Kurs ishining vazifalari:
- ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari bilan tanishish;
- mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlarini o’rganish;
- mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni bilan tanishish;
- O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullarini tadqiq etish.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 48 sahifadan iborat bo‘lib, kirish, 2 ta fasl, 5 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotardan tashkil topgan.
I.BOB. IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA ULARNI BILISHGA BO’LGAN TURLICHA YONDASHUVLAR
1.1. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Iqtisodiy aloqalar xo`jalikning o`z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti munosabatlari bo`lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta`siridan holi bo`ladi. An`anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug`-aymoqchilik sharoitida yashayotgan ba`zi Afrika xalqlarida uchrab turadi.
iqtisodiy resurslar;
iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar;
noiqtisodiy mexanizm;
iqtisodiy siyosat.
Iqtisodiy tizimga quyidagalar kiradi:
Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladigan xo’jalik yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishi birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy tizimlar quyidagi ko’rinishlarda turkumlanadi:
1. An‘anaviy iqtisodiyot;
2. Ma‘muriy bo’yruqbozlik iqtisodiyoti;
3. Bozor iqtisodiyoti tizimi.
Sof bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordaga talabni qondirishga qaratilgan, bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko`rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi.
Bozor tizimida daromad topish chegaralanmaydi, boy bo`lish taqiqlanmaydi, o`ziga to`q, farovon yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo`ladi. Bozor tizimi asosida tovar ishlab chiqarish va pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning hamma mamlakatlarida bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas.
Aralash tizim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa mamlakatlarida mavjud. O`zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o`tmoqda.
Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo`ladi.
Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g`oyat yuqori mehnat unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to`kinchilikni ta`minlaydi. Aholining ko`pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o`z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta`sir etadi.
Rejali yoki buyruqbozlik-ma`muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to`la-to`kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug`iga binoan hal etiladi.
A‘anaviy iqtisodiyot - barcha mamlakatlar uchun xos bo’lib, unda natural yoki mayda tovar xo’jaligi xukmronlik qilgan. Texnika taraqqiyoti va uning yangiliklarini joriy qilish cheklangan bo’lgan.
Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyoti - bu bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi bo’lgan tizim bo’lib, bu tizimda davlat mulkchiligi hukmron bo’ladi va iqtisodiyot markazdan boshqariladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim bo’lgan tizimdir. Bu ikki bosqichga egadir. Birinchisi, erkin raqobatga asoslagan klassik bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi esa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deyiladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - tadbirkorlikda erkinlik amal qiladigan va shaxsiy manfaat ustun turadigan tizimdir.
Iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan bo’lib, davlat xususiy mulkni himoya qiladi va erkin bozorni amal qilishini ta‘minlovchi huquqiy tartiblar o’rnatib boradi.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ish lab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbosh lash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqar-ishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vu judga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarrufetish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi
qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk subyektlari - mulk obyektini o‘zlashtirishda qat-
nashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari. Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan
xususiy shaxslarga o‘tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- sotsial-iqtisodiy shakllar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Iqtisodiy faoliyat ma`lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shularning yig‘indisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi (1-chizma).
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |