Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o`ziga xos talqinga ega bo`lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o`rganishga, ochib berishga intilish ko`rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental o`rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan. Geshtaltpsixologiya maktabining namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o`ta ahamiyatli bo`lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv o`zaro aloqasiz hukm surishi ta'kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xalqni mana bunday izohlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma'no anglatuvchi ikkita motivatsion o`zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug`ma, hayvonlar turtkisiga o`xshash va turmush davomida egallangan faqat insongagina xos bo`lgan. Geshtaltpsixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport kontseptsiyasida yaqqol ko`zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o`zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o`ziga xosligi bilan o`zaro ta'sir o`tkazish o`rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o`rnatish ham ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.
7-Mavzu Yangi davr va psixologiya
Reja:
Yangi davr va psixologiya
Psixologik maslahat ishlari
Muh andislik psixologiyasi haqida
Tarbiya psixologiyasi
Talaba ushbu mavzuni o’rganishda quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
0‘rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog‘liqdir. R.Dekart o'z zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida Ch.Darvinning evolyusion nazariyasi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.
Biz sobiq sho‘rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni ikkilamchi deb o'rgana'r edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini belgilaydi, deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong o'rtasidagi munosabatlar murakkab ekanligini ta‘kidlaydilar, ijtimoiy ong ijtimoiy borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Homid Muhammad G'azzoliy kabilar katta hissa qo'shganlar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy psixologiya fanini rivojlantirish uchun psixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziev, M.G.Davletshin, V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov, G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova, R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo‘shmoqdalar.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega. Ammo psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |