Nazorat savollari:
1. Psixologik diagnozning predmeti
2. Diagnoz bosqichlari.
3. Psixodiagnostikaning nazariy va amaliy jihatlari.
4. SHaxsiy va kasbiy sifatlar tushunchasi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G’oziev E. Umumiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR O’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: « O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010. - 544 b.
2. G’oziev E. O’spirinlar axloqi va ruhiyati. Oila etikasi va psixologiyasi. - Т.: Universitet, 2000. -33-38 b.
3. G’oziev E. Kasbiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR O’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: « O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2008. — 213 b.
4. G’oziev E. Sotsial psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR O’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. — Т.: « O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2015.
5. Ivanov P.I. Umumiy psixologiya: Darslik. O’z R O’MTV. — Т.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 480 b.
6. Aleksandrov YU.I. Sistemnaya psixofiziologiya // Osnovbi psixofiziologii: Uchebnik / YU.I. Aleksandrov, D.G. SHevchenko, I.O. Aleksandrov; Otv. red. YU.I. Aleksandrov. — М.: Infra-M, 1997. — 430 s.
12-Mavzu: Shaxsning turli rivojlanish bosqichlarida kasbiy o`zlikni anglash
Reja:
1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillari:
a) biologik omil;
b) sotsial (ijtimoiy ) omil;
3. Rivojlanishda shaxs faoliyatining roli.
4. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi.
5. Rivojlanishda shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarining roli.
Tayanch iboralar: Shaxs, biologik omil, sotsial (ijtimoiy ) omil, odam, individuallik, yo’nalganlik, bilimlar, ong osti tuzilishi, xayolot (fantaziya), diqqat, sezgirlik, xotira.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari muayyan yondashuvlar negizida tadqiq etilgan. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nsibatan turlicha tahrif berilagan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs bu ijtimoiy munosabatlarning ham obhekti, ham Subyektidir.
Yirik rus psixologi A.N Leontg’ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday tahrif beradi: shaxs – bu faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan, jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli ahzosi, shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs – bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki shart – sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir – biriga yaqin, lekin aynan bir bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Odam. Sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzot ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarining mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
SHaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. SHaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual xislatlar shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
S.L.Rbubinshteyn nazariyasi bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, ehtiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi.
2. Bilimlar – hayot va faoliyatda ko’nikmalar, malakalar jarayonida egallanadi.
3. Individual – temperament, tipologik xususiyatlar, xarakter, qobiliyatlar aks etadi.
K.K.Platonov tahlimotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
Yo’nalganlik ong osti tuzilishi – shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
Ijtimoiy tajriba ong osti tuzilishi – tahlim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
Psixologik aks ettirish shakllari ong osti tuzilishi – ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
Biologik shartlangan ong osti tuzilishi – miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro tahsir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini tahminlovchi tizim. O’zaro tahsir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq – atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidagi irodaviy va mahnaviy sifatlar.
4. Malakalar tizimi – hayot va faoliyat, sifatlar xulq – atvorini tuzatish (korrektsiyalash),
o’zini o’zi boshqarishni tahminlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |