Ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 133,5 Kb.
Sana11.11.2019
Hajmi133,5 Kb.
#25642
Bog'liq
milliy2[1]

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI

O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
Milliy g’oya tarixi va nazariyasi fanidan

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash omili” mavzusidagi


KURS ISHI

Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Berdiqulova S.A.

Bajardi: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi II mutaxassislik 2-bosqich talabasi Fayziyev S.I.


TOSHKENT - 2019

MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………3


  1. BOB. MILLATLARARO TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING SHARTLARINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI



    1. Millatlararo va dinlararo bag’rikenglik va milliy g’urur tushunchalari va ularning mazmun-mohiyati. ……………………………………………8

    2. Tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning shart-sharoitlari va

omillari. …………………………………………………………….12



  1. BOB. O’ZBEKISTONDA GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI SAQLASHNING AHAMIYATI.



    1. Globallashuv jarayonida etnomadaniy aloqalarni rivojlantirish millatlararo hamjihatlikni ta’minlash omili …………………………………………18

2.2. Globallashuv jarayonida milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik barqarorlik omili. ………………………………………………………………23

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat hayotida har doim tinchlik va barqarorlik muxim masala bo’lib kelgan. Tinchlikni, barqarorlikni ta’minlash doimo osonlikcha amalga oshmaganini tarixda misollar orqali ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatda tinchlik va barqarotlikni taminlashga alohida e’tibor berdi. Mustaqillik yillarida davlatning mohiyati butunlay tubdan o’zgardi. Davlat dastlabki bosqichda jamiyatni yangilashning eng faol holda, islohotlarning tashabbuskori va yo’naltiruvchisi, ijtimoiy hayotdagi yangi, asosiy amalga oshiruvchisibo’lib qoldi.

Yangi o'zbek davlatchiligini qaror topipishning birinchi bosqichidari vazifalar O’zbekistonning xalqaro maydonda obro’sining ortishi va ko’plab do’stlik va birodarlik rishtalarini bog’lash va rivojlantipishda o’z ifodasini topdi.

Hozirgi paytda demokratik siyosiy tizimning eng muhim subyekti bo’lmish davlatchilikni islox qilishda yangi vazifalar ko’ndalang turibdi. Bu avvalambor, hozirgi bosqichda siyosiy institutlarning va nodavlat ijtimoiy uyushmalarning xilma-xilligi xamda ulapning roli mustaxkamlanishi, shuningdek axolining siyosiy faolligi asosida jamiyat xayotini yanada demokpatiyalash vazifalari muxim va dolzarb bo'lib qolganligi bilan izoћlanadi. Bu davlatchilikni rivojlantipish soxacsidagi strategik vazifadir. Bu biz tanlab olgan jamiyatni demokpatik rivojlantirish tamoyiliga asoslanadi.

Shu nuqtai nazardan muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta'minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o'zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda. Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta'minlash uchun yangicha yondashuvlarni izlab topishni, XXI asr arafasida xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda.”- deb ta’kidlagan edilar. Xullas, tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagilardan iborat:



Birinchidan, Mamlakatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, tinchlik va barqarorlikning qay darajada ta’minlanganligi bilan belgilanadi. Ana shu ma’noda ham tinchlik va barqarorlik jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi va har qanday mamlakat o’z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni ta’minlashga ustuvorlik bilan qaraydi.

Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida tinchlik va barqarorligimizga xavf soluvchi qator noxush hodisalar bo’ldi. Farg’ona vodiysi Bo’ka voqealari ancha ayanchli oqibatlarni keltirib chiqardi. Buning asosiy sabablaridan biri esa, albatta sobiq Sovet mafkurasi ta’sirlarining mavjud ekanligida edi. Bu o’z navbatida odamlarning ongi, shakllangan qadriyatlariga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkaza boshladi.

Uchinchidan, hozirgi kunda tinchlik va barqarorlik eng muhim dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Bunda taraqqiyot, farovonlik, erkinlik, adolat tushunchalarining o’rni va ahamiyati bevosita tinchlik va barqarorlikning qay darajada ekanligiga bo’gliq bo’lib qolmoqda.

To’rtinchidan, Globallashuvning salbiy jihatlari, axborot xurujlari mafkuraviy kurashlarning oldini olishda, insonlarda ularga nisbatan himoya qobig’ini shakllantirishda mafkuraviy tarbiyaning o’rni beqiyosdir. Mafkuraviy tarbiya orqali odamlarning ongida yuksak axloqiy fazilatlar shakllanadi, hamda yot, begona, zararli go’ya va qarashlardan tozalanadi.

Beshinchidan, Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o'quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi. Uzluksiz ta'lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo'g'indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan ta'lim tizimi orqali amalga oshiriladi.

Oltinchidan, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning taqdiri, so'zsiz, har bir fuqaro, aniqrog'i, insonning faolligiga bog'liq. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ'iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko'rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O'zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ'ib qilishni talab etadi. Bunday targ'ibot islohotlarini mafkuraviy asosda ta'minlashga xizmat qiladi.

Hozirgi davrda inson ongi va qalbini zabt etish uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot g'oyaviy ta'sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bunday sharoitda begona g'oyalarning qo'poruvchi ta'siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg'ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi.



Tadqiqotning ilmiy o’rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi1 Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”2 kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo’shilgan bebaho hissa bo’lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o’rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.

2014-yil 9-may kuni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Xotira maydonida “Tinchlik ahillik-mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir”3 nutqida inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz mo’tabarligi, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday insonparvar tamoyillar o’z ifodasini topganligi aytib o’tilgan.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”1 asarining ma’no mazmuni, unda ilgari surilgan g’oya va qarashlar, ularning nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, jamiyatimiz ma’naviyatini asrab-avaylash va yuksaltirish, xalqimizni, ayniqsa yosh avlodni turli g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish borasida ana shu asardan kelib chiqadigan eng muhim va dolzarb vazifalar haqida taniqli olimlar, faylasuflar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar tomonidan yozilgan maqola va sharhlar ushbu asarning naqadar chuqur ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.



Tadqiqotning maqsadi. O’zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda mafkuraviy tarbiyaning o’rni va ahamiyatini har tomonlama mukammal jihatdan yoritib berish, ularni insonlarning qalbi va ongiga singdirishdan iboratdur. Shuningdek xalqimizda ayniqsa yoshlarda yuksak vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erisha olamiz.

Tadqiqotning vazifalari:

- O’zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning shartlari va kafolatlarini o’rganish;

- Tinchlik va barqarorlik tushunchari va ularning mazmun-mohiyati

ochib berish;

- “Globallashuv” sharoitida mafkuraviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va hayotiy zaruriyatligini ko’rsatib berish.

- O’zbekiston yoshlarida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish usullari va vositalarini ishlab chiqish.


  • G’oyaga qarshi g’oya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish usullaridan samarali foydalana olish;

  • Olingan natijalar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

Tadqiqodning obyekti va predmeti. O’zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda mafkuraviy tarbiyaning o’rni va unda yoritilgan masalalar bayoni tadqiqotning obyekti hisoblanadi.

Tadqiqotning predmeti esa tinchlik va barqarorlik, xavfsizlik, mudofaa qobiliyati, Mudofaa doktrinasi, mafkuraviy tarbiya, Globallashuv sharoitlari, ma’naviyatni anglash, yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ulari, ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar, milliy g’oya va xalqaro hamkorlik, globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya bilan kurashish, tadqiqotimizning predmeti hisoblanadi.



Tadqiqod ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mavzuning keng qamrovli va doimiy rivojlanib borish xususiyatiga ega ekanligi uni kelgusida keng qamrovli tadqiqot ishi doirasida davom ettirishga asos bo’ladi.

Shuningdek, O’zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda mafkuraviy tarbiyaning o’rni va bu tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan takliflar mamlakatimizda barcha sohalar rivoji shu jumladan tinchlik va barqarorlik sohasi hamda mafkuraviy tarbiyani takomillashtirishga, undagi mavjud muammolarni bartaraf etishga o’z hissasini qo’shadi.



1-BOB. MILLATLARARO TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING SHARTLARINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

    1. Millatlararo va dinlararo bag’rikenglik hamda milliy g’rur tushunchalari va ularning mazmun-mohiyati

Diniy bag`rikenglik g’oyasi – xilma xil dinga e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda olijanob g`oya va niyatlar yo’lida hamkor va xamjixat bo’lib yashashni anglatadi. Qadim – qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog`liq. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g`oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr – oqibat va bag`rikenglikka chorlaydi.

Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.


Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitustiyamizda «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar»1, - degan tamoyilning mustahkamlab qo’yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.

Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Tolerantlik-o’zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat vakillari tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, ular bilan tinch, farovon hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg`usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy – ma’naviy pokligi, o’z xalqi va milliy merosi boyligi hamda milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag`rikenglik, baynalmilallik tuyg`ularini uyg`otadi.

Bugungi kunda respublikamiz bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan 2224 ta diniy tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo’lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
O’zbekistonda nasroniylikning uch yirik yo’nalishi pravoslav, katolik va protestantlik yo’nalishlariga oid diniy tashkilotlar mavjud. Shuningdek, nasroniylikda o’z yo’nalishiga ega bo’lgan Arman Apostollik cherkovi ham faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda tom ma’noda diniy bag`rikenglikning yuksak an’analariga amal qilinayotgani jahon xamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. 
Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugun mana shunday xavfli – tahlikali, o’ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali – beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo’lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo’lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir – birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”1
Darhaqiqat, har bir inson, jamiyat va  millatlar bashariyatning turli tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag`rikenglik munosabatida bo’lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir.

Millatlararo va dinlararo munosabatlar insonparvarlik yo’nalishida qaror toppish va muomala madaniyaatida kata tarixiy tajriba to’plagan o’zbeklarda milliy va diniy bag’rikenglik millat sha’ni uchun kurashning bir shakli sifatida namoyon bo’ladi. Bu hol O’zbekistonda yashayotgan va turli diniy e’tiqodga ega xalqlar. Millat va elatlar namoyondalariga qo’lni qo’lga berib. Buyuk istiqbol uchun kurashda yakdil bo’lishlari uchun o’ziga xos shart-sharoit vazifasini o’tamoqda. Masalan, respublikamizda islomdan tashqari yana 14 ta ro’yxatdan o’tgan diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish jarayonida milliy zaminda mojarolar chiqishiga yo’l qo’ymaslik uchun ham kurashmoqdalar. Binobarin, milliy o’zlikni anglash insoniy yo’nalishda rivojlanishga munosib hissa qo’shib, o’zlarini mansub bo’lgan millat sha’niga dog’ tushurmaslikka harakat qilmoqdalar. Zero, milliy o’zlikni anglash chinakam baynalminalchilik his-tuyg’ulari ham rivojlangan bo’lishini taqozo etadi. Buyuk millatchilik, buyukdavlatchilik, shovinizm, milliy kalondimog’lik va diniy mutaassiblikka qarshi kurash jarayonida millat sha’ni- shavkati shuhrati oshib boradiki buni aslo unutmaslik zarur.

O’zbeklar tarixan boshqa xalqlar, elatlar va millatlar hamda o’zga diniy e’tiqod egalari his-tuyg’ulariga zo’r hurmat qilish ruhida tarbiyalangan jahondagi zakovatli millatlar sirasiga kiradilar.Sahovatpeshalik, ochiqko’ngillilik, rahm-shavqatlilik, mehmondo’stlik, insonparvarlik, rioya-andishalik, izzat-ikromlilik – bular o’zbek milliy tabiat(mentaliteti)ning ajralmas xususiyatlari bo’lib, bu kabi fazilatlar tufayli ular o’z millati sha’ni uchun kurashib keladilar.

Milliy sha’n, milliy g’urur, milliy iftixor his-tuyg’ulari bilan tutshib ketadi. O’zbekistonda tayyorlanadigan mahsulotlar jahon bozorida sevib xarid qilinishidan g’ururlanish, undan iftixorlanish his-tuyg’usiga ega bo’lgan kishilar yomon, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishdan or-nomus qiladilar.Bu bilan millatimiz sha’niga sha’n qo’shgan bo’ladilar.Agar sportchilarimiz jahon maydonlarida g’olib kelsalar, bizda ular bilan faxrlanish, mag’rurlanish hislari o’z-o’zidan hosil bo’ladi.Agar bizning diplomatlarimiz jahon siyosiy kurashi maydonlarida o’z millari sha’ni uchun kurashayotgan ekanlar undan har birimizda faxrlanish hislari paydo bo’lishi tabiiydir. “Milliy real hayotda uni tashkil etuvchi shaxslardan iborat ekan, o’zga millatlar doirasida o’z millat vakillarining erishgan yutuqlaridan xursand bo’lish, shu millat vakili bo’lganidan faxrlanish yoki, aksincha, millatdoshining boshiga og’ir kunlarni xuddi o’zning eng yaqinlarining boshiga tushgan og’ir kunlar kabi ruhiyatning mavjudligi milliy g’oyaning qudratidandir.Bunday holat har bir millat vakili uchun muqaddas qadriyatdir”1. Sha’n-shavkat, tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo’ladigan ichki his-tuyg’u va ruxning parvozidir.Bu his-tuyg’uning rivojlanishi va milliy ruxning parvozi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi,balki tarixiy xotiradan yaxshi xabardor individlar va shaxslarda u kuchli ravishda namoyon bo’ladi. Uni o’rganish, maxsus ilmiy-tadqiqotobyektiga aylantirish galdagi vazifadir. Chunki millat sha’ni masalasi hali hozir jiddiy ilmiy muloqotga kirgani yo’q. Bu falsafiy tushunchani O’zbekiston fuqarolari to’g’rianglab olishlari hamda ilmiy talqin etishlari uchun milliy mafkuraning barcha vositalaridan samarali foydalanish zarur bo’ladi.Ayniqsa, ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida millat sha’ni nima, uni kimlar himoya qila oladi degan savollarga aniq ravshan javoblar berish, shu asosda oz millati sha’ni shavkati uchun fidoiy insonlar shaxsini shakllantirish galdagi vazifadir.



1.2.Tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning shart-sharoitlari va omillari.

Jahon sivilizatsiyasidan ajralgan, o‘zining alohida tarixiga ega millat bo‘lgan emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalaimay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan chirmashib, taraqqiy etib kelgan. Shuning uchun ham har bir millat o‘z doirasida cheklanib qolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etishi lozim.

Butun jahon iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti xalqlar, millatlar, elatlar, urug‘lar va qabilalar tarixiy, taqdirlarining o‘zaro bog‘lanishi, chirmashuvi, bir-birini to‘ldirishi asosida amalga oshadi.

Agar biror millat boshqa millatlar bilan o‘zaro o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lmaganda, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lmaganda, u ulardan o‘rganmagan va o‘zidagi yutuqlarni boshqalar bilan baham ko‘rmaganda edi, u tanazzulga uchragan millat bo‘lgan bo‘lur edi. Bunday millat jahon sivilizatsiyasining samaralaridan foydalana olmagan bo‘lardi.

“Jamiyatimizda hukm surayotgan o’zaro do’stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’iy nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida bo’ladi. Ularning o’rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g’oyalarni tarqatishga O’zbekistonda mutlaqo yo’l qo’yilmaydi.”1

Xalqlarning ulug‘vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shadigan hissasidadir. Ayni chokda boshqa bir narsani ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‘yish, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy va boshka muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda xal etishga intilish, milliy manfaatlar bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo‘rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqkiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bir millatning

maifaati va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajratilmagan holda o‘rganilishi kerak.

Bizning davrimizda davlatlararo munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar axloq va ma’naviyatning ustunligini e’tirof etish, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar o‘zaro hamkorligining umumiy yo‘nalishini hosil etuvchi asosiy omil sifatida karor toptirish tamoyili tobora yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda. Buning zarurligini ziddiyatli va ayni vaqtda yaxlit holda bog‘liq bo‘lgan butun dunyoda olib boriladigan iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda o‘z mazmuni bilan, shu jumladan barcha xalqlar umum sivilizatsiyasining uzviy qismi snfatida tushunish kerak bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlarni nazar-pisand qilmaslik — jahon hamjamiyatiga, uning ma’naviy

sog‘lomliligiga tuzatib bo‘lmas darajada ziyon-zahmat etkazish demakdir.

Bir vaqtning o‘zida faqat milliy qadriyatlar manfaatlari bilangina, bir tomonlama, ya’ni sinfiy xarakterda cheklanib qolsak, materialistik dialektika metodologiyasiga zid ravishda ish tutgai bo‘lamiz. Ayni bir vaqtda dialektikani e’tibordan soqit qilish ba’zi tadqiqotchilarga pand berdi, yagonalik, alohidalik va umumiylik kategoriyalari asosida baxo berishda bir tomondan boshqa tomonga sapchishga, haddan oshishlarga imkon yaratib berdi.

Ong odatda turmushdan orqada qoladi. Ongning bir qismi bo‘lmish tafakkur esa doimo xam vokeliknnng rivojlanishi bilan bir safda borishga ulguravermaydi. Bunday hol tafakkurni aqidaparastlikning qolipiga joylashtirishga harakat qilinganda yuz beradi. Ayni shu sababli umuminsoniy va milliy jihatlarning dialektikasi to‘g‘risidagi ta’limot namoyandalarining ko‘pchiligi nohaq unutilgan, noto‘g‘ri baholangan yoki ongli ravishda tilga olinmay kelingan. Endilikda bu jihatlarning o‘zaro aloqadorligini xam huquqiy, ham insoniy tomondan tiklash zarur. Bu avvalo, mamlakatimizning insonparvarlik mohiyatini, umumjahon xalqlarining o‘zaro foydali manfaatlarini ifodalagan bo‘lur edi.

Shuning uchun ham umuminsoniy va milliy manfaatlar, qolaversa qadriyatlarni o‘tib bo‘lmas to‘siqlar bilan ajratmasdan, balki ularni tadqiq etib, ular o‘rtasidagi har tomonlama aloqadorlik va bavositaliklarni aniqlashimiz va bundan ilmiy xulosa chiqarishimiz lozim.

Jahon hamjamiyati o‘z mavjudligiga nisbatan juda ulkan xavf-xatarga, tashvish va muammolarga yuzma-yuz turib qolgan hozirgi paytda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida yotgan manfaatlarga dialektik yondoshuv ayniqsa zarurdir. Iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy va shunga o‘xshash boshqa omillar, harbiy sohaning, aloqa va axborot yig‘ishning rivojlanishi mamlakatlar va xalqlarni tobora ko‘prok yaqinlashtirmoqda. O’zaro bog‘liqlik bunday o‘sib borayotgan shart-sharoitda umuminsoniy muammolar ayrim sinflar, iqtisodiy sistemalar, millatlar, madaniyatlar, dinlar va mafkuralar doirasidan chetga chiqmoqda. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, mamlakatimizning hozirgi tafakkuri va uning siyosati o‘zida sinfiy, milliy qadriyatlar bilan umuminsoniy qadriyatlarni birga qo‘shishi, birlashtirishi kerak. Turli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzumli davlatlar o‘z sinfiy va milliy qadriyatlarini, dunyoda xali ham kuchli ta’sir etayotgan xudbinlik xislatlarini chetlab o‘tib, umuminsoniy qadriyatlarning ustunligini qaror toptira oladimi?—degan savol tug‘ilishi mumkin.

Hozirgi umumbashariy muammolar mana shu masalaning umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan turib xal qilinishiga xammadan ko‘ra ko‘proq majbur etmoqda. Insonning omon qolishi, ularning huquq va erkinliklari,

mumjahon iqtisodiy mexanizmining yangi bosqichi, har tomonlama hamkorlik va qo‘shnichilikning zaruriyatlari, ekologik, energetik muammolar va umuminsoniy boy tarixiy meros, insonlarga xos umuminsoniy fazilatlar, hozirgi dunyoning yaxlitligi va o‘zaro bog‘liqligi, uning ziddiyatlari mohiyatining o‘zgarishi ularning asosiy, tub mohiyatli xususiyatlaridir.

Umumjahon sivilizatsiyasi jarayonida barcha millatlar va yangi milliy hosilalarning roli oshgan hozirgi kunda xalqaro munosabatlar o‘zining milliy xarakterini yo‘qotmagan xolda o‘zini borgan sari ko‘proq darajada ayni xalqlar orasidagi munosabat sifatida ro‘yobga chiqarmoqda. Bunday vaziyatda «tashqi» (jahon miqyosi) va «ichki» (milliy) jihatlarni turli mustaqil sohalar bo‘yicha ajratish o‘rinli ekani dargumon bo‘lsa kerak. Zero, «jahon miqyosidagi» jihat «milliy» jihatga nisbatan olganda — mahalliy (sinfiy, sotsial, milliy) muammolarga faqat arzimas tuzatishlar kirituvchi qandaydir «tashqi omil» emas, balki keng yoyiluvchi ichki reallikdir. Ayrim davlatlar va millatlar shakllanayotgan jahonshumul yaxlitlik elementlar sifatidagina hozirgi o‘zaro bog‘liq dunyoning mustahkam qismlariga aylanadi va chinakamiga tushunilishi mumkin.

Umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi ayni vaqtda milliy qadriyatlarni mustahkamlab, ularga yangi olamshumul va milliy realliklarga javob beradigan shakllar berish zarurligini takozo etadi.

Taraqqiyparvar kuchlar o‘z mamlakatlaridagi milliy manfaatlar va qadriyatlarni dunyodagi o‘sib borayotgan qiziqishlar bilan o‘zaro bog’lashga harakat qilmoqdalar.

Barcha jahon olimlari hozirgi umumbashariy muammolarni umuminsoniy maksadlardan kelib chiqib hal etmasdan turib, o‘z milliy kelajaklarini dunyo bo‘yicha mushtarak xavf-xatarlardan qurolli ixtilof, ekologik falokatlar, qashshoqlik va ocharchilikdan, iqtisodiy, siyosiy va madaniy yagonalashuvdan, moddiy va ma’naviy meroslar xalokatidan qutqarib qolishi mumkin emas degan xulosaga keldilar.

“Dunyo xalqlari umumiy insonparvarlik qadriyatlarini va hamma uchun yagona bo‘lgan shaxs huquqlarini hurmat qilishni qabul qilmagunlariga qadar ular oldida na butun hamjamiyat oldida turgan muammolarning birortasi ham muvaffaqiyatli hal etilishi, xalqaro xavfsizlikning ham mustahkam himoya qilinishi mumkin emas”1.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar-ning o‘zaro bog‘liqligi shu qadar qat’iyki, ular bir-biri bilan shunchalik mustaxkam «chatishib» ketganki, ularning loaqal birortasini «tushib» qolishi butun zanjirning uzilishiga olib kelishi mumkin. Butun insoniyatga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazishga kodir, tor ma’noda tushuniladigan milliy qadriyatlarning torozi pallasini bosib ketishi tufayli og‘ish sodir bo‘lmasligi uchun buni doim esda tutish lozim.

Hozir yagona jahon yaxlitligi doirasida mavjud bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir, birgalikda faoliyat ko‘rsatish va yonma-yon suyanib rivojlanish qonunlarining ta’siri ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa kishilik jamiyatining tarixan belgilanib qolgan turmushini tubdan o‘zgartirish konunlarini bir qadar tezlashtirib yubordi. Chunonchi, «uchinchi dunyo» davlatlari jahon xalqlarining ijtimoiy tajribasi va texnikaviy vositalarini o‘zlashtirib, rivojlanishning an’anaviy tiplaridan jiddiy farq qiluvchi yangi

tipini shakllantirmokda.

Boshqacha aytganda hozirgi dunyoda ijtimoiy tabaqalarni, ularning «sof ko‘rinishida», bir-birlaridan ajralgan holda chinakamiga ilmiy, har tomonlama, dialektik tasavvur kilish kiyin hamda samarasizdir.

Jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo‘lini shunchaki oddiy hol deb qabul qilmaslik kerak. Ko‘p millatli mamlakatlarni yaxlit jahon taraqqiyotining butun xilma-xilligida bilib olish, tadqiq qilish, o‘zlashtirish, sivilizatsiya singari kategoriyalarning mohiyatini anglab etish, insoniyatning olg‘a borishida «ma’rifatli» va «farmatsion» jihatlarning o‘zaro aloqadorligini aniqlash lozim bo‘ladi.

2-BOB. O’ZBEKISTONDA GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI SAQLASHNING AHAMIYATI.

2.1. Globallashuv jarayonida etnomadaniy aloqalarni rivojlantirish millatlararo hamjihatlikni ta’minlash omili.

Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi "Garvard biznes revyu" jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi.

Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud  bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.

Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.

Shu xususda I.A.Karimov shunday fikr bildirgan: «Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.  Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang  hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda»1

Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.

Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.

Avvalo, globallashuv – bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida  o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan.

Ammo, dunyoda axborot alma­shi­nuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat  madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni,  milliy turmush tarzini muhofaza qiladi.  Shunday ekan globallashuv jarayonida  mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy  tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish;  uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini  oshirish.

Bugungi kunda  inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv  shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan "ommaviy madaniyat" niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda  kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:



ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish;

yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;

yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim.

Agar tarixga nazar tashlasak, o‘z faoliyatida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy – texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o‘z ko‘chasini ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan, bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni qayta ishlash, boshqaruv jarayonining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi o‘z navbatida tezkor elektron hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi.

Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.

Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Ma’lumki, globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o‘z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta’minlashga keng imkoniyatlar beradi.

Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea – hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya’ni an’anaviy tahdidlar bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda jahon geosiyosatida geostrategik kuchlar muvozanatining o‘zgarishi, ko‘p qutbli markazlar yuzaga kelishi, ular orasidagi raqobat hamda ayrim davlatlarning dunyo hukmronligi uchun ochiqdan – ochiq da’volari yangi mustaqil davlatlarda jamiyatni erkinlashtirish va huquqiy demokratik davlat qurish jarayoniga, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ushbu geosiyosiy raqobat oqibatida xalqaro xavfsizlikning yangi noan’anaviy tahdidlari: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm, narkobiznes, noqonuniy qurol savdosi, separatizm vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur tahdidlar esa zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi globallashuv va integratsiyalashuv natijasida kundan-kunga milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda.

So‘nggi davrlarga kelib, geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi hamda raqobat kuchayishi natijasida yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari, ilgari kuzatilmagan tahdidlar yuzaga kela boshladi. Ayrim g‘arb davlatlari tomonidan o‘z milliy manfaatlarini kengaytirishda “demokratiya eksporti” “ikkilamchi me’yor” siyosiy va “axborot huruji” kabi asosiy vositaga aylanmoqda. Globallashuv jarayonini bevosita axborot bilan bog‘liq ekanligini tushinish qiyin emas, albatta.

Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda.

Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi.1 Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.



2.2. Globallashuv jarayonida milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik barqarorlik omili.

Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati “Xavfsizlik”ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.

Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali “ezgulikka” xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin.

Agarda mustaqilligimizning dastlabki yillarida G‘arb matbuotining Respublikamizga bo‘lgan munosabatini tahlil etadigan bo‘lsak, “Ozodlik”, “BBS” va boshqa radio hamda gazetalarda ko‘proq ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shu kabi sohalardagi kamchiliklarga e’tibor qaratilar edi. Lekin, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida qat’iy va dadil yo‘l tuta boshlaganidan, ayrim xalqaro tashkilotlaru “Buyuk derjava” larning yo‘rig‘iga yurmaganidan, ularning geostrategik rejalarini barbod etgandan so‘ng axborot hurujlar avj ola boshladi. So‘nggi vaqtlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida terroristik tajovuzlar dunyoning Yevropa qismida “terrorizm” deb baholanib, O‘zbekistonda “inson haq-huquqlarining himoyasi” sifatida qaralmoqda. Mana shunday sharoitda, ya’ni, demokratik jarayonlarga baho berishda kim holis yondoshayotganligi, kimning esa berayotgan bahosi uydirma bo‘lib, haqiqiy demokratiyaga va milliy manfaatlarga zid ekanligini anglash uchun har birimizda fuqaroviy pozitsiya bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar.

“Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi”. Qarang bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, “jurnalist” deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib xalqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter tizimlari xavfsizligini ta’minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida “axborot quroli”ga qarshi maxsus davlat dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.

“Bugungi kunda, – degan edi, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov, – insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”1.

Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Mutaxassislarning xulosalariga qaraganda, rahbarlar, boshqaruv xodimlari axborotlar bilan ishlashga o‘z vaqtlarining 30 foizdan 80-95 foizgachasini sarflashar ekan. Bu tabiiy holat. Chunki o‘z vaqtida va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish va amaliyotda unumli foydalanish samarali boshqarishni ta’minlashning sharti hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, endilikda axborot- davlat faoliyatida boshqaruvchilik kuchini sezilarli darajada namoyon qiladi. O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uni ayrim davlatlarning bizning mintaqamizga intilishlari mohiyatida ikki muhim jihat-mintaqada geosiyosiy ta’sirga va bu yerdagi tabiiy hamda notabiiy resurslarni tasarruf etishda o‘z ulushiga ega bo‘lish alohida ko‘zga tashlanadi. Boshqa ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, buning O‘zbekiston hukumati tomonidan anglab yetilgani va mazkur masala uning tashqi siyosatida aks etib turishi “katta o‘yin” qatnashchilarini o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday usul hamda vositalardan foydalanishga majbur etadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugungi kunda dunyo bo‘ylab o‘z manfaatlarini keng yoyishning eng maqbul usuli – axborot hurujlari bo‘lsa, eng samarali vosita – axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi.

Axborot hurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida “urush”ga munosabatni o‘zgarganidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan qurollangan bunday hurujlar davlatlar tomonidan o‘z manfaatlari doirasini kengaytirish maqsadida uyushtirilar ekan, bunday vaziyat mavjud bo‘lmaydi. Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning asl maqsadi-inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu kurash natijasiga ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat.

Birinchisi – muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi. Ikkinchisi – axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr yoki g‘oya sifatida inson qalbini egallashi, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin.

Axborot uchinchi holatda insonni harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchini to‘la namoyon etadi. Hozirda axborot hurujlari haqida ko‘p gapirilayotgan bo‘lsada, mutaxassislar tomonidan mazkur tushunchaga hali to‘la ta’rif berilganicha yo‘q. Buning ustiga, hatto soha tadqiqotchilari, mutaxassislar ham “axborot urushi” degan jumlaning qachondan muomalaga kirgani va axborot-qurol sifatida ilk bor qachon foydalanilgani haqida bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Dunyoning deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarida axborot hurujlari masalasiga jiddiy munosabatning shakllanib ulgurgani, bu borada aniq konsepsiyalarning yaratilgani nafaqat mintaqada, balki jahonda o‘zining munosib o‘rnini egallash sari intilayotgan O‘zbekiston uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi.


O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi, tabiiy resurslarga boyligi va boshqa iqtisodiy hamda ijtimoiy salohiyati uning manfaatdor kuchlar tomonidan “axborot hurujlarining obyekti” sifatida qaralishi ehtimolini keltirib chiqaradi.

“Aslida, hayotning o‘zi turli-tuman g‘oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo‘lsa, falsafasi ham shunda. Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda ogoh va sergak bo‘lishdadir”, degan edi Prezidentimiz I.Karimov.

“Sovuq urush” davrida yadroviy hurujlardan cho‘chib yashagan dunyo endi terrorizmning shavqatsiz tajovuzlaridan saqlanish yo‘llarini izlamoqda. Zero, vaqt va makon tanlamaydigan bu ofat xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o‘zining mash’um basharasini namoyon etib qolishi mumkin. Kishini xavotirga soladigan sabab shuki, terroristik hurujlar kiber makonda ham faollashib bormoqda.

Shu bois, ko‘plab davlatlarning oldida axborot- kommunikatsiya va kompyuter tizimlarida ishonchli axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi turibdi.

Dunyoda kim axborot bozorini egallasa, o‘sha hukmronlik tizginini tutadi, deyishadi. Chunki ayni paytda dunyoni inson emas, aynan axborot boshqarmoqda. SNN bilan BBS ning ovozi yetmayotgan joyda “Al-jazira”ning mahsulotlari sotilayotgan ekan, bu axborot bozorida yangicha qarashning paydo bo‘lishiga imkon beradi.

Shu o‘rinda rossiyalik olim A. Zinovevning “Globallashuv yangi jahon urushi. U yangi tipdagi jahon urushi” degan ta’kidi kishini ancha sergak torttiradi. Yana bir olim A.Parshev esa “Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini dunyodagi asosiy zahiralarni o‘zlashtirishdan iboratdir” deydi. Ochig‘i bu kabi farazlarning mohiyatida globallashuv jarayoniga qarshilik ko‘rsatishdan ko‘ra, uning zamiridagi “siyosiy o‘yin”larni fosh qilishga nisbatan norozilik yotibdi desak, to‘g‘ri bo‘lar edi.

Ayrim gegemonlik vasvasasiga tushgan davlatlarning globallashuv geosiyosati negizida “Demokratiyani faol ilgari surish prinsipi” yotibdi. “Universal va barchaga taalluqli” demokratiyani jahonga yoyishga urinishlar, bugungi kunda jadallashib ketganidan ko‘z yuma olmaymiz. Demak, “demokratchi”lar o‘z g‘oyalari va turmush tarzini tiqishtirmoqchi bo‘lmoqdalar.

Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko‘rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o‘rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham “Axborot asri” – deb nom olgani bejiz emas. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bog‘liqligini ta’kidlashmoqda. Shu o‘rinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, axborot tizimlariga buzg‘unchilik maqsadida ta’sir etishni ko‘zda tutuvchi yangi “axborot quroli”ning ta’siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o‘tish joiz. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko‘rish va ularning benuqson faoliyatini ta’minlashga da’vat etmoqda.

Globallashuvning avj olishi millat “chegaralarini” yo‘q qilib yubormoqda, ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo‘lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o‘z ahamiyatini “yo‘qota” borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo‘lishga, ularning o‘zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.

Xulosa

Jamiyatda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bular Konstitutsiyamizda mustahkamlangan fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyillari hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga asoslanadi.

Jamiyatda do‘stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi.

Bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo‘lib yashamoqda. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni berildi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do‘stlik jamiyati faoliyati O‘zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Teleradioko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o‘zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Yoshlarni bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Bu millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g‘oyalariga sodiq, O‘zbekiston milliy manfaatlarini himoya qiladigan va ilgari suradigan ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish imkonini beradi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Rahbariy adabiyotlar:

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.” –T.:“Ma’naviyat” , 2008.

2. I.A.Karimovning Navro’z bayramiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi. 2011

3. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.” -T.:“O‘zbekiston”, 2011.

4. Karimov I.A. “Tinchlik va ahillik - mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir.” –Xalq so‘zi gazetasi. 2014 yil 10-may.

5. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., O‘zbekiston. 2018

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5046-son farmoni 2017-y.

7. Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.:”O’zbekiston”-2016



1 . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5046-son farmoni 19.05.2017.

2 Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.” -T.:“O‘zbekiston”, 2011.

3 . Karimov I.A. “Tinchlik va ahillik - mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir.” –Xalq so‘zi gazetasi. 2014 yil 10-may.

1 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.” –T.:“Ma’naviyat” , 2008.

1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.18-moddasi. T., O‘zbekiston. 2018

1 I.A.Karimovning Navro’z bayramiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi. 21.03.2011

1 Karimov I.A. “Tinchlik va ahillik - mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir.” –Xalq so‘zi gazetasi. 2014 yil

1 Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.:”O’zbekiston”-2016. 11-b.

1 Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.:”O’zbekiston”-2016 21-b.

1 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.T.:”ma’naviyat” 2008-y. 69-b.

1I .A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.T.:”ma’naviyat” 2008-y. 71-b.

1 .A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.T.:”ma’naviyat” 2008-y. 84-b.

Download 133,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish