Ijtimoiy fanlar fakulteti “pedagogika va psixologiya” yo’nalishi 2-bosqich 120 guruh talabasi mahmudova umidaning


II-Bob. J.PIAJENING BOLA INTELLEKTUAL RIVOJLANISHINI TADQIQ QILISHINI ASOSIY YO'NALISHLARI



Download 128,14 Kb.
bet4/7
Sana13.04.2022
Hajmi128,14 Kb.
#547376
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5353018599445370362

II-Bob. J.PIAJENING BOLA INTELLEKTUAL RIVOJLANISHINI TADQIQ QILISHINI ASOSIY YO'NALISHLARI
2.1.J.Piajening intellekt operatsional ta’limoti.
J.Piaje (1896—1980) shvetsariyalik va fransuz psixologi bolib, u 52 ta kitob va 458 ta ilmiy maqolalar muallifi, Jeneva genetik psixologiya maktabining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biridir. J.Piajening ilmiy ijodiyoti shu qadar turli xil ko‘rinishdagi metodologik va nazariy bahs-munozaralar predmeti bolib qolishda davom et-moqda. J.Piaje tomonidan kashf etilgan fenomenlar esa eksperi­ mental qayta tekshirilib chiqilmoqda. J.Piaje bolaning bilish faoli-yati mexanizmlarini o‘rgangan. J.Piaje intellekt shakllanishini barcha boshqa psixik jarayonlar bogliq bolgan bolaning psixik rivojlanishini markaziy chizig'i sifatida ko‘rib chiqqan. J.Piaje ish­ larida tadqiq etilgan asosiy masalalar bola tafakurining o‘ziga xos xususiyatlari bolada intellektni kelib chiqishi va rivojlanishi fun­ damental jismoniy hamda matematik tasavvur va tushunchalarni shakllanish usullari va yollari obyekt, makon, vaqt, sabab, tasodif kabilar idrok, xotira, tasavvur, o‘yin, taqlid, nutq rivojlanishi va bilish jarayonida ularning vazifasi kabilarni o‘rgangan.
Jan Piaje
Ilmiy ijodining dastlabki bosqichlari. Jan Piaje bolalarning mi-yasi rivojlanishiga fizik olam ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan bo‘lsa, yosh davrlarini o‘rgangan rus psixologi Lev Vigostkiv (1895—1934) bolaning aql idroki rivojlanishiga ijtimoiy muhitning o‘rni kattaligiga urg‘u bergan. Piaje bolalarni yosh olimlar deb aytgan, Vigotskiy esa ularni yosh shogirdlar degan. Bunga ko‘ra ota-onalar yoki tarbiyachilar tomonidan bolalarga biror narsa o‘rgatilsa yoki yangi so'zlar berilsa, ularni bolalar o'zlashtirib idrokning yuqori bosqichlariga o‘tishlari mumkin. Nutq va ijti­ moiy muhitning muhim qismlari o‘rgatilishi, aql-idrokka poyde-vor yaratib beradi.
J.Piaje tadqiqotlari bolaning tafakkuri va nutqi hamda uning mantiqi va dunyoqarashi haqidagi ta’limotini rivojlanishida butun davrni tashkil qilgan. Ular tarixiy ahamiyatga egaligi xususida
L.S.Vigotskiy J.Piajening ilk ishlaridayoq yozgan edi. Eng muhi-mi shundan iboratki, J.Piaje bola kattalarga nisbatan «esi pastli-gi» va kattalar intellekti bilan taqqoslaganda bolaning tafakkuri miqdoriy kamchlikka egaligi yondashuvidan voz kechib, bolalar tafakkurini sifat jihatdan o‘ziga xosligini tadqiq qilish vazifasini birinchi bolib qo'ygan1. T. Simon laboratoriyasida ishlayotib yosh J.Piaje bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagilar nutqiga ko‘proq ahamiyat qaratgan, uni ayniqsa test savollariga javob berishida-gi takrorlanuvchi xatolar qiziqtirgan bolalar bog‘chasi sharoitida tadqiqot o‘tkazilib, unda kuzatuvchilar erkin faoliyat (rasm chi-zish yasash yoki o‘yin davomida bolalarning barcha aytgan fikr-lari va bajaradigan harakatlarini tizimli ravishda qayd qilib borganlar. J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini ikkita guruhga bolish mumkinligini ko‘rsatadi. Suhbatdoshini javob qaytarishi-ga manfaatdorligi xarakterlanadi, uning vazifasi suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish.4
______________________
4 David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS
Ijtimoiylashgan nutq darajalari kategoriyalari axborot, tan-qid, buyruq, iltimos, taqlid, savol, javob.
Egotsentrik nutq shakli bo‘yicha bu fikrlar har xil bo‘lishi mumkin takrorlash (exolaliya) monolog jamoaviy biroq umumiyli-gi suhbatdoshining nuqtayi nazari qandayligi, uni tinglayotganli-gi bilan qiziqmay bola ayni damda nimani o‘ylayotgan bolsa shu haqida o‘z fikrini bildiradi. Egotsentrik nutq vazifasi ta’sirliroqdir «Suhbatlashishdan qoniqish» harakatlarni kuzatilishi va ritmliligi J.Piaje bolaning erkin nutqida egotsentrik nutq hissasini olchab ko‘rib, ilk yoshda egotsentrik nutq koeffitsienti yuqoriligini -75%, 6—7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniqlagan. Ta’kidlarning oddiy to‘qnashuvini emas, balki tomonlarning o‘zaro tushuni-shi va tushuntirishga manfaatdorligi bilan kuzatiladigan nuqtayi nazarlar almashinuvini o‘zida namoyon qiluvchi bahs-munozara faqatgina 7—8 yoshga kelib yuzaga keladi.
J.Piaje egotsentrik nutq faktlarida bolalar fikrini sifat jihatidan o‘ziga xosligining muhim isbotini ko‘rgan. J.Piaje fikriga ko‘ra, kuzatish metodi intellektual testlar bolalar fikrini o‘ziga xos xu-susiyatlarini ochishga qodir emas. Test tekshiruvi vazifani hal etishning pirovard natijasinigina qayd etgan J.Piaje esa maktab-gacha tarbiya yoshidagi bolalar tafakkurining ichki tuzilishiga-cha kirib borishga harakat qilganini J.Piaje yangi metodni, klinik yoki suhbat metodini ishlab chiqqan. J.Piajening klinik suh-bat metodini bu bola bilan qayd qilingan me’yoriy savollar bi­ lan chegaralanib qolmay erkin suhbatlashishidir. Eksperimenta-tor va bolaning muloqotini mazmuni tabiat hodisalari tushlar, axloqiy me’yorlarga taalluqli bo'lgan. Kundalik hayotda bolalar o‘zlari ko‘pincha kattalarga beradigan savollardan iborat edi. «Os-monga quyosh qayerdan kelgan, nima uchun quyosh qulamay-di, u qanday turibdi, nima uchun quyosh porlaydi, nima uchun shamol esadi, shamol qanday qilib hosil bo'ladi, odamlar qanday qilib tush ko‘radilar». Klinik metod bu puxta amalga oshiriladi-gan ma’lumotlarni aniqlash, nutq va aqliy rivojlanishning yoshga bog'liq kesimidir. Tadqiqotchi savollar berib, bolaning fikr-mu-lohazalarini tinglaydi. Bolaning har bir oldingi javobiga bog‘liq bo'lgan qo‘shimcha savollarni keyin beradi. U bola holatini nima aniqlashi uning bilish faoliyati tuzilishi qandayligini aniqlash-ni nazarda tutadi. Klinik suhbat davomida bola reaksiyasini no-to‘g‘ri talqin qilish ayni damda kerakli bo'lgan savolni topa olmay gangib qolish yoki aksincha kutilayotgan javobni singdirish xavfi har doim mavjud bo'ladi. Klinik suhbat o'ziga xos so'rov qilish san’atini aks ettiradi.
J.Piajening dastlabki farazi go'dakning autizmdan kattalar-ning amaliy ijtimoiylashgan tafakkuriga o'tishini ta’minlovchi ta-fakkurning oraliq shakli egotsentrik tafakkurni aniqlanganligida edi. J.Piaje psixoanalizdan autistik va ijtimoiylashgan fikrlar far-qini o'zlashtirib olgan. Autistik fikr xohishni, ehtiyojni qondirish-ga intilish bilan boshqariladigan individuallashtirilgan yo'nalma-gan ongsizlikdir, u obrazlarda namoyon bo'ladi. Ijtimoiylashgan ongli yo‘nalgan fikr ijtimoiy bo‘lib, anglangan ongli maqsadlar-ga intiladi, voqelikka uyg‘unlashadi, tajriba va mantiq qonunlari-ga bo‘ysunadi. Nutqda ifodalanadi, egotsentrik tafakkur —irsiy, funksional tuzilmaviy nuqtayi nazarlardan rivojlanishidagi oraliq shakldir. Bolalar tafakkurining asosiy o‘ziga xos xususiyati sifa­ tida egotsentrizm olam haqida faqatgina o‘zining bevosita fikri-da turadi va boshqalarnikini hisobga olmaydi. J.Piaje tomonidan egotsentrizm bilishning anglanmagan tizimli illyuziyasining bir turi bolaning yashirin aqliy yondashuvi sifatida ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga egotsentrik tafakkur — tashqi olam ta’sirining murakkab belgisi, bu o‘z manbalarida faol bilish yondashuvi, aql-ning boshlang‘ich bilish markazidir. J.Piaje egotsentrizmni bola­ lar tafakkurining barcha boshqa o'ziga xos xususiyatlarining aso-si, ildizi sifatida talqin qiladi, egotsentrizmni bevosita kuzatuvda aniqlab bolmaydi, u boshqa fenomenlar orqali namoyon bo‘ladi. Ularning orasida bolalar tafakkurining xususiyatlari mavjud: rea-lizm, animizm, artifikalizm va realizm.
Realizm. Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida bolalar pred-metlarni qanday bevosita idrok qilsalar, ana shunday talqin qiladilar. (Masalan, sayr davomida oy bolani kuzatib boradi), rea­ lizm intellektual bo‘ladi —shamol daraxt shoxlarini silaydi, pred-metning nomi predmetni o‘zi kabi shu qadar aniq bo‘ladiki, pred-met ko‘rinishi ochiq-oydin va bola buyum haqida nimani bilsa barchasini qamrab oladi. Axloqiy realizm bola xatti-harakatlarida ichki maqsadni inobatga olmay u haqida faqat pirovard natija-ga qarab fikr yuritishida namoyon boladi. Masalan, kim ko‘proq piyola sindirgan bolsa ana shu ko‘proq aybdor boladi, ya’ni bit-tasi yordam berishni xohlab, tasodifan idishni qolidan tushirib yuborgan bolsa ikkinchisi, g‘azablanib atayin idishlarni sindir-gani hisobga olinmaydi.
Animizm umumiy ruhlantirish, ong va hayot, his-tuyg‘ular bilan buyumlarni taqsimlashni birinchi navbatda mustaqil ha-rakatlanuvchilarni, masalan, bulut, daryo, oy, avtomobil, ulov o‘zida namoyon qiladi.
Artifikalizm tabiat hodisalarini inson faoliyati bilan taqqoslab tushunishdir. Barcha mavjudlik inson uchun yoki uning irodasi-ga ko‘ra inson tomonidan yaratilgan sifatida talqin etiladi, quyosh bizga yorug‘ bo'lishi uchun, ko‘l kemalar suzishi uchun. J.Pia­ je tomonidan bolalar mantiqining o'ziga xos xususiyatlari ajratil-gan ro‘yxat orasida sinkretizm bolalar tasavvurining subyektivli-gi va dolzarb umumiyligi, barcha bilan barchani bog‘lash fikri, tendensiyasi bir-biriga yaqin sifatida tafsilot, sabab va oqibatlarni idrok qilish;
—transduksiya umumiylikni chetlab xususiydan xususiylikka o‘tish;
— sintez va o‘z holatiga qobiliyatsizligi flkr-mulohazalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mavjud emasligi;
— qarama-qarshilikka sezgir emaslik;
— o‘zini o‘zi kuzata olmaslik;
anglashdagi qiyinchiliklar;
— tajriba uchun sir boy bermaslik bola tashqi ta’sirlar, tarbi-yadan ayrim izolatsiya qilinmagan, lekin unda bu o'zlashtirilgan va shakli o'zgargan.
Barcha bu xususiyatlar bola mantig‘ini belgilovchi kompleks-ni, kompleks asosida esa egotsentrik nutq va tafakkur yotadi. A.Binening uch aka-ukalar haqidagi vazifani hal etish jarayonida bolalarda egotsentrizmning yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shunday qilib, oilada uchta aka-uka Mitya, Vova, Sasha bo'lsa-yu va Sashadan uning nechta akasi borligi so‘ralganda, u o‘zining ikkita akasini Mitya va Vova deb aytib, to‘g‘ri javob beradi. Keyin Mityada nechta ukasi borligi aniqlashtirilganda odatda olti-yetti yoshgacha bola yanglishadi. Bitta Vova deya javob berdi vaholan-ki, to‘g‘ri javob uchun u xayolan o‘rnini, pozitsiyasini o'zgartiri-shi zarur edi, akasi Mitya o‘rnini egallashi kerak, buni esa u ud-dalay olmaydi.
Bolaning egotsentrik holatini yaqqol namunasi sifatida uch tog‘ maketi bilan bog'liq bo'lgan eksperiment xizmat qiladi. Bo­ la uchta har xil rangdagi va qo'shimcha farqlanuvchi belgilardagi qorli cho‘qqi, uycha, daraxt tog‘ maketlari joylashtirilgan stol qarshisiga o‘tiradi. Boshqa tomonda qo‘g‘irchoqlar joylashtiril­ gan. Boladan (topshiriq variantlaridan birida) unga havola etil­ gan nusxalardan tog‘ ko‘rinishi tasvirini qo‘glrchoq ularni qa­ nday ko‘rayotgan bo‘lsa, xuddi shunisini topish so'ralgan, 6—7 yoshgacha bolalar o‘zlari nimalarni ko‘rsalar, u aks ettirilgan su-ratni tanlashga moyildirlar. J.Piaje «Egotsentrik illyuziyaning bu fenomenini boshqa nuqtayi nazarlar mavjudligi va ularni o‘ziniki bilan solishtirib bolmasligi tasavvurlarning mavjud emasligi bi­ lan tushuntirgan.5
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pozitiyasi (holati) si­ fatida egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bolalar
_______________________
5 J. A. Groegerd, Memory and Remembering (1997)
faoliyatining o‘ziga xos xarakterida (masalan, ota-onaning g‘amxo‘rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan ba-jarib qo‘yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi) bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7—8 yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.
Egotsentrizmni bartaraf etish uchun subyekt sifatida o‘z «Men»ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan o‘z nuqtayi nazarini muvofiqlashtirishga o‘rganish zarur. Egot­ sentrizmni pasayishiga yangi bilim qo‘shilmasdan, balki oldingi yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi.
Kattalar bilan munosabat ko‘proq majbur qilish munosabatidir u bolani o‘z subyektivligini anglashiga olib kelmaydi. 0 ‘zi ha­ qidagi bilimlarni rivojlantirishi ijtimoiy o‘zaro ta’sirdan sodir boladi, bu munosabatda bolaning tengdoshlari bilan hamkorlik qilish juda muhimdir. Bunday tarzda asta-sekin bilish tendensi-yasi markaziy ba’zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bolib ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni siqib chiqaradi va egotsentrik nutq yo‘qolib, yo‘q bolib ketadi.

Download 128,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish