J.Piajening intellekt operatsional ta’Iimoti
1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa bir vaqtning o‘zi-da bir qancha, ya’ni biologik, gneseologik, psixologik, manti-qiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo‘lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o‘zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikri ga kola, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariya sining asosiy savollariga eksperimental javob berishni talab qiladi: anglanilmaganlikdan bilishga, noaniqlikdan aniq bilishga o‘tish qanday sodir bo‘ladi. Tug'ma g‘oyalar mavjudmi yoki bizning bi-limimiz butunlay tajribadan olinadimi, bilishning asosiy kategori-yalari tushunchalari obyekt, makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhiti-ga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qan day tirik organizm atrof-muhit bilan uyg‘un o‘zaro munosabat-ni qollab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega boladi. Ya’ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo‘lish kuzatiladi. Muhit ta’siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm ya na qaytadan muvozanatga, moslashishga erishish uchun yo‘qotil-gan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo‘lishi kerak. Masalan, kesilgan barmoq, ya’ni chetdan muhit ta’sirida lat ye-yish, jarohat olish, o‘zini o‘zi nazorat qilish jarayonlarini faol-lashtiradi, ular pirovard natijada turg‘unlikni, barqarorlikni, ya’ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Pia je tomonidan muvozanatga, xususan bilishga intilish rivojlanish-ning yuqori tamoyili sifatida e’tirof etilgan. Muvozanat omilini joriy etish harakatda bo‘lish jarayoni o‘zini o‘zi rivojlantirish si fatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi sifatida tushuni-lishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo‘nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo‘ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo‘nalgan, lekin chambarchas bog‘liq va xulq-atvordagi bir-birini to‘ldiruvchi tendensiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo'ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo‘lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo‘ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib, har xil obyektlarni olishi mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini, barqarorli-gini ta’minlaydi. Muammoli vaziyatning o‘zi yoki yangi obyekt ba’zi o‘zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.
Akkomadatsiya — bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga mu-vofiq ravishda chizmani o‘zgartirishda rivojlanish, yangi chiz-malarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. Assimilyatsiya va akkoma datsiya tendensiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada samarali moslashuvni ta’minlaydi, lekin bu holat har doim tax-miniy vaqtincha bo‘lib, buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni xulq-atvordagi o‘zaro aloqasi har xil bo‘lishi mumkin. Akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalar-ning ramziy o‘yinlarida kuzatiladi. Bolaning xohishi va qiziqishi-dan bog‘liqlikda qari daraxt bo‘lagi «hazilkash» ham qo‘g‘irchoq, ham qayiq, ham samolyot bo‘lishi mumkin. Akkomadatsiya ko‘proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta’sir xususiyatlari-ga o‘z xulq-atvorini o'xshatish vaziyatida (masalan, bola quti-ning ochilib yopilishini og‘iz harakatlari orqali taqlid qiladi «o‘lik o‘rdak» obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon boladi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydala nish tajribasi asosida shakllanadi. Obyektlarni bilish uchun sub-yekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko‘rish, yaqinlashish, yo‘q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko‘rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi —J.Piaje ta’limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So‘zning tor ma’nosida harakat chizma si tushunchasi bu umumiy bolib, turli vaziyatlarda ko‘p mar ta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So'zning keng ma’nosi da harakat chizmasi —bu ma’lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma’lum bir bosqichda harakatning umumiy chiz-masini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. Shuning uchun J.Piaje ta’limoti operatsional deb ataladi. Ope-ratsiya —bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ich ki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davo mida shakllanadi, egallagan tajribaga ega bolib, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va ak komadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluk sizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi, fikrlash harakatlarini (tu zilishi) tashkillashning o‘ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko‘ra, psixikaning rivojlanishi
— bu yetakchi intellektual ko‘rinishlarini o‘zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko‘riladi, ularning har biri keyingi-larini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan, ularni yuz berish tezligi esa har xil bolishi mumkin.
Inson intellektining rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari.
J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan:
1. Sensomotor intellekt (tugllgandan 1,5 yoshga qadar).
Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5—2 yoshdan 11 yoshga qadar).
Formal (rasmiy) —operatsion intellekt (11—12 yoshdan 14— 15 yoshga qadar).
J.Piaje har bir bosqichni ikki yo‘l bilan ta’riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tizimini murakkablashishi defferensiyatsi-ya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlar-da bartaraf etiladigan o‘ziga xoslik va kamchiliklar nuqtayi na-zarida).
Sensomotor davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadq qini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning amaliy predmet-li faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta’kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum bilimlar manbayini harakatda qidirish kerak, bilim tayyor kocrinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi, inson uni ko‘rishi kerak. J.Piaje o‘zining 3 ta farzandi rivojla nishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va o‘g‘li Loran) sen somotor rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug‘ma me-xanizmlar va sensor jarayonlardan (ko‘chirish, refleksiya singari) ixtiyoriy atayin qollaniladigan uyushgan xulq-atvor shakllariga o‘tish bosqichlaridir.
Bola tug‘ilganidan to 15 yoshga qadar jarohat tuzilishlari va his-tuyg‘ular rivojlanishi bilan xarakterlanadi: u ko‘radi, eshi-tadi, teginadi, hidlaydi, murakkab va chigal tug‘ma qiziqish bi lan amalga oshiradi. Sensomotor intellekt ikkita kichik davrlarga ajratiladi: 7—8 oyga qadar go‘dakning o‘z tanasiga markazlashu kuzatiladi. 9 oylikdan boshlab fazoviy sohada fazoviy intellekt chizmasini obyektivligi sodir bo‘ladi. Maqsadga erishish uchun vosita sifatida bola tomonidan ma’lum bir harakatlarni qo‘llani-lishi intellekt shakllanishining mezonidir. Shunday qilib, birinchi kichik davr oxiriga kelib bolalar o‘zining harakatlari va natijalari o‘rtasidagi aloqani kashf qiladilar. J.Piaje topshiriqlari nomini ol-gan. Ko‘pincha bu tajribalarni, shuningdek, muvozanatni saqlash testi, og‘irlik, uzunlik, hajm, son va boshqa deb ham ataladi. Mo-domiki, bunday turdagi barcha topshiriqlar umumiy tamoyillarga asoslangan ekan, namuna uchun hajmning saqlanish testini ko‘rib chiqamiz.
Suyuqlik hajmining saqlanish testi.o‘tkazish bosqichlari
Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bi lan to'ldirilgan ikkita stakan ko‘rsatiladi. Bola ikkala stakanda suyuqlik miqdori bir xilmi deb so‘raydi. Bola suvlar bir xilligini tushunib yetishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albat-ta perseptiv idrokli o‘xshashlik bilan kuzatiladi, ikkala stakanda-gi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan.
So‘ngra eksperimentator katta odam suvni bir stakandan boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga quyadi. Odatda, eksperimentator bolaning diqqatini ushbu boshqatdan quyishga qaratadi. Qara, men nima qilayapman, o‘zgartirish qilinadi, bun-da garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta’sir ko‘rsatma-sa-da, perseptiv idrokli o‘xshashlik buziladi.
Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakan da suv miqdori bir xilmi, lekin albatta avvalgi dastlabki shakl-da bo‘lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar saqlash-ning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomen-lari —fazoviy, perseptiv qayta o‘zgartirishda obyektlarning turli xususiyatlarini saqlash doimiylik, invariantlik haqida ularga xos tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan birida-gi suv endi kamroqligi yoki ko‘proqligini aytadi, ya’ni persep tiv qayta o‘zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qo-lishini tushunish yo‘qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola obyektni idrokka tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U aynan holatga diqqatini yo'naltiradi va bir vaqtning o‘zida ol-din predmetlar qanday ko‘rinishda bo'lganligi haqida o‘ylay olmaydi, amalga oshirishgan harakat, umuman olganda qaytari-lishini, suv bir xil stakanlarga quyilgan bolishi mumkin, bitta obyektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligida-gi farqi bir vaqtda ikkita parametrni, stakan balandligi va keng-ligini e’tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini bolani yetti yoshga tolgunga qadar mantiqiy fikr-mulohaza yu-ritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga be rish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikka la stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola xususiyatlar tengligini ta’kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi aniq operatsiyalarni ish lash mezonidir. Eslatib olamiz, mantiqiy operatsiya —bu qay-tariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytari-luvchanlik, masalan, A va В hamda В va A o‘rtasidagi masofa tengligini tasdiqlash nisbatiga, yoki qo‘shish va ayirish munosa-batiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foyda lanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallash-ning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshiriglning boshqa varianti — ko‘p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi.
Bir qancha tanish obyektlar, masalan, g‘oyalar ko‘rsatiladi. Obyektlar ikkita kichik sinflarga oq va qizil bolishi kerak, bu ki chik sinflardagi elementlar soni bir xil bolishi kerak emas: 4 ta qizil va 2 ta oq.
Bolaga quyidagicha savol beriladi: qaysi biri ko‘proq, qizil gullarmi yoki oq gullar?
Beshyashar bolaning oddiy javobi: qizil gullar ko‘proq. J.Pia jening izohi quyidagicha: bola sinfga yo‘nalgan va sinf va uning kichik sinflari haqida bir vaqtning o‘zida o‘ylay olmaydi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilishni boshlasa, odat da 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi qaytaruvchan-likni yuzaga kelganligi, operatsional tuzilish shakllanganligiga bogliq bolgan detsentratsiyaga qobiliyati ortganligi haqida dalolat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilish-ni boshlasa, odatda 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi, qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakl-langanligiga bog‘liq bo‘lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganli-gi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o'zaro bog‘liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini, masalan, narsaning shakli va miqdori tushunishga qodir bo'ladi. Har xil belgilarni — predmet materiali, uzunligi, og‘irligi, hajmini, keyinroq vaqti, tezligi saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Obyektlar va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi, ya’ni qatorlarga tartibga solib joylashtirish, masalan, miqdorini kamayishi tartibi-da. Endi bola bevosita idrok ta’sirini yengib o‘tib, ma’lum bir vazi-yatga mantiqiy tafakkumi tatbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qur-shov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg'ulot uchun to‘g‘ri keladigan materiallarni, ham yechish uchun top shiriqlarni yetkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni berish to‘g‘ri javoblarni yod olish samarasiz, rivojlanish insonning shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashti-rilib, tartibga solinganda sodir bo'ladi. Shuningdek, tafakkurning rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtayi nazarlarni anglash-ni rivojlantirish uchun g‘oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va tengdoshlar bilan bo'lgan bahs-munozara muhim.
Aniq operatsion tafakkurga o'tish barcha psixik jarayonlar, ax-loqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa odamlar bilan hamkorlik-ka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq faqatgina haqiqiy, ko'zga ko'rinadigan, anglanadigan predmetlar va ular bilan bog'liq bo'lgan harakatlarga qo‘llaniladi, bola ha-qiqat havola etilgan aniq mazmunga bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |