islom ta’limotini
to‘g‘ri tuShuntirib beradigan fanga asos soldilar. Mazkur fanni turli davrlarda «al-
fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi bir qancha nomlar
bilan ataldi. Shundan ma’lum bo‘ladiki, nomlar turlicha bo‘lsa-da, ularning
hammasi bir mavzuni, ya’ni aqida ilmini o‘rganish va tadqiq etishga qaratilgan.
«Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa qo‘llab, ayni
Shu mavzuga bag‘ishlab bir risola yozadi. Chunonchi, «fiqh» so‘zi biror narsani
har tomonlama o‘rganib, uning daqiq qirralarigacha fahmlab etish ma’nosini
bildiradi. Shuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni
o‘rganuvchi ilmni ham fiqh deb ataladi. Shuning uchun aqidaviy masalalarni
o‘rganuvchi ilmni «Al-Fiqh al-akbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh ni esa kichik
192
fiqh deb yuritiladigan bo‘lgan. Yana bir «usul ad-din»da shariat va dindan olingan
e’tiqodiy hukmlarni o‘rganilib, dindagi asl hukmlarni tadqiq etiladi. Bir qator
olimlar Shu nom ostida o‘z kitoblarni ta’lif etganlar. «Tavhid» ilmida Allohning
yagonaligini va Uning sifatlarini o‘rganishga e’tibor beriladi. Bu ilm asosida Alloh
taoloni yakkayu yagona deb bilib, Uning sifatlarini sharhlab tuShuntirishga
ko‘proq ahamiyat beriladi. Zero, musulmon kishi aqida borasida o‘ziga zarur
bo‘lgan dastlabki bilimga ega bo‘lishi kerak. Bu dastlabki ilm Alloh taoloning
vahdoniyati, ya’ni yakkayu yagonaligiga imon keltirish va uni o‘rganishdan iborat.
YAna bu atama «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni
aqida ilmining eng mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi.
Islom ta’limotini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llangan atama «aqida» (ko‘p.
aqoid) bo‘lib, bu nom boshqalaridan keyinroq, X asrda paydo bo‘lgan. «Aqida»
so‘zi bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini beradi. Islom aqidasi
musulmon kishini muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan
aqidalar yig‘indisi hisoblanadi. Ya’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech
qanday Shubha qoldirmaydigan darajada juda Yaxshi bilish kerak. Muayyan bir
fikrni inson fikriga aylanib, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini boshqaradigan
holga etgandagina aqidaga aylangan, deb tan olinadi. Aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom
va sof e’tiqodda bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan. Dindagi ayrim shar’iy hukmlar
makon va zamon taqozosiga ko‘ra, muayyan darajada o‘zgarishga uchrashi
mumkin. Ammo musulmon olimlar o‘z asarlarida sof va mustahkam e’tiqod hech
qachon o‘zgarishga uchramasligini ta’kidlab o‘tganlar. CHunonchi, Alloh
taoloning yakkayu yagonaligi, farishtalar, jannat va do‘zaxga imon keltirish kabi
e’tiqodga oid qarashlar zamon va makonga qarab hech qachon o‘zgarmaydi. Inson
aqidasi to‘g‘ri bo‘lmasa uning insoniy fazilatlari ham to‘g‘ri hisoblanmaydi. Shu
nuqtai nazardan aytish kerakki, musulmon kishining tutgan aqidasi pok bo‘lsa,
uning tutgan yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari ijobat bo‘ladi va
bandalik tufayli sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Biroq kishining aqidasi sof
bo‘lmasa, unda biron xatolik bo‘lsa, tutgan yo‘li ham noto‘g‘ri bo‘ladi, hayot
193
davomida qilgan amallari behuda ketadi. Aqida ilmi islom dinining asosini tashkil
etadi. Shu bois ham So‘fi Allohyor:
Aqida bilmagan shaytona eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa, eldur! -
deb, bu ilmning ahamiyatiga alohida
ishora qilgan edi.
Ushbu hikmatli bayt bugungi kungacha o‘z qadrini saqlab kelmoqda. E’tiqodi
buzuq kishilar tarixda ham, hozirda ham shaytonga el bo‘lib, unga ergashib, uning
izmida yurishda davom etmoqda. Ular o‘zlarining adashgani etmaganidek,
boshqalarning e’tiqodlarini izdan chiqarishi o‘ta xatarlidir.
Aqida mavzusi o‘ta hassos bo‘lganidan er yuzidagi eng birinchi
payg‘ambardan boshlab, oxirgi Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom)gacha
Alloh toloning O‘zi e’tiqodiy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalarini bergan. Shuning
uchun aqidaviy qarashlarning asosi Qur’oni karim va hadisi shariflarda keltirilgan
va muayyan tartibga solingan. Sahobiylarning tiriklik paytidayoq odamlar o‘rtasida
aqidaviy qarama-qarshilik va kelishmovchiliklar yuzaga kelganini ko‘rish qiyin
emas. Islom dinida aqidaviy ixtiloflar to‘rtinchi xulafoi roshidin Alining
qo‘shinidan ajrab chiqqan, aqida masalasida bir necha Shubhali savollarni o‘rtaga
tashlagan xorijiylar tufayli boshlandi. Ular Hazrati Ali va Abdulloh ibn Abbos
(r.a.) bilan aqida masalasida ixtilofga borishdi.
Sahobiylar davri tugaganidan keyin tobeiylar davriga kelib vaziyat yanada
keskin tus oldi. Chunki bu davrda din ilmlarini, ayniqsa, aqidani biluvchi kishilar
oldingiga nisbatan ancha kamayib, sof aqidaviy qarashlarga qarshi turli botil
g‘oyalarni ilgari surgan firqa va toifalarning tarqalishi avj oldi. Ular o‘zlarining
islomga yot bo‘lgan fikr va qarashlari, e’tiqodlarini ommaga tarqatib, to‘g‘ri
aqidani noto‘g‘ri talqin qilish yo‘lidan bordilar. Shuningdek, yangi egallangan
yurtlardagi xalqlarning islomdan oldingi diniy qarashlari va falsafalari, o‘z
tushunchalari va tafakkur yo‘llari mavjud bo‘lgan. Shu sababdan ularning islom
ta’limotini tuShunib olishlari juda qiyin kechganiga tarixiy dalillar guvohlik
beradi. Binobarin, Qur’on oyatlari va hadislarni ba’zi vaqtlarda o‘zlarining
194
islomdan oldingi ta’limotlari andozasiga solish holatlari uchraydi. Islom diniga
yot bo‘lgan turli guruh va jamoalarning uni buzib talqin qilish natijasida ularga
raddiya sifatida olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos soldilar. Shu tariqa bu ilm
turi musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi. Zero, har bir musulmon to‘g‘ri
aqidani bilishi shart deb hisoblanadigan bo‘ldi. Mashhur mutakallim olim
Sa’duddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid
usullarini ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. Shu ilm tufayli
shar’iy, nazariy, aqidaviy masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil
ishonch bilan ziynat berish, foydasi esa bu dunyoda tartibli hayot kechirish va
oxiratda azob-uqubatdan xalos bo‘lishdir. Shunday ekan, kalom ilmi eng sharafli
ilmdir», deb keltiradi. Hujjatul islom Abu Homid G‘azzoliy o‘zining «Ihyo ulum
ad-din» nomli asarida: «...Chuqur bilimga ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning
diniy e’tiqodlarini turli bid’at va noto‘g‘ri g‘oyalardan saqlash uchun kalom ilmini
o‘rganish vojibdir», deb keltiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, aqoid yoki kalom ilmining
vazifasi: a) diniy e’tiqodlarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi Shubha
hamda gumonlarni rad qilish; b) insonni aqidada oddiy taqlidchi bo‘lishdan har bir
e’tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish; v) islomning sof e’tiqodlarini
adashgan zalolat ahlining Shubha va gumonlaridan himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |