Sudlar tomonidan muddatlar biron-bir huquq yoki majburiyatlarni olish, o`zgartirish yoxud bekor qilish to`g`risida tayinlanadi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha turdagi muddatlarga rioya qilish buyurtma topshiriqlarini bajarish yuzasidan tuziladigan mahsulot yetkazib berish, kapital qurilishga oid pudrat, yuk tashish va boshqa shartnomalarning o`z vaqtida bajarilishini, shartnoma tuzuvchi tashkilot va fuqarolar o`rtasidagi munosabatlarning qat'iyligini ta'minlashda, qonun bilan belgilangan shartnoma intizomiga rioya qilishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Muddatlar huquqiy oqibatlari bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |