“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Davlat korxonalari – yuridik shaxs sifatida



Download 359,12 Kb.
bet28/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

Davlat korxonalari – yuridik shaxs sifatida. O`zbekiston Respublikasi FKning 70-moddasiga muvofiq, unitar korxona deb o`ziga biriktirib qo`yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilotga aytiladi. Bu korxonaning mulki bo`linmasdir va u qo`shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo`yicha, shu jumladan, korxona xodimlari o`rtasida ham taqsimlanmaydi. Unitar korxonaning mol-mulki unga xo`jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxona o`z majburiyatlari bo`yicha o`ziga qarashli mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxona o`z mol-mulk egasining majburiyati bo`yicha javob bermaydi. FKning 71-moddasida belgilanishicha, yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan, xo`jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Korxonaning ta'sis hujjati belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iborat. Xo`jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o`z mol-mulkining bir qismini xo`jalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yo`li bilan yuridik shaxs bo`lgan boshqa unitar korxona (sho`ba korxona) tashkil etishi mumkin. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki bo`lgan molmulk negizida operativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini ko`rsatib turadi, korxonaning mol-mulki yetarli bo`lmaganida davlat korxona majburiyatlari bo`yicha subsidiar javobgar bo`ladi.

Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin (FKning 72-moddasi).

Davlat korxonasining asosiy ta'sis hujjati bu – uning ustavidir. Davlat korxonasi ana shu ustav asosida ish olib boradi. Ustavda quyidagilar belgilanadi: korxonaning nomi, joylashgan yeri, mol-mulki va mablag`lari, xo`jalik faoliyati turi, faoliyat predmeti, mehnatni tashkil qilish va unga haq to`lash, korxona boshqaruvi, hisoboti, korxona faoliyatini qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qoidalar.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish