1.2. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o‘zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni o‘zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysinuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin
(1-jadval).
Bunda mulkchilik munosabatlaridan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarni muayyan yer maydoniga mulkchilik sharoitidagi 4 ta holat orqali ko‘rib chiqamiz.
Birinchi holat. Yerning mulkiy egasi zamindor bo'lib, yerda uning o ‘zi mehnat qiladi va tabiiyki, ishlab chiqarish
natijasini ham o‘zi o‘zlashtiradi.
Ikkinchi holat. Zamindorning yerda ishlash uchun vaqti yetarli bo‘lmaganidan yollanma ishchi mehnatini qo‘llay boshladi. Natijada yerdan foydalanish, ya’ni uning iste’mol xususiyatlaridan bevosita foydalanish huquqi ishchiga o‘tdi.
Bunda zamindor ishchining mehnati uchun ma’lum ish haqi to'laydi, biroq, ishlab chiqarish natijasini o ‘zlashtirishni o‘z ixtiyorida saqlab qoladi.
Uchinchi holat. Zamindor yerning holatini va yollanma ishchi ustidan nazorat uchun ham vaqt topa olmay, yerni uzoq muddatga ijarachiga topshirdi. Ijarachi yerga egalik qiluvchi va unda shaxsan o ‘zi ishlagani uchun, yerning foydalanuvchisiga aylandi. Ishlab chiqarish natijasini zamindor (ijara haqi ko‘rinishida) va ijarachi birgalikda o‘zlashtiradi.
To'rtinchi holat. Endi ijarachining o ‘zi ham yerda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi.
Natijada yer bo'yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro‘y berdi: yerdan foydalanuvchi — ishchi, uning egasi — ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi — zamindor. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va zamindor o‘rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to‘lanadi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo‘g‘in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo‘lgan, mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo‘lib chiqadi.
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin.
Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulk sub’ektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu sub’ektlardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o'zlashtiruvchi yuqorida ko'rsatilgan subyektlar ham turli darajada bo'ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita subyektlari respublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari boMishi mumkin.
Jamoa mulk subyektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jamoa korxonalari, koperativlar, xo‘jalik jamiyati va shirkatlari, aksionerlik jamiyatlari, xo'jalik birlashmalari (uyushmalari), jamoat hamda diniy tashkilotlar bo'lishi mumkin.
Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning mulki ham mavjud boMishi sababli, bu mulk subyektlari sifatida qo‘shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk subyektlari ko‘p darajali bo'lib, shu subyektlardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasrniy va yuzaki tus oladi.
Mulkchilik munosabatlarining samarali amal qilishi mulk bilan bog'liq huquqlarning bir-biridan to‘g‘ri va aniq ajratilishi
hamda ularning xo‘jalik subyektlari o‘rtasida oqilona taqsimlanishiga bog'liq bo'ladi. Bu qoidalar neoinstitusionalizm
yo'nalishining muhim nazariyalaridan biri bo'lgan mulkchilik
huquqlari iqtisodiy nazariyasi tomonidan keng yoritib berilgan.
Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari bo'lib amerikalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek, bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barsel, G.Demees, D.Nort, R.Pozner va boshqalar katta hissa qo‘shganlar.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur muammoni tadqiq etishdagi ikkita o'ziga xos yondashuvla bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular o‘z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo'llaydilar. Ularning fikricha, resursning o'zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo‘yicha huquqlar to‘plami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.
Mulkchilikning to‘liq «huquqlar to‘plami» o‘z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi:
1.Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to ‘liq jismoniy nazorat o ‘rnatish huquqi.
2. Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o ‘zi uchun qo'llash huquqi.
3.Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo‘sinda ta’minlashini hal etish huquqi,
4. Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi.
5.Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish huquqi.
6.Xavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni ekspropriasiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi.
7.Ne’matni merosga berish huquqi.
8.Ne’matga ega boMishning muddatsizligi huquqi.
9.Ne’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi.
10. Qarz uchun toMov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to‘lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo'llash huquqi.
11. Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlami tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalaming amal qilishi huquqi.
Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bog'liq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taalluqli bo'lgan kishilar o‘rtasidagi jamiyat tomonidan (davlat qonunlari, ma’muriy farmoyishlar, an’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu munosabatlar ne’matlar bo‘yicha xatti-harakatlar me’yorini namoyon etib, kishilar o‘zaro xatti-harakatlarda bu me’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun ma’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to‘lashlari lozim.
Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jamiyatda qabul qilingan ma’lum «o‘yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik huquqlari - bu ma’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki kishilarning fikrlaricha, tegishli o‘yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi».
Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nisbatan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qandaydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to‘g‘risida so‘z yuritish ma’noga ega emas».
To‘g‘ri, bunday yondashuv yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondashuv dastlab 1871-yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tomonidan «Siyosiy iqtisodning qaror topishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nisbatan miqdori kam bo'lgan ne’matlarning mavjudligi sharoitida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o ‘rtasidagi nomuvofiqlik»5 muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.
Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati bo'lib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari - bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir.
Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, ya’ni ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi.
Bunday resurslar mulkchilik obyekti bo‘la olmaydi. Ulardan foydalanish bo'yicha kishilar o‘rtasida iqtisodiy, bozor munosabatlari paydo bo'lmaydi.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai nazariga ko‘ra, resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad etilishi resurslarga bo‘lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni anglatadi.
Tasniflashning ma’no va maqsadi mulkchilik huquqini haqiqatan ham mulkni yuqoriroq baholovchi, uning qadriga etuvchi, undan nisbatan ko'proq foyda oluvchi kishilar tomonidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
«Agar ma’lum xatti-harakatlarni sodir etish uchun huquqlarni sotish va sotib olish mumkin boMganda edi, - deb yozadi R.Kouz, - ularni pirovardida eng yuqori baholovchi kishilar tomonidan sotib olingan bo‘lar edi. Bu jarayonda huquqlar shunday tarzda sotib olingan, taqsimlangan va uyg‘unlashtirilgan bo‘ladiki, ular asosida yo‘lga qo‘yilgan faoliyat eng yuqori bpzor qiymatiga ega boMgan daromad
keltiradi».
Shunday qilib, tasniflash, ya’ni mulkchilik huquqlarini aniq belgilashning asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar xulq-atvorini shunday o‘zgartirishdan iboratki, natijada ular o‘ta samarali qarorlar qabul qiladilar. Chunki mulk bo‘yicha faoliyatning barcha ijobiy va salbiy natijalari pirovardida mulkdor zimmasiga borib taqaladi.
Shunga ko‘ra, u mulk yuzasidan qarorlar. qabul qilish chog‘ida bu natijalaming to‘liq hisobga olinishidan manfaatdordir. Mulkchilik huquqlari qanchalik aniq bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektning qaroridan boshqa birovlarga tegishi mumkin bo‘lgan foyda yoki ziyonni hisobga olishga rag‘bat shu qadar kuchli bo‘ladi. Aynan shuning uchun mulkchilik huquqlarini ayirboshlash jarayonida u yoki bu ne’matlar ularning qadrini eng yuqori tarzda baholagan iqtisodiy agentlaiga beriladi. Shu orqali resurslarning samarali taqsimlanishiga erishiladi, chunki ayirboshlash jarayonida resurslar nisbatan unumsiz foydalanishdan unumli foydalanishga, kam qadrlovchi shaxslandan ko‘proq qadrlovchi shaxslaiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |