2 Muddatlar o`tishining boshlanishi va tamom bo`lishi
Muddat o`tishining boshlanish vaqtini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega muddat tamom bo`lish vaqtini to`g`ri aniqlab olish imkonini beradi. Bu esa yuridik fakt, ya'ni ma'lum huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan yoki bekor qiladigan holatlar bilan bog`liq.
Muddatning tamom bo`lishini aniqlash to`g`risida to`xtalib shuni aytish yillab hisoblanadigan muddat, shu muddatning oxirgi yili, tegishli oyi va kunida tamom bo`ladi. Muddatning boshlanishiga to`g`ri kelgan kun e'tiborga olinmaganligi sababli muddatning boshlanishi va tamom bo`lishi kunlari tegishlicha qo`shiladi.
Oylab hisoblanadigan muddat, shu muddat oxirgi oyining tegishli kunida, oylab hisoblanadigan muddatning tamom bo`lishi tegishli kuni bo`lmagan oyga to`g`ri kelib qolsa, bu holda muddat shu oyning oxirgi kunida o`tadi. Ba'zi muddatlar yarim yil yoki yarim oy qilib ham belgilanishi mumkin. Bunda hisoblash tartibi quyidagicha belgilanadi: yarim yil qilib belgilangan muddatga oylab hisoblanadigan muddatlarga doir qoidalar qo`llanib, yarim oy qilib belgilangan muddat esa – kunlab hisoblanadigan muddat qatorida ko`rilib, o`n besh kunga baravar bo`ladi (FKning 147-moddasi, 5-bandi). Haftalar bilan o`lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi kunda tugaydi (FKning 147-moddasi, 7-bandi). Agar muddatning oxirgi kuni ish kuni bo`lmagan kunga to`g`ri kelib qolsa, muddatning tamom bo`lishi bundan keyingi ish kuni hisoblanadi.
Muddatning tamom bo`lishini belgilash to`g`risida to`xtab yana shuni aytish kerakki, agar hujjatlarda oxirgi muddat, masalan, “5 yanvargacha” deb yozilgan bo`lsa, 5 yanvar kuni hisobga o`tmaydi, agar “5 yanvarda” deb yozilgan bo`lsa, bu kun hisobga olinadi.
Muddatning oxirgi kunida harakat qilish tartibi FKning 148-moddasida ko`rsatilgan. Bu qonunda aytilishicha, agar muddat biron-bir harakatni amalga oshirish uchun tayinlangan bo`lsa, bu harakat muddatning oxirgi kunida soat yigirma to`rtga qadar bajarilishi mumkin. Masalan, qarzdor shartnomada qarzini qaytaradigan kun 5 yanvar deb belgilangan bo`lsa, olingan qarz shu 5 yanvar soat yigirma to`rtgacha to`lansa, qarzdor majburiyatini o`z vaqtida bajargan bo`ladi. Agar majburiyatni bajarishga qaratilgan harakat tashkilotda qilinishi lozim bo`lsa, muddat shu tashkilotlarda belgilanadigan qoidalar bo`yicha tegishli operatsiyalar (ishlar) tamom bo`ladigan oxirgi soatda tugaydi. Tegishli tashkilotlarga yuboriladigan barcha yozma hujjat (ariza, muddatning oxirgi kuni soat yigirma to`rtga qadar aloqa bo`limiga yoki telegrafga topshirilgan bo`lsa, muddat o`tmagan hisoblanadi. Bu qoida umumiy xarakterga ega bo`lib, sud, xo`jalik sudi, prokuratura va boshqa tashkilot hamda muassasalarga nisbatan ham qo`llaniladi. Masalan, fuqaro o`z da'vo arizasini muddat tamom bo`ladigan kun soat yigirma to`rtga qadar aloqa bo`limiga topshirgan bo`lsa, da'vo muddati o`tmagan hisoblanadi. Bu qoida yana tashkilotlar o`rtasida tuziladigan yetkazib berish, yuk tashish singari shartnomalar yuzasidan bo`ladigan da'vo, talab va shikoyatlarga nisbatan ham qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |