2.Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar Huquq subyektlari o`rtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddatlarda ijro va bekor bo`ladi.
Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor ko`rsatilgan bo`lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi. Bitimlarda muddatlar quyidagicha:
a) ma'lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2005 yil 15 sentabr); b) ma'lum vaqtning o`tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin o`tishini ko`rsatish);
v) ma'lum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish – muz bilan) bilan belgilanadi.
Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa, bunday bitim muddatsiz hisoblanadi. FKning 242-moddasida ko`rsatilganidek, agar majburiyatni bajarish muddati ko`rsatilmagan yoki talab qilib olish payti belgilab qo`yilgan bo`lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo`ladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majubriyatni kreditor talab qilgan kunidan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.
Shartli bitim deb taraflar o`rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi bekor bo`lishi biron-bir shartga bog`lab qo`yilishiga aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi:
a) sharti kechiktirilgan;
b) bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitimlar. FKning 104-moddasining birinchi qismida aytilganidek, agar taraflar huquq burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma'lum bo`lgan holatga bog`liq qilib qo`ysalar, bitim sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Aytaylik, uy egasi turar joyni ijaraga berilishini o`g`lining ma'lum vaqtga boshqa shaharga o`qishga ketishi sharti bilan bitim tuzadi, agar o`g`li boshqa shaharga ketmasa, bunda taraflar o`rtasida hech qanday huquq ham, majburiyat ham vujudga kelmaydi.
FKning 104-moddasining ikkinchi qismi bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan ta'kidlaydi. Unda ko`rsatilishicha, agar tarafning huquq va burchlarning bekor bo`lishini yuz berishi yoki bermasligi noma'lum holatga bog`liq qilib qo`ysalar, bunday bitim bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Masalan, turar joyni ijaraga beruvchi fuqaro muayyan bir hol sodir bo`lganda, aytaylik o`g`lining harbiy xizmatdan qaytgach, uyni bo`shatib berishni shart qilib, ijara shartnomasi tuzgan bo`lsa, o`g`li qaytishi bilan ijara shartnomasi bekor bo`ladi. Shartli ravishda majburiyat olgan shaxs shartga bog`liq bo`lgan huquqni yomonlashtirish yoki yo`q qilishga qaratilgan harakatlarni qilmasligi kerak. Agar shartning yuz berishiga, ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo`lsa, bu shart sodir bo`lmagan hisoblanadi (FKning 104-moddasi, 4-bandi). Masalan, mol-mulklarini sug`urta qildirgan shaxs sug`urta summasini olish maqsadida mol-mulkka qasddan o`t qo`yib yondirsa, bu holda sug`urta summasi to`lanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |