5-MAVZU. TADBIRKORLIK VA MARKETING PSIXOLOGIYASI.
RELA:
Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy fenemon sifatida.
Tadbirkorlik faoliyati: lokus nazorat va tavakkalchilikka munosabat psixologiyasi.
Marketing psixologiyasi vaiste’molchi xulqi.
Markrting psixologiyasida reklamaning mohiyati.
Tayanch so’z va iboralar: marketing psixologiyasi,iste’molchi xulqi, tovarlar sifati, miqdor, assortiment, narx, mehnatga haq to’lash darajasi, madaniy muhitning sifati, reklama, fenemon, shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar, mag’lubiyatdan qochish, muvaffaqiyatga erishish.
Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy fenemon sifatida.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadirkorlik va ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, moddiy-rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo’linadi.
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishiga, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qo’llaniladi. Bu uslub ikki turda bo’lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo’lishi mumkin. Shart-sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo’llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to’g’ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o’z mehnatiga yarasha daromad olishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tadbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo’lishiga ishonch hosil qilsin.
Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Tadbirkorlik bozorlarida iste’molchi bozoriga nisbatan ancha kamroq va shu bilan birga ancha yirikroq bo’lgan xaridorlar bilan ish yuritiladi. Hattoki katta tadbirkorlik bozorlarida, talabning katta qismi bir necha xaridorga to’g’ri keladi. Misol uchun, Goodyear o’z shinalarini iste’molchilarga sotganida, uning potensial xaridorlarini dunyo bo’ylab millionlab mashina egalari tashkil etadi. Zero, uning taqdiri sanoqli mashina ishlab chiqaruvchilarning buyurtmalariga bog’liq.
T
Hosil qilngan talab -Iste’molchi mahsulotlariga bo’lgan talabdan shakllanadihan biznes talabi
adbirkorlik talabi hosil qilingan talab hisoblanadi, u iste’mol mahsulotlriga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. Misol uchun, W. L. Core & Associates o’zining Gore Tex deb ataluvchi materialini, ekstremal sportlar bilan shug’ullanuvchilar uchun turli xil ust bosh ishlab chiqaruvchilarga sotadi. Agar shu kiyimlarga talab oshsa, Gore Tex ga bo’lgan talab ham o’z navbatida oshadi.Shunday qilib, Gore Texga bo’lgan talabni oshirish uchun, Gore iste’molchi-larni, ular sotib olayotgan kiyimdagi Gore Tex qanday qulayligini ishontirishga urini-shadi. U shuningdek, Gore tarkibida bo’lgan Arc’teryx, Marmot, The North Face va L.L.Bean. kabi brendlarni ham o’zlarining veb saytlarida reklama qilishadi. (www.gore-tex.com).35
Tadbirkorlikni shakllari bo‘yicha:
tashkiliy – huquqiy;
tashkiliy-iqtisodiy turlarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |