3.Bitim shakllari
Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar va yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi (FKning 105- moddasi, 1-bandi). FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraflarning yozma tasdiqlangan shakl belgilab qo`yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan bitim og`zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xattiharakatidan uning bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi. Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish bilan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, og`zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi. Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar hujjatlari va shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og`zaki tuzilishi mumkin.
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi mumkinligi tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud “sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi. Biroq bunday usulda bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yo`l qo`yiladi. FKning 105-moddasiga asosan sukut saqlash qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodaning ifodasini hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakatlaridan bitim bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan hollarda ham bunday bitim tuzilgan hisobanadi. Bu usulda tuzilgan bitimlarning nomi lotincha “konklyudo” so`zidan olingan bo`lib, “tuzaman” degan ma'noni anglatadi. Konklyudent harakatlar shunday harakatlarki, ular og`zaki shaklda ham, yozma shaklda ham ifoda etilmagan bo`lsada, shaxsning niyati, maqsadi haqida o`z o`zidan guvohlik berib turadi. Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga:
oddiy yozma;
notarial idoralarda, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan hollarda, organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo`linadi.
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o`z ichiga olgan va taraflar (yoki tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi:
1) yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslarning mulki va mablag`lari uning balansida aks ettirilishi kerak. Binobarin, yuridik shaxsning turli bitimlar tuzish orqali ko`rgan daromadi yoxud zarari ham buxgalteriya balanslarida rasmiylashtirilishi kerak);
2) fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa – bitim summasidan qat'i nazar boshqa bitimlar.
Yozma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanishi Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa biron sabablar tufayli bitimni imzolay olmasa, bu holda uning topshirig`iga binoan boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim tuzuvchi ishlab yoki o`qib turgan tashkiloti va yashash joyidagi uy boshqarmasi yoki u davolanayotgan muassasaning ma'muriyat yoxud notarial idora tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday hollarda bitim tuzgan shaxsning o`zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi albatta ko`rsatilishi kerak.
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot imzosi va muhri bo`lishi lozim. Ba'zi yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita imzo: tashkilot rahbari va boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki buxgalterning imzosi bo`ladi.
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasi mazmunini belgilaydigan boshqa hujjatlarni o`zaro ayirboshlash, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi. Ba'zi hollarda yozma tuzilgan bitim qo`shimcha talabga ham javob berishi (muayyan shakldagi tuzilishi, muhr bilan tasdiqlanishi va h.k.). Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi tarafdan ijroni hujjat talab qilishga haqli. Bu qoida og`zaki tadbirkorlik bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi.
Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko`rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi (FKning 109-moddasi). Oddiy yozma shaklga rioya qilmasdan tuzilgan bitim qonun yoki kelishuviga bevosita zid bo`lmasa, o`z o`zicha haqiqiy bo`lib sanalsa ham, nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligini va uning mazmunini guvohlarning ko`rsatmalari bilan isbotlab bo`lmaydi.
Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat xati notarius tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan yozma hujjatga aytiladi. Notarial shakldagi bitim uni tuzuvchilar yoki vakillari tomonidan notarius huzurida imzolanadi. Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonun93da ko`rsatilgan yoki biri talab qilgan hollardagina majburiydir. Jumladan, uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga qo`yish shartnomalari va boshqa ba'zi shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish to`g`risidagi bitim (vasiyatnoma) notarial tartibda tasdiqlanishini talab qiladi.
Bitimlarning oddiy yozma va notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi ba'zi asoslar bo`yicha belgilangan, chunonchi:
birinchidan, bitimning yozma shakli bitim tuzilganligi faktini bir tomonning bayonotiga yoki guvohlarning ko`rsatmalariga qaraganda asosliroq isbotlaydigan dalil bo`la oladi;
ikkinchidan, yozma shakl og`zaki shakldan ko`ra bitimning haqiqiy aniqlashga yaxshiroq yordam beradi va zarur hollarda uni tegishli davlat organlari tomonidan tekshirilishini yengillashtiradi. Shu nuqtai nazardan bitimning insofsiz ishtirokchilari tomonidan ba'zi hollarda yo`l qo`yiladigan suiiste'molchiliklarga qarshi ma'lum darajada garov bo`lib xizmat qiladi;
uchinchidan, bitimning yozma shakli taraflar uchun majburiy bo`lishi – faktlarni hujjatlashtirish va taraflarning faoliyatlari ustidan nazorat olib borish imkoniyatini beradi;
to`rtinchidan, bitimlarning yozma shaklda rasmiylashtirilishi fuqarolik ishtirokchilarini muayyan tartibga, o`z erklarini aniq ifoda etishga va bitim bilan nazarda tutilgan shartlarni puxta bajarishga o`rgatadi.
Qonun ba'zi hollarda bitimlarning yozma yoki notarial shaklda rasmiylashtirilishidan tashqari tegishli davlat muassasalarida qayd etilishini (ro`yxatdan o`tkazilishini) talab qiladi. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko`mas mol-mulk bilan bog`liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak (FKning 111-moddasi).
Qonun bo`yicha talab qilinadigan shaklga rioya qilmaslik oqibatida qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan taqdirdagina bitimning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi. Jumladan, bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro`yxatidan o`tkazish talabiga rioya qilmaslik, bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o`z o`zidan haqiqiy bo`lmaydi (FKning 112-moddasi, 1-qismi). Bunday hollarda bitim tuzgan taraflar har bir bitimga binoan olingan hamma narsani qaytarishga, buning imkoniyati bo`lmaganda, agar haqiqiy bo`lmagan bitimning boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo`lsa, uning qiymatini pul bilan to`lashga majbur bo`ladi.
Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to`la yoki bajargan bo`lsa, ikkinchi taraf esa – bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo`yicha uni haqiqiy hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi (FKning 112-moddasi, 2-qismi).
Agar davlat ro`yxatidan o`tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda bo`lib, ammo taraflardan biri uni ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida qaror chiqarishga haqli. Bunday hollarda bitim sud qaroriga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi (FKning 112-moddasi, 3-bandi).
Do'stlaringiz bilan baham: |