Kafolat muddatlari. Bu muddatlar davomida sotib olingan yoki buyurtma ashyoda yoxud bajarilgan ishda kamchiliklar topilgan taqdirda, oluvchi yoki buyurtmachi mazkur nuqsonlarning tekinga yo`qotilishini yoki ashyoning almashtirilishini yoxud qayta olib, buning uchun to`langan pulning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo`ladi. Kafolat muddatining o`tkazib yuborilishi oluvchi yoki buyurtmachini yuqorida ko`rsatilgan huquqlardan mahrum qiladi. Masalan, 6 oylik kafolat muddati belgilangan soatni olgan fuqaro mazkur muddat davomida unga bo`lgan kamchiliklar to`g`risida arz qilmasa, keyinchalik uni almashtirish yoki pulini olish huquqini yo`qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |