“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo`lish tartibi



Download 359,12 Kb.
bet23/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

3. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo`lish tartibi Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin:

1. Buyruq (farmoyish) orqali. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ToshDYUIni tashkil etish to`g`risidagi qarori bunga misol bo`la oladi. Odatda, bunday usul bilan davlat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslar tashkil topadi.

Qolgan ikki usulda esa yuridik shaxslarning ta'sischisi bo`lib, mulkdorlar yoki ular vakil qilgan shaxslar qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa tashkilotlar va fuqarolar hisoblanadi.

2. Murojaat qilish usuli. Bunda muassislar tomonidan tuziladigan yuridik shaxslarning vujudga kelishi imkoniyati qonun tomonidan oldindan belgilab qo`yilmagan bo`ladi. Binobarin, bunday hollarda davlat organi xuddi shunday yuridik shaxsning bo`lish-bo`lmasligi maqsadga muvofiqligini tekshiradi.

3. Ruxsat olish usuli. Bunday usulda tashkil topadigan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab qo`yiladi va binobarin, ularning tashkil bo`lish-bo`lmasligi maqsadga muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta'sis hujjatlarining (yuridik shaxslarni tashkil etish haqidagi ta'sis shartnomasi va ularning ustavi) qonunga muvofiqligi tekshiriladi, xolos. Yuridik shaxs ta'sis shartnomasi ishtirokchilar tomonidan tuziladi, ustavi esa ro`yxatga olinadi (nizomi tasdiqlanadi).

Ta'sis hujjatlarida yuridik shaxslarning tarkibi va vakolatlari, boshqa zaruriy ma'lumotlar bo`lmog`i kerak. Ta'sis shartnomasida ishtirokchilar yuridik shaxs faoliyatini amalga oshirishda vujudga kelgan foyda va zararni taqsimlash, yuridik shaxsni boshqarish tartibini belgilaydilar.

Yuridik shaxs murojaat qilish va ruxsat olish usullari orqali tashkil topganda, albatta, uni tashkil qiluvchilar tashabbuskor guruh bo`ladi. Bu guruh fuqarolar (jismoniy shaxslar) dan ham, yuridik shaxslardan ham iborat bo`lishi mumkin. Ular muassislar yoki ta'sischilar deb ataladi. Ta'sischilar orasida davlat ham uning organlari bo`lishi mumkin. Muassislar ko`p hollarda yuridik shaxsning molmulkini vujudga keltirishga o`z ulushini qo`shadi. Bu ulushlar asosida ustav fondi tashkil topadi.

Fuqarolik qonun hujjatlari “ta'sischi” va “muassis” atamalarining tushunchasi hamda ular o`rtasidagi farqli jihatlarni belgilamaydi. Ko`pchilik hollarda (ayniqsa, keyingi paytda “ta'sischi” atamasi huquq normalarida deyarli qo`llanilmayapti. Yuridik shaxsni tashkil etayotgan shaxs (yoki shaxslar) huquq normalarida muassis (yoki muassislar) atamasi bilan nomlanmoqda. Bu holat esa o`z o`zidan kundalik hayotda ishlatilayotgan “ta'sischi” va “muassis” atamalarining bir xildagi ma'noga egaligini ifodalaydi.

Yuridik shaxs o`z faoliyatida ko`zlangan maqsad bo`yicha tijoratchi va tijoratchi bo`lmagan turlarga bo`linadi (FKning 40-moddasi). Yuridik shaxslarning tijoratchi turlari muassislarning foyda olish maqsadini ko`zlab tuziladi. Notijorat turlarida muassislar foyda olish maqsadini ko`zlamaydilar.

Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham va notijorat yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat) faoliyati bilan shug`ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik shaxslardan farq qilib notijorat yuridik shaxslar o`z tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat a'zolarining ehtiyojini qondirish yoki o`zga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo`l qo`yilmaydi. Shu munosabat bilan notijorat yuridik shaxslarga nisbatan FKda “foyda olishni maqsad qilib qo`ymagan” degan ibora emas, balki “foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo`ymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, notijorat tashkiloti tadbirkorlik bilan shug`ullanishi muayyan foyda ko`rishi mumkinligini belgilaydi. Faqatgina notijorat yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish bo`lmaydi, xolos.

Yuridik shaxs bekor bo`lganida ularning tijorat turlarida yuridik shaxs hamma kreditorlar bilan hisob-kitob qilgandan keyin mol-mulki muassislar o`rtasida taqsimlab olinadi. Notijorat xarakterdagi yuridik shaxslarda esa qolgan mol-mulkka nisbatan muassislar haq-huquqqa ega bo`lmaydilar. Yuridik shaxslarning davlat ro`yxatidan o`tish ma'lumotlari, shuningdek o`ziga xos nomi davlat reyestriga kiritiladi.

Yuridik shaxslarni ro`yxatdan o`tkazishni tashkil etishning maqsadga muvofiq emasligi haqidagi asos bilan uni ro`yxatdan o`tkazishni rad etish faqat yuridik shaxslarni murojaat etish usuli bilan tashkil qilish tartibida qo`llaniladi. Davlat ro`yxatidan o`tkazish rad etilganda sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin bo`ladi. Yuridik shaxslar davlat ro`yxatidan o`tgan paytidan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Yuridik shaxsni qayta tuzish bu haq-dagi tegishli qaror bilan amalga oshiriladi. Qarorda muassislarni shartnomaga qo`shilish va shartnomadan chiqish tartibi kabilar ko`rsatiladi. Odatda, tijoratchi yuridik shaxslarning ustavlari qonunda belgilangan tartibda tuman hokimliklarida davlat ro`yxatiga olinadi.

Jamoat birlashmalari maqomiga ega bo`lgan yuridik shaxslar, shuningdek yirik qo`shma korxonalar, davlat tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar nizomlari maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan (Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi kabi) tasdiqlanadi. Respublikamiz hozirgi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish davrida yuridik shaxslar ko`pincha qayta tashkil etish yo`li bilan bekor bo`ladi. Qayta tashkil etish turli shakllarda jumladan, qo`shib yuborish, qo`shib olish, bo`lish, ajratib chiqarish, o`zgartirish shakllarida amalga oshirilishi mumkin (FKning 49-moddasi).

Yuridik shaxs birlashganida ikki yoki bir necha tashkilot o`zining mustaqil ravishda ish olib borishini bekor qiladi va yagona tashkilotga birlashadi, ularning huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o`tadi. Yuridik shaxs bo`linganda o`z faoliyatini bekor qiladi va uning negizida ikki yoki bir necha yuridik shaxs paydo bo`ladi hamda avvalgisining huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o`tadi.

Yuridik shaxsning qo`shilishida uning huquq va majburiyatlari uni qo`shib olayotgan yuridik shaxsga o`tadi hamda qo`shilgan yuridik shaxs o`zining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini to`xtatadi. Ajralish shaklida esa faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tarkibidan mustaqil tashkilot ajralib chiqadi va o`z holicha yuridik shaxs huquqini oladi.

Kooperativ jamoat tashkilotlarining birlashishiga, bo`linishiga a'zolarning umumiy majlislari (yig`ilishlari) va vakillari majlisi (yig`ilish) ning qarori asosidagina yo`l qo`yiladi.

Yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi qonunlari yoki o`zlarining ustavlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganida universal huquqiy vorislik vujudga keladi.

Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o`tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.

FKning 53-moddasida yuridik shaxslarni tugatish asoslari quyidagicha belgilangan:

1. Yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) ning yoki ta'sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko`zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog`ida qonun hujjatlari buzilishiga yo`l qo`yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo`lmasa, sud yuridik shaxsni ro`yxatdan o`tkazishni haqiqiy emas deb topganida;

2. Yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun bilan ta'qiqlab qo`yilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek FKda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi;

3. FKning 57-moddasida aytilganidek, yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.

Yuridik shaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi. Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazish haqidagi ma'lumotlar bosib chiqarilgan matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlar tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e'lon qiladi (FKning 55-moddasi). Bu muddat tugatish haqida xabar e'lon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo`lishi mumkin emas.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish