“ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 359,12 Kb.
bet52/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

7-mavzu. Bitimlar.

Reja:

  1. Bitimlar tushunchasi va turlari

  2. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar

  3. Bitim shakllari

  4. Bitimning haqiqiy sanalish shartlari

  5. Nizoli bitimlarning turlari va ularning haqiqiy sanalmasligi oqibatlari


1.Bitimlar tushunchasi va turlari

Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va belgilash, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FKning 101-moddasi). Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog`liq bo`lib, muayyan oqibat tug`dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va tashkilotlarning ma'lum moddiy hamda madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi. Bitim shaxslarning erki bilan bog`liq bo`lgan, ularning irodasidan kelib harakat bo`lganligi tufayli bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, ya'ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.

Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug`dirish uchun bitim shaxslar bitimda o`z erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim bo`ladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, ma'lum mulkni topshirishga yoki ma'lum pulni to`lashga qaratilgan bo`lishi mumkin. Fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki qilishga qaratilgan holatlar sifatida yuridik fakt tarkibiga kiradigan bitimlar boshqa yuridik faktlardan farq qiladi. Masalan, yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxslarning erkidan tashqari vujudga kelsa, bitimlar faqat shaxslarning erki bilangina tuziladi.

Bitimlar tushunchasi uchun quyidagi shartlar muhimdir: a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanadi; b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo`lishi va bu ma'lum huquqiy oqibatlar tug`dirishga qaratilgan bo`lishi lozim; v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o`zining ifodasini topishi, ya'ni ma'lum shaklda izhor qilingan bo`lishi kerak. Fuqarolik huquqi fanida bitimlar o`zlarining belgilari bo`yicha quyidagi bo`linadi (klassifikatsiya qilinadi):

1. Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bitimlar bir tomonlama yoki ko`p tomonlama bitimlarga bo`linadi. Bir tomonlama bitimdan faqat bir tomonninggina erki ifodalanadi, huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi bo`yichagina vujudga keladi, o`zgaradi yoki bekor bo`ladi. Bir tomonlama bitimlarga misol qilib, vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch qog`ozi berish, vakolat olmasdan vakillik qilgan shaxsning harakatlarini vakolat beruvchi ma'qullashini ko`rsatsa bo`ladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi.

Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq tuziladi. bitimlar – shartnomalardir. Ikki tomonlama bitimga misol qilib, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sug`urta va boshqa shartnomalarni ko`rsatsak bo`ladi. Ko`p tomonlama bitimlarda uch va undan ortiq shaxslarning erklari tuziladi. Ko`p tomonlama bitimga misol qilib, oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasini ko`rsatsak bo`ladi. Ko`p tomonlama bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari o`zaro kelishuv, ya'ni shartnomadir. Xulosa qilib aytganda, har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har bitim shartnoma bo`la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin.

2. Bitimlar muqobil ijroning bo`lish-bo`lmasligiga qarab haq baravariga va tuziladigan bitimlarga bo`linadi. Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo`yicha tomonlardan har biri qarshi foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul to`lash, ishni bajarish, bironta xizmat ko`rsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) ijro nazarda tutiladigan bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, sug`urta kabi birmuncha shartnomalardir, chunki ularda tomonlardan har biri qarshi tomon faoydasiga bironta harakat qiladi. Masalan, sotuvchi pul evaziga ma'lum mulkni topshiradi. Tekin, ya'ni haq to`lanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biron-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo`q. Masalan, hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to`g`risidagi shartnomalarni ko`rsatish mumkin.

3. Bitimlar qay paytdan e'tiboran tuzilgan deb hisoblanishiga ko`ra real bitimlarga bo`linadi. Konsensual bitim deb huquq va majburiyatlarni o`zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan bitimga aytaladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.

Real bitim deb o`zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni topshirish huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga misol qilib, qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini ko`rsatsa bo`ladi.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish