“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Jamoat birlashmalari – yuridik shaxs sifatida



Download 359,12 Kb.
bet31/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

Jamoat birlashmalari – yuridik shaxs sifatida. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida belgilangan huquqlari, erkinliklarini va siyosat, iqtisod, ijtimoiy rivojlanish, fanmadaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirish natijasida vujudga keladigan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotinqizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, faxriy va nogironlar uyushmalari, ilmiytexnikaviy, madaniy-ma'rifiy va boshqa ko`ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar birlashmalari, fondlar, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmasi deb ataladi.

Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni g`ayriqonuniy yo`l bilan o`zgartirish yoki O`zbekiston Respublikasi xududining birligini buzish, urushni, zo`ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan ta'qiqlangan boshqa xatti-xarakatlar qilish maqsadini ko`zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo`l qo`yilmaydi. Xarbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura bo`laklari tashkil etish ta'qiqlanadi.

Jamoat birlashmalari qonunda ko`rsatilgan miqdordan kam bo`lmagan tashabbuskor guruh tomonidan tuziladi54. Buning uchun ta'sis qurultoyi yoki umumiy yig`ilish chaqirib, unda ustav va rahbar organlari tasdiqlanadi.

Ustavda quyidagilar ko`rsatiladi:

  1. Jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi.

  2. Jamoat birlashmasining o`z faoliyatini amalga oshiradigan hudud ichki tuzulishi.

  3. Jamoat birlashmasiga qabul qilish shartlari va tartibi.

  4. Jamoat birlashmasi a'zolarining huquq va burchlari.

  5. Jamoat birlashmasidagi uning tashkilotlari, rahbar organlarining vakolatlari va ularning tuzish tartibi.

  6. Jamoat birlashmasi mablag`lari va uning vujudga kelish manbalari.

  7. Jamoat birlashmasining manzilgohi.

  8. Ustavga o`zgartirishlar kiritish tartibi.

  9. Jamoat birlashmasi faoliyatini to`xtatish tartibi.

Xalqaro jamoat tashkilotlarining, respublika, viloyatlararo birlashmalarning ustavlari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatga olinadi. Viloyat, tuman, shahar hududlarining doirasida amal qiluvchi birlashmalar viloyat hokimligi Adliya boshqarmalarida ro`yxatga olinadi. Jamoat birlashmalari va ularning tashkilotlari ustavi ro`yxatga olingandan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi. Siyosiy partiyalar xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanishlari mumkin emas. O`z oldiga siyosiy maqsadlarni qo`ygan jamoat birlashmalari esa xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanishi mumkin, lekin bu haqda ularning ustavlarida ko`rsatilishi kerak.

Jamoat birlashmalari faoliyati asosan O`zbekiston Respublikasining Jamoat birlashmalari to`g`risida55 gi, Siyosiy partiyalar to`g`risida56 gi, Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida57 gi, Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida58gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish